Forumchilarga savol  ( 725076 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 ... 182 B


JaviK  22 Fevral 2010, 10:53:35

Baxt avvalo inson, musulmon bo`lib tug`ilganimiz, ollohni taniganimiz juda katta baxt qolgan narsalarni esa bahtli yoki baxtsiz bo`lib yashashimiz o`zimizga boqliq. Olloh hamisha qalbimizda ekan biz bahtlimiz.

Savol qolsin

Qayd etilgan


Habib  22 Fevral 2010, 13:01:14

Baxt...Bu ertalab uyg'onish sog'-salomat,tomog'idan ovqat o'tishi,yurishi,turishi,gapirish,tushunish,ko'rish,eshitish, seza olish... Ko'rdiznmi bu DUNYODA BAXTLILAR juda ko'p.Lekin inson zoti baxtni boshqa joylardan izlaydi. Boylik BAXT emas. Xotirjamlik baxt.
Shirin tashvishlar bilan yurish baxt. Uyga 4 dona non ko'tarib kelish baxt! Ota-onani duosini olish baxt!
MUSULMON BO'LISH-ENG OLIY BAXT!!!
Savol qoldi

Qayd etilgan


Muallim  22 Fevral 2010, 13:59:16

 :bs1:
Baxt Alloh Subhanahu va Taoloning "Lavhul-mahfuz" kitobida insonning baxtli bo`lib yozilishidadir. Baxt tushunchasini bu foniy dunyo amallariga qiyoslab baho berish birmuncha xatodir. Haqiqatda baxtli bo`lish esa Jannatga dohil bo`lishdir. Ana o`shalar chindan ham baxtlidirlar. Kofir va zolim bo`lgan, chap tomon egalariga Jahannam bo`lgayki, ular haqiqatda baxtsiz bo`lgan kimsalardir. Nauzubillah.
:as:

Savol qolsin:

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  27 Fevral 2010, 06:06:09

Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Savol: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Javobim: Baxt men uchun visoldir. Umumiy olganda visol baxt emasdir, ammo shaxsan men uchun baxt bu - visoldir. Bir necha oylar, yillar yoki yuz yillar, ming yillar ko'rmagan, orziqib ko'tayotgan visol onlari meningcha baxt bo'lsa kerak. Buning ustiga  u o'zingiz sevgan, tunu-kun u tomon intilgan, bir daqiqa bo'lsinkim yodingizdan chiqarmagan, husnda tengsiz yoringiz bo'lsa, o'sha baxt bo'lsa kerak. Visol va'dasini olgandan keyin, uni intizorlik bilan kutish baxt bo'lsa kerak.
Hali visolga yetganimiz yo'q, visol lazzatini totganimiz yo'q, demak hali baxtlimiz deyishga erta.
Savol: Sevganingiz bormi?
Javobim: Sevganim bor. Yashirib nima qildim. Sevganim yakka-yu yagona Ollohdir.

Savol qolsin, chiroyli savol berilgan.
Kuningiz xayrli bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


JaviK  18 Mart 2010, 11:16:50

J: Xar kuni uyg'onganimiz...
S: Sevganiz bormi  :D

Sevganimiz Olloh bo`lsin

savol: biron ish qilib maqsadga yeta olmaganizda , ketgan vaqtziga va kuchizga achinganmisiz va qanday ish(sir bo`lmasa ;))

Qayd etilgan


Akbarjоn  18 Mart 2010, 17:38:37

Iqtibos
savol: biron ish qilib maqsadga yeta olmaganizda , ketgan vaqtziga va kuchizga achinganmisiz va qanday ish(sir bo`lmasa )

bunaqa ish ko'p bo'lsa kerak xar kimda
menda masalan: Mirmuhsinni bir romanini o'qidim, oxirida yaxshi tugatmagan, ketgan vaqtimga achindim, bir kishi maqtagandi Avatar degan kinoni ko'rdim, ketgan vaqtimga ahchindim,
yoki bahslashib qolganimda ayrim kishilar bilan (PMda xam) shuncha tortishib tortishib foydasi yo'ligini bilganimdan keyin ketgan vaqtimga achindim...
bunaqa misollar ko'p

savol davom etsin

Qayd etilgan


Habib  19 Mart 2010, 09:10:00

ASSALOMU ALAYKUM!
Albatta bunday misollar ko'p bo'ladi. Menda ham qilgan ishimdan pushaymonlik hissini tuymoqlik ko'p uchrab turadi. Qo'limizdan ketgan VAQT achinishga sabab bo'la oladi. Zero, vaqt bu yashamoqlik,kunlarning o'tishi,tonglarning otishidir. Tobora o'lim sari yaqinlashmoqdir.
Men ham bir ikkita befoyda postlar bilan band bo'lgan edim,bir do'stim "Nima qilasan shu bekorchi narsalar bilan" deb dakki berdi. Inchunun, har bir o'tayotgan soniya foydalimi,foydasizmi bizni fano sari odimlatib ketmoqda.

Qayd etilgan


lolo  19 Mart 2010, 09:30:58

savol: biron ish qilib maqsadga yeta olmaganizda , ketgan vaqtziga va kuchizga achinganmisiz va qanday ish(sir bo`lmasa ;))
man achinmayman, har bir narsani hikmati bor, deb hisoblayman, ayniqsa savobli ish o'xshamay qolsa ham bunga ajr borligidan biroz mamnun bo'laman. Bundan tashqari odam har bir ishga harakati jarayonida ancha tajribasi oshib boradi, bu safar o'xshamasa ishi, keyingi safar o'xshaydi, inshaalloh.
Ko'pincha achinadigan narsam esa - bema'ni va juda ko'p gapiradigan odam bn bo'lgan suhbatlarimga ketgan vaqt, hamda uzundan-uzoq va bema'ni bo'lgan maqola yoki kitob o'qisam, xattoki ko'z nurimga ham achinaman.

Savol qoldi...

Qayd etilgan


Ansora  19 Mart 2010, 22:23:57

savol: biron ish qilib maqsadga yeta olmaganizda , ketgan vaqtziga va kuchizga achinganmisiz va qanday ish(sir bo`lmasa )

Javob: Hayot qarshimizga turfa hil holatlarni chiqaradi, inson bolasi agar qiladigan ishini foydali yoki foydasiz tugashini bilganida inson emas, farishta bo'lardi...Hayot yanglishlar bilan o'rganiladi...Bunday holatlar ko'p bo'lgan, lekin juda kam afsuslanganman, eng katta foydasi esa-kelajakda shunday hatti-harakat qarshisida qanday yo'l tutishimni o'rgatganligi....

Yangi savol: Siz kelajakka doir plan qilasizmi? İlgari (agar tuzgan bo'lsangiz) bu rejalaringizning qanchasi ushalgan qanchasi yo'q?

Qayd etilgan


Robiya  19 Mart 2010, 23:02:02

Assalamu alaykum!

Javob: men reja qilsam ham, unda tavakkal yashirin bo'ladi. Hozirgacha faqat o'qishga kirishni reja qilgandim,amalga oshdi,alhamdulillah.. Qayerda o'qishim,  ishlashim ham tavakkal bo'lgan...

Savol qoldi.

Qayd etilgan