Forumchilarga savol  ( 724728 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 ... 182 B

braupov  14 Dekabr 2009, 21:19:38

AZIZ FORUMDOSHLAR
 NIMAGADIR ERISHISH UCHUN NIMADANDIR VOZ KECHISH KERAK .....
SHUNGA QANDAY QARAYSIZLAR

Qayd etilgan

Ansora  14 Dekabr 2009, 21:21:35

AZIZ FORUMDOSHLAR
 NIMAGADIR ERISHISH UCHUN NIMADANDIR VOZ KECHISH KERAK .....
SHUNGA QANDAY QARAYSIZLAR

Muvaffaqiyatga erishish uchun- shirin uyqudan voz kechish kerak.(talaba bo'lsangiz- yarim kechagacha dars tayyorlash, agar ishlasangiz- yangi planlar uchun bosh qotirish)

Chunki yuksaklarga qo'limizni oyog'imizni o'ynatib chiqa olmaymiz....Miyya va tana bir hil maqsadni ko'zlab harakat etgandagina omad kulib boqadi....

Haqiqiy boqiy dunyo uchun yolg'onchi dunyodagi o'tkinchi hoyu-havaslardan voz kechishimiz kerak....

Qayd etilgan

Hadija  29 Dekabr 2009, 15:25:52

Assalam alaykum!
Mavzu to'htab qolmasligi uchun yana davom ettirish maqsadida savol javoblarni davom ettirsak...

Savol: Odam farzandlarining hammasi xatokorlardir, ammo shu xatokorlarning yaxshilari, Alloh nazdida kimlar?

Qayd etilgan

Shokir63  29 Dekabr 2009, 18:52:20

Assalam alaykum!
Mavzu to'htab qolmasligi uchun yana davom ettirish maqsadida savol javoblarni davom ettirsak...

Savol: Odam farzandlarining hammasi xatokorlardir, ammo shu xatokorlarning yaxshilari, Alloh nazdida kimlar?

Javob: Xatolarindan pushaymon bo'lib, Allohdan kechirim so'rab, tavba qilganlar. (adashmasam, adashgan bo'lsam to'g'rilab qo'yarsizlar)

Savol: Islom yo'lida ilk qon to'kkan kishi qurol sifatida nimani ishlatgan?

Qayd etilgan

Hadija  29 Dekabr 2009, 19:57:01

Yuqorida bergan savolimni bir muslima opamiz manga bergandila, javob to'g'ri.

Javob: (Tahminimcha) Nayza deb eshitgandim?

Savol qolsin...

Qayd etilgan

AbdulAziz  01 Yanvar 2010, 09:35:34

Savol: Islom yo'lida ilk qon to'kkan kishi qurol sifatida nimani ishlatgan?

Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos r.a. kalla suyagi bilan mo'minlarni masxara qilayotgan mushrikning boshiga tushirib, qonini oqizganlar.

Savol: So'nggi bor sizni yig'lashga majbur qilgan hodisa nima bo'ldi?

PS. Bu mavzuda intellektual savollar berilmaydi. Inttellektual, mantiqiy savollar uchun alohida mavzuloar mavjud.

Qayd etilgan

Mahdiyah  19 Yanvar 2010, 06:34:11

Savol: So'nggi bor sizni yig'lashga majbur qilgan hodisa nima bo'ldi?

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=210.new#new

Savol: Atrofingizda do'stlaringiz, birodarlaringiz, qonu-qarindoshlaringiz ko'p...
Ulardan qay biri (bir inson) sizga go'zal na'muna bo'lganu, o'sha insonning shu hislatini yaxshi ko'rasiz va o'sha insondagi shu hislat sizda ham bo'lishini xohlaysiz va harakat qilasiz?

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  19 Yanvar 2010, 08:26:35

Savol: So'nggi bor sizni yig'lashga majbur qilgan hodisa nima bo'ldi?

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=210.new#new

Savol: Atrofingizda do'stlaringiz, birodarlaringiz, qonu-qarindoshlaringiz ko'p...
Ulardan qay biri (bir inson) sizga go'zal na'muna bo'lganu, o'sha insonning shu hislatini yaxshi ko'rasiz va o'sha insondagi shu hislat sizda ham bo'lishini xohlaysiz va harakat qilasiz?

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Avvalom bor birinchi savolga adminimiz bergan savolga javob bersam.
Eng oxirgi yig'latgan holatni aytib beraman. Bir kino ko'rdim. Kino nomi "Yig'lamagin" edi adashmasam. O'sha kinodagi bolalarota-onasining  qabrini ziyorat qilish sahnasi meni yig'latdi. O'zim bilmayman, qanday ko'zimga yosh kelganini, tanamdan sovuq ter chiqib ketdi. Juda ham ta'sirli holat!!! Ko'rmaganlar uchun ko'rishni tavsiya etaman.

Endi ikkinchi savolga javob bersam. Menga yaqinlarimning har biri birdek azizdir, hammasidan ham nimanidir o'rganganman va hali hanuz o'rganyapman. Birini aytsam boshqasi qolib ketadi.
Ammo bir kishi bor, u kishini birinchi zikr etmasam, onam urushadi.Meni bu dunyoga keltirgan, soddadil, bag'ri keng inson Otajonim bu hayotda menga go'zal namuna bo'lgan va Xudoga ming qatla shukrki hozir ham namuna bo'lib kelayapti. Ollohni, uning Rasulini tanishimga sababchi bo'lgan, halol va haromni ajratishni o'rgatgan kishi - bu otam. Eng hurmat qilganim otamning kungil ochiqligi, samimiyligi, chumoliga ham zazar bermasligidir. Ushbu xislatlaridan o'rnak olishga harakat qilaman. Yana boshqa bir hislati juda ham sabrlidirlar, Umrlari uzoq bo'lsin, bolalarini - bizlarni rohatimizni  ko'rib yursin,Ilohim.
Ollohning inoyati bilan bundan besh yil oldin ukachalik bo'lganmiz. Otam shu yoshlarida ham kenja farzandlari bilan ot-ot o'ynardilar. Shu yoshda ham deganimga qari ekan deb o'ylamang, hudoga shukr 50 yoshga to'ldilar bu yil. Men - to'ng'ich farzandlari haftada bir bora uyga borar edim. Otamning ukam bilan o'ynashlarini, uning injiqliklarini ko'tarishlarini ko'rib bundanda bag'ri keng inson bormikan dunyoda deb o'ylardim. ( U paytlar dinimiz haqida, Payg'aybarimiz s.a.v haqida to'liq ma'lumotga ega emasdim).Otam o'gitlariga quloq solib, ularga ergashib kam bo'lmadim, Xudoga shukr.

Endi men keyingi foydalanuvchiga savol bersam. ( Savollarim savolga o'xshamagan bo'lsa, meni emas dangasaligimni ayblab qo'yavering. Men ham shunday qilaman.)

Bir ilm egasi aytgan ekanlar (menga otam ko'p bora uqtirar edi): "Har bir shaharu qishloqga qurg'on qurgin, bolam . Yo'ling tushganda qiynalmaysan, qayerga boraman deb o'ylanmaysan, to'g'ri qurg'oninga borasan".  Siz nima deb o'ylaysiz? Bu nasihatga qanday qaraysiz?  Nima tushundingiz buning zamirida? Qurg'on deganda nima nazarda tutilyapti?

Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!

Otam haqlariga duo qilinglar, ahli mo'minlar bir-bringizni duo qilingiz! Men sizlarni duo qilib qolaman, Ollohim oqibantingizni xayrli qilsin, Ilohim!

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan

Akbarjоn  19 Yanvar 2010, 10:05:48

Iqtibos
Bir ilm egasi aytgan ekanlar (menga otam ko'p bora uqtirar edi): "Har bir shaharu qishloqga qurg'on qurgin, bolam . Yo'ling tushganda qiynalmaysan, qayerga boraman deb o'ylanmaysan, to'g'ri qurg'oninga borasan".  Siz nima deb o'ylaysiz? Bu nasihatga qanday qaraysiz?  Nima tushundingiz buning zamirida? Qurg'on deganda nima nazarda tutilyapti?

SAvolingizga Rivoyat bilan javob bersam, ruhsatingiz bilan

Bir boy kishi bo'lgan ekan, u bir kuni 3 o'g'lini yig'ib shunday debdi, bolalarim yurtga tarqalinglar, o'zlaringizga qo'rg'on quringlar toki men borganda shu qo'r'gonlaringizda sizlarni xavfsiz bo'lishingizga ishonch xosil qilay debdida bolalarining qo'llariga bir xamyondan oltin beribdi.
Katta o'g'il vodiy tomonga boribdida eng yaxshi ustalarni yig'ib katta qasr qurdiribdi, u jimjimador chiroyli, odamlar ko'rsa xavasi keladigan ekan.
Ikkinchi o'g'il esa Samarqand tomonga boribdi, u yerda bor puliga usta yollab katta qal'a  qurdiribdi, dushmanlarning o'tishi amri mahol ekan, ichini dunoyoviy bezaklar bilan bezabdi.
Kenja o'g'il esa Ko'p kezibdi, shaxarlar qishloqlar aylanibdi, qayerga bormasa shu yerdagi eng samimiy yaxshi, ochiqkongil deb nom qozongan kishilar bilan do'st tutininbdi, xammasi bilan yaxshi muomalada bo'lib konglini ovlabdi, kambag'allarga xayr sahovat ko'rsatib oliyhimat degan nom olibdi.
Shundan keyin xamma o'g'il otasining oldiga kelib berilgan topshiriqni bajarishganligini aytibdi.
Otasi avval to'ng'ich o'g'lini korgani boribdi, borsa katta Qo'rg'on ekan chiroyli bezatilgan ammo ichida odamlar yo'q xuvilab yotibdi ekan, otasi jimgina turib, uyga kirmasdan qayti ketibdi, keyin ikkinchi o'g'lining uyiga boribdi, borsa kata qal'a  mudofaa inshaotlari bilan mustahkamlangan, ichkariga kirsa u yerda xam xech kim yoq ekan, og'li yolgiz o'z'i uyda o'tiribdi ekan, bu safar xam ota indamasdan qaytibdi, keyin kichik o'g'liga hamrox bo'libdi, u qayerga borsa, qaysi shaxar qishloqqa borsa uning saxovatpesha, oliyhimat sadoqatli do'stlari qarshi olishar mehmon qilishar ekan, birodarlarining otasi kelganligini eshitgach u kishini boshlarida kotarib yurishar va shunday olijanob Husnihulqli farzand o'stirganlari uchun otasiga rahmatlar aytishar ekan
Otasi esa ancha mamnun bo'libdi, xamma o'g'lini yig'ib, Bolalarim men aytgan gap mag'zini faqat ukalaringina to'g'ri tushunibdi, Xar anday qal'a qo'rg'oni yov buzadi, amo do'stlik qo'rg'oni yovni yiqitadi
do'st ortirgan kishi yengilmayd degan ekan

PS: buni bir kitobda o'qib qolgandim, javobi ancha uzun bolgan bo'lsa ma'zur tutasizlar

savol: Sizga nima  Armon bo'lib qolgan, ya'ni endi xech qachon ushalmaydi, shu sababli xam qalbingizda armon bolib qolgan.

Qayd etilgan

Ansora  19 Yanvar 2010, 22:35:12

Savol: So'nggi bor sizni yig'lashga majbur qilgan hodisa nima bo'ldi?

Javob: Kecha Hajı Bayrami Velining maqbaralarida azon eshitarkanman, hayajonlandim. Ko'zlarimdan beihtiyor yosh oqdi. İymomning ovozi juda ta'sirchan edi. Ayniqsa ayollar namoz o'qiydigan bo'lmada har tarafdan kelgan onaxon-opaxonlarni ko'rib yana ham hissiyotga to'ldim.

Savol: Atrofingizda do'stlaringiz, birodarlaringiz, qonu-qarindoshlaringiz ko'p...
Ulardan qay biri (bir inson) sizga go'zal na'muna bo'lganu, o'sha insonning shu hislatini yaxshi ko'rasiz va o'sha insondagi shu hislat sizda ham bo'lishini xohlaysiz va harakat qilasiz?

Javob: Avvalo onam, sabrlariga doimo hayron qolganman. Keyinchalik esa Turk tili o'qituvchimizning ayollari Yashar yanga. Juda dindor ayollar, yuzlari doimo kulib turardi. Hech kimni sen dindor emassan, deb ajratmaganlar. U kishini mehrlaridan erigan qalblar ancha edi, shulardan biri Rus aslli dugonam Elena, u yanganing shafqatini hatto oilasidan ham ko'rmaganligini doimo tilga olardi. Nihoyat Laylatulqodir kechasida Musulmon bo'ldi...

Savol davom etsin...

Qayd etilgan