Forumchilarga savol  ( 724354 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 ... 182 B


Mr.Twister  20 Yanvar 2010, 17:33:23

Iqtibos
savol: Sizga nima  Armon bo'lib qolgan, ya'ni endi xech qachon ushalmaydi, shu sababli xam qalbingizda armon bolib qolgan.

Buvam va buvimning oxirgi so`zlarini eshita olmaganim.

Savol qoldi...

Qayd etilgan


Robiya  22 Yanvar 2010, 02:54:12

Assalamu alaykum!
Men ham savollarga javob bersam:

Shu kunlarda ko'p yig'layapman, sababi...

***

Armon bo'lgan orzuim...  Buni armon deyishlik nechog'lik to'g'ri,nechog'lik xato bilmadim-u, akam yo'qligi armon bo'ldi. Negadir akasi borlarga havasim keladi...

Savol: Vatan uchun, yurt tinchligi uchun birgina Sizning joningizni so'rashdi deylik. Nima qilgan bo'lardiz?

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Yanvar 2010, 06:50:29

Iqtibos: Robiya lSavol[/b
: Vatan uchun, yurt tinchligi uchun birgina Sizning joningizni so'rashdi deylik. Nima qilgan bo'lardiz?

 Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Savolingiz uchun katta rahmat, juda ham chiroyli savol berilgan. Eng oliy ne'mat bu tinchlikdir.

Yurakdan chiqib kelayotgan xaloyonlar shunday deyapti:
- Vatan, Vatan, Vatan ... senga birgina manim jonim kerak ekan, berganim bo'lsin! Ammo nima qilasan bir burda jonsiz tanani, na tura oladi, na seni yovlardan himoya qila oladi, na belini bog'lab xizmatingni qola oladi. Kerakmi shu senga? Sening tinchliging uchun mening jonim nima beradi?
- ...
- Hech narsa bermaydi. Sadoqatimni so'ra, berayin. Tun-u kun uxlamay poyloqching bo'lay, yov kelsa ko'ksimni qalqon qilay, nomingni tarix zarvaraqlariga uchmaydigan qilib yozay, erta-yu kech haqqinga duolar o'qiy ...
- ...
- Ikkilanib turibman, aytsammi yoki yo'qmi? Aytsam hafa qilib qo'yamanmi deb qo'rqyapman. Bilarsan deb o'ylovdim. Sendan qarzdorman, edirding, ichirding, o'qitding, nimang bo'lsa hammasini menga berding! Men esa ikkilanib turibman. Yo'q, bir qarorga keldim. Bermayman. Ko'zlaringdan noroziliging bilinib turibdi. Jonim o'z qo'limda bo'lganda edi, o'zim egalik qilganimda edi. Hech ikkilanmasdan berib yuborgan bo'lar edim. Sen so'ragan narsaning egasi bor. U hohlasa oladi, hohlasa abadiy qoldiradi. Uning egasi yolg'iz Ollohdir.
- ...
- So'ra muhabbatimni, sadoqatimni, ilmimni, hattoki yuragimni ham! Beraman ikkilanmasdan, chunki bularning hammasi menikidir.
Umr o'tib ketyapti.
- Nega jim bo'lib qolding? So'ramaysanmi?
- Hammasini berib bo'lgan ekansan. Nimani ham so'rayman.( degan bo'larmidi, agar zaboni bo'lganda)

Mendan sen uchun jonimni emas, o'zingdan o'zingni so'rashdilar. Jonim sensan, sen qayerda bo'lsang,men ham o'sha yerdaman. Ollohim jonimni olsalar, men seni tashlab ketmayman, o'zim bilan birga olib ketaman, chunki sen qalbim to'tqinisan.

Vatanim - "O'zbekiston", bu so'zning har bir harfida ota-onamning, opa-singillarimning, aka-ukalarimning, og'ayni qarindoshlarimning, qishlog'imning, shahrimning, halqimizning aksi bor.

PS: Savol qolsin, hamma o'z fikrlarini qoldiradi degan umiddaman.

Olloh sadoqatingizni boqiy qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


siddiqa  22 Yanvar 2010, 08:02:16



Savol: Vatan uchun, yurt tinchligi uchun birgina Sizning joningizni so'rashdi deylik. Nima qilgan bo'lardiz?

To'g'risi o'ylanib qoldim  ;) jon shirinda ...........egaistligim tutib bir savol kelib  qoldi .nima ga endi faqat meni kichkinagina joncham  :o :o :o :o
lekin vatanim bu meni
.ota -onam,
har soniyada jon berishga tayyor akalarim ,
aziz opam ,va beg'ubor va masum o'zim mehrimni berib katta qilgan jiyanlarim ,
birodarim ,

qayg'ularimni ketkazmoq uchun eng og'irdamda ham jilmaya olgan do'stim,aziz insonim ,
shuncha inson shu tuproqda tinch yashashlari uchun nega endi  birgina jonni bermaslik kk ekan .bu tinchlikka fidolik haqiqiy vatanga bilet bo'pqosa ajabmas :D :D :D

Savol qolsin

Qayd etilgan


Akbarjоn  22 Yanvar 2010, 19:44:38

Iqtibos
Savol: Vatan uchun, yurt tinchligi uchun birgina Sizning joningizni so'rashdi deylik. Nima qilgan bo'lardiz?

Xech ikkilanmasdan sidqi-dildan, jon dilim bilan rozi bo'lgan bo'lardim. Alloh guvoh ayni xaqiqatni gapiryabman
To'g'ri jon shirin, ammo bir kishining joni uchun Tinchlik ne'mati saqlab qolinadigan bo'lsa va bu qilayotgan ishim islom ta'qiqlamagan yo'l bo'lsa, exxee bu imkoniyatku. Shaxidlik maqomiga erishish imkoniyati (mening nazarimda)
Yurt tinchligi uchun bir emas agar 10 jonim bo'lganidaxam bergan bo'lardim

Qayd etilgan


Robiya  22 Yanvar 2010, 20:30:16

Assalamu alaykum!

Akbarjon birodar, ajoyib javob,qoyil... Boshqa userlarning javoblari ham tahsinga loyiq.

 Savol bermabsiz-ku,birodar...

Qayd etilgan


Abdullоh  23 Yanvar 2010, 00:40:27

Vatan uchun ne-ne jonlar berilgan, ne-ne jonlar berilmoqda, hali yana ne-ne jonlar berilai. Vatan omon bo'lsin. Ota-bobolarimiz bekorga "Vataning tinch - sen tinch" deyishmagan. Har kuni radio, televideniye, internet orqali turli joylarda bo'layotgan ofatlar, terrorchilik huruj;ari, zilzila (Gaitini eslang), suv toshqini, osmondan va yerdan bo'ladigan ofatlar haqida gapiriladi. Allohga cheksiz shukronalar bo'lsinkim, jonajon O'zbekistonimiz tinch, omonlikda. Bu gaplarni men ham paxta qo'yish uchun aytmayapman. Bularning barchasini Allohga shukronalik keltirish maqsadida aytmoqdaman. Vatanimizning bu tinchligini, osoyishtaligini ta'minlash esa albatta, shubhasiz Allohning qo'lida va biz xalq esa unga bir vosita bo'lamiz, InshaAlloh!

Savol: Inson juda yuragi siqilgan paytlarda nima qilmog'i lozim deb o'ylaysiz. Yurakka qilcha narsa ham og'irlik qilsa nima qilasiz.

P.S. Shaxsan men xonani qulflab olib, rosa yig'lardim...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  23 Yanvar 2010, 03:47:50

Iqtibos
Abdullоh

Savol: Inson juda yuragi siqilgan paytlarda nima qilmog'i lozim deb o'ylaysiz. Yurakka qilcha narsa ham og'irlik qilsa nima qilasiz.

P.S. Shaxsan men xonani qulflab olib, rosa yig'lardim...

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Ushbu savolga birinchilardan bo'lib javob berayotganimdan Ollohga ming bora shukronalar aytaman! Savolingiz uchun katta rahmat.

Bunaqa holat har kimning boshiga tushadi. Bu tabiiy holat, irodasiz kishilar ko'pincha bu holatdan aziyat chekishadi. Ko'p gapirmasdan maqsadga o'tsam, yurakka qil ham sig'may qolgan paytlarda biz ko'p narsalarni unutib qo'ygan bo'lamiz. Bunday holatda kishi  yaxshilab tahorat olib, kungligizda g'ijillik bo'lsa g'usl qilib kamida ikki rakat namoz o'qish maqsadga muofiq bo'ladi deb o'ylayman. Namoz kungil chigalini yozadi. Siqilib yurgan bo'lsangiz, namozdan keyin ruhingiz tetiklashadi. ( Mening shaxsiy fikrim)

Olloh oqibatingizni xayrli qilsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


shoir  23 Yanvar 2010, 17:16:12

Savol: Inson juda yuragi siqilgan paytlarda nima qilmog'i lozim deb o'ylaysiz. Yurakka qilcha narsa ham og'irlik qilsa nima qilasiz.

Javob: Bunday paytda yaqinlarimni va hammamiz uchun yaqin bo'lgan joyni ziyorat qilaman.

Savol: Tasavvur qiling, sizni hozirgi holatingizda biron kattaroq mansabga (shahar hokimi, kollej direktori, o'quv markazi rahbari) tavsiya qilishsa, qabul qilarmidingiz?

Qayd etilgan


Ansora  23 Yanvar 2010, 20:30:29

Savol: Tasavvur qiling, sizni hozirgi holatingizda biron kattaroq mansabga (shahar hokimi, kollej direktori, o'quv markazi rahbari) tavsiya qilishsa, qabul qilarmidingiz?

Men qabul qilgan bo'lardim, ilgari rosa qo'rqqanman, holatimdan katta mansabga taklif qilishganda.
Ohirgi marta ishlagan firmamda ofisdagi kattaroq ishga chaqirishganda yo'q meni ishim yaxshi deb, uyalganimdan yana oyoq ishlarida yugirib yuraverganman. Lekin zarari kimga- menga bo'ldi, chunki oddiy ishimdagi hamma narsani o'rganib bo'lgandim, kattaroq mas'uliyat olib, o'z ustimda ishlashga tamballik qilganmamni, deyman...xozir afsus qilaman.
Bu aslo mansabparastlik uchun emas, insonlar uchun xizmat qilish, yana ham ko'p vazifa olib, Alloh yo'lida ter to'kish har bir mo'minning muddaosi bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Chunki dinimizga xizmat qiladigan insonlar yaxshi joylarga kelmasa, afsus- dinga qarshi kurash olib boradiganlar kelishi mumkin.

Bu gaplarimni bir narsa bilan isbot qilmoqchiman. Xozir Turkiyada Dinga ko'proq ahammiyat beradigan partiyani odamlari hokim. Shuning uchun har qadamda Jome, tahorat oladigan joylar(hatto issiq suvlari bilan) mavjud. 2-3 kun oldin ko'rib xursand bo'lganim, metroni ichida ham BEPUL issiq suvli tahorat oladigan joy ochilibdi.
Ho'sh, bunchalik dinga ahammiyat bermaydigan insonlar davlatni tepasiga kelganda nima bo'lardi- tasavvur ham qila olmayman, chunki eski kunlarda ko'p yomon ishlar bo'lib o'tganligini aytishadi kattalar.

Berilgan mansabnining mas'uliyatini his qilgan holda, odilona ish olib borish hammamizga nasib etsin inshalloh.

Savol davom etsin...

Qayd etilgan