Forumchilarga savol  ( 724227 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 ... 182 B


Akbarjоn  23 Mart 2010, 09:32:35

Iqtibos
Savol: Sizningcha oila qurgandan so'ng kishi ibodati yengillashadimi yo aksincha tashvishlar yanada ortib ibodatlar avvalgisiga nisbatan og'irlashib qoladimi? Holis fikr va mulohazalaringiz...

kimlar uchundir yengillashadi, kimlar uchundir og'irashishi mumkin
xar kim o'z niyatiga bog'lik, niyatga qarab Alloh taollo beradi xammasini

inshaAlloh oila qurganimizdan keyin shu masalabiror bir aniq fikr ga kelarmiz :)

Qayd etilgan


ibrohim  23 Mart 2010, 16:11:35

Savol: Yomg`ir, qor yog`yatganda syr qilish yoqadimi va sababi.

Yoqadi, sababi yomg'ir qor yog'gandan keyin havo toza bo'ladi, mazza qilib sayr qilas :D

Yo`lda ketayotgan ediz behosda ko`ziz yo`lkani chetidan bir hamyon topib oldiz, ichida pul bor holos,qanday yo`l tutgan bo`lar ediz ???

3 marta kimiki, kimiki deb baqirib hech kim javob bermagandan keyin joyiga qo'yib ketaman. ;D

Qayd etilgan


ibrohim  23 Mart 2010, 16:13:30

Savol: Oylik yoki stipendiya olganizdan keyin qanday yo'l tutasiz? ::)

Qayd etilgan


JaviK  23 Mart 2010, 16:19:10

Savol: Oylik yoki stipendiya olganizdan keyin qanday yo'l tutasiz? ::)


Oylikni olsam o`zimga keragligini olib, qolganini to`g`ri onamni qo`liga beraman :D

Qayd etilgan


Habib  23 Mart 2010, 17:15:31

Oylik yoki stipendiya olganda...
Bozor qilishni yahshi ko'raman. Qaniydi pulin ko'p bo'lsayu uyga hamma narsani to'ldirib tashlasang..Uyim uchun miriqib bozorlik qilaman!!!

Qayd etilgan


Alimurtazo  23 Mart 2010, 23:12:36

Savol: Oylik yoki stipendiya olganizdan keyin qanday yo'l tutasiz? ::)


Oylikni olsam o`zimga keragligini olib, qolganini to`g`ri onamni qo`liga beraman :D

Бизни андижонликларни кспи шундай қилади. Бошқалар хам шундай қилса керак. Валлоху аълам.

Qayd etilgan


Habib  24 Mart 2010, 09:15:29

:bsm:
Savol: Sizningcha oila qurgandan so'ng kishi ibodati yengillashadimi yo aksincha tashvishlar yanada ortib ibodatlar avvalgisiga nisbatan og'irlashib qoladimi? Holis fikr va mulohazalaringiz...
 :as:


Erkak kishi uylanar ekan, albatta mas'uliyat degan his ikki barobarga ko'payadi. Endi u bir o'zi emas, xotinini ham ta'minlashi kerak. Alloh bersa, farzand tug'ilsa ma'suliyat yanada ortadi. Topayotgan pulidan yana ham ko'proq topish zaruriyati paydo bo'la boshlaydi. Juda ko'plar shu narsadan havotir oladi, qanday qilarkinman, qanday boqarkanman deb. Alloh Taolo aytadi: "Bolalaringizni faqirlikdan qo'rqib o'ldirmang.Biz ularni ham,sizlarni ham rizqlantiramiz.Albatta ularni o'ldirish katta xatodir" degan.(Al-Isro,31-oyat)
Oilali bo'lishning o'ziga xos ma'suliyati bo'lgani bilan, bo'yqodlikdan afzalliklari bir talay. Uylangach,uyga erta borasiz,uyim-joyim deydigan bo'lasiz,kiyimlariz toza,ozodalashadi yana ham,dazmollangan....va hokazolar. Ibodat qilishiz osonlashadi. Suv isitish kerak bo'lsa isitib beradi ayoliz, uyg'otish kerak bo'lsa uyg'otadi, birga ado qilasizlar ibodatni va boshqalar.
 

Qayd etilgan


JaviK  24 Mart 2010, 09:57:28

:bsm:
Savol: Sizningcha oila qurgandan so'ng kishi ibodati yengillashadimi yo aksincha tashvishlar yanada ortib ibodatlar avvalgisiga nisbatan og'irlashib qoladimi? Holis fikr va mulohazalaringiz...
 :as:


Erkak kishi uylanar ekan, albatta mas'uliyat degan his ikki barobarga ko'payadi. Endi u bir o'zi emas, xotinini ham ta'minlashi kerak. Alloh bersa, farzand tug'ilsa ma'suliyat yanada ortadi. Topayotgan pulidan yana ham ko'proq topish zaruriyati paydo bo'la boshlaydi. Juda ko'plar shu narsadan havotir oladi, qanday qilarkinman, qanday boqarkanman deb.
 

Uylangandan, keyin farzand ko`rgandan keyin ularni bahtini, sog`ligini so`rab ollohga ibodatini kuchaytirishi lozim nazarimda

Qayd etilgan


JaviK  24 Mart 2010, 09:59:17

Savol: (Bo`ydoqlarga)
Uylanayotgan paytizda to`yni qayerda va qay usulda qilishni ma`qul deb o`ylaysiz

Qayd etilgan


Habib  25 Mart 2010, 09:37:59

Qayerda,qachon,qanday sharoitda bo'lishidan qat'iy nazar sharoitdan kelib chiqib qilinsa,isrofgarchilikka yo'l qo'yilmasa,aysh-ishratsiz,sha'riy bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi nazarimda.

Qayd etilgan