Forumchilarga savol  ( 724254 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 ... 182 B


Ansora  05 Iyul 2010, 14:34:55

:as:

Savol: Siz iymoni sizning iymoningizdan kuchli insonni ko'rganingizda nima haqida o'ylaysiz?

V.assalom. Bunday holatda o'zimga, qilmishlariga yana bir bor ko'z tashlayman, o'zim bilan o'zim hisob-kitob qilaman. İymoni kuchli insondan dars olishga harakat qilaman, havas qilaman...

Savol davom etsin...

Qayd etilgan


braupov  05 Iyul 2010, 15:06:12

:as:
Savol: Siz iymoni sizning iymoningizdan kuchli insonni ko'rganingizda nima haqida o'ylaysiz?
:as:
Bunga qanday erishganligi haqida o'ylayman. Va albatta shu darajaga erishishga harakatni shu ondayoq boshlashga harakat qilaman.

Savol qolsin.....
P.S. Juda chiroyli savol bo'pti.


Qayd etilgan


UzMuslim  05 Iyul 2010, 19:58:05

:as:

Savol: Siz iymoni sizning iymoningizdan kuchli insonni ko'rganingizda nima haqida o'ylaysiz?
Albatta Birinchi Novbatda U Insonga Havas bilan qareyman Va Bu insonni Ilmiga Ilm qo'shishini Allohdan So'reyman,Keyin O'ylab o'ylab Qolaman Man Ham Shunaqa Bo'sam bo'masmidi(Ahir harakat Qisam Bo'ladiku,U Ham Allohning Bandasi Man Ham Allohning Bandasi,Albatta Alloh So'raganga Beradi Deme Haqiqatdan Ham Man Izlanishim va O'rganishim kereg ekan) deb..

P>S.Bunaqa voqea ko'p bo'gan..

Savol Davom Etsin..

Qayd etilgan


Habib  06 Iyul 2010, 09:55:00

Maniki ko'pincha 160/120 bo'ladi, lekin tetik yuraman. Hayronman nimaga unaqa
Shifokorga murojaat qiling. Yoshiz o'ta boshlagach sezila boshlaydi. "Issig'ida" davolaning. ;)
Normal qivoling qon bosimni. Hali hayotta qancha bosimlar bo'ladi. Siz oilangizga keraksiz, ota-ona, aka-uka, opa-singil, xotin,bola-chaqa...

Qayd etilgan


Habib  06 Iyul 2010, 09:59:43

:as:

Savol: Siz iymoni sizning iymoningizdan kuchli insonni ko'rganingizda nima haqida o'ylaysiz?

O'zimdan o'pkalayman. Havasim keladi. Allohdan so'rayman, meni ham shu inson kabi bo'lishimga madad ber deb.

Inson mana shunday holatda o'zini tahlil qila oladi. O'zidagi xatolarni ko'ra oladi. Xulosalar chiqaradi.

Qayd etilgan


JaviK  06 Iyul 2010, 15:33:04

:as:

Savol: Siz iymoni sizning iymoningizdan kuchli insonni ko'rganingizda nima haqida o'ylaysiz?

O`sha insonni oldiga borib. Iymoning kuchli bo`lsin deb duo qilishini so`rardim. Iymonim sust ekanligidan o`zimni ayiblam, Yahshi ammalar qilsihga harakat qilar edim.

Qayd etilgan


Robiya  06 Iyul 2010, 16:47:04

:as:

Savol: Siz iymoni sizning iymoningizdan kuchli insonni ko'rganingizda nima haqida o'ylaysiz?

 :as:

Yuqorida javob bergan forumdoshlarning fikriga qo'shimcha ravishda aytishim mumkinki, shunaqa insonni uchratsam, avvalo Allohga hamd aytardim, menga ko'zgulik qiladigan kishini duch qilganiga.. Keyin esa, bunga qanaqa erishganini so'rab, o'zim ham harakat qilardim, iymonimni mustahkamlashga...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Iyul 2010, 15:37:56

Савол: Узок юртдаман,углимга муслима йулдош,манга муслима келин керак.Амрикодан киз куриш учун иш ва укишдан вакт ажратиб,узооок-узооокларга совчилик "саёхати"га чикиш керак.Такдир сса......
Сиз нима килардингиз?

Bismillohir rohmanir rohim!

Men sizning o'rningizda, O'zbekistonga qaytib kelardim. Yoru do'stlarim, birodarlarim, dindoshlarim, millatdoshlarim, qarindoshlarim tomon oshiqardim.
Bag'ri keng O'zbegimdan qo'ymasin,Ilohim!

PS: O'zimdan kelib chiqib, javob berdim.

Forumdoshlardan bir narsani so'rab bilmoqchi edim. Umuman bu savolni bu yerda berish mumkinmi, yo'qmi, bilmay turibman. Shunday bo'lsada savolim quyidagicha:
Bilasizki, har bir halqqa ta'rifu tasnif berilgan. O'zbekka tashqi jihatdan qanday  ta'rif berilgan? (Yuz tuzilishi, qaddi qomati v.h.) Men bu savolni berishimga sabab shu bo'ldiki, chet elda meni O'zbekka o'xshatishmaydi. Balkim ular O'zbeklar haqida yetarli ma'lumotga ega emasdurlar, yana ham bilmadim. Forumchilarning yoshlikdagi rasmlari ko'ra turib, ushbu savolga javobni siz azizlardan bilgim keldi

Javoblar uchun katta rahmat!

Qayd etilgan


Ansora  13 Iyul 2010, 22:37:00

Yuqoridagi savolga javob:

Masalan men Turkiyadaman, Turk qardoshlar O'zbeklarni asosan "chekik go'zlu" yani ko'zlari qisiq, deb o'ylashadi. Meni oilamdagilarni hammasi har xil, ko'rib hayron qolishgan. Shoxsanamni (ashulachi) umuman O'zbekka o'hshatishmaydi:) ko'zlari katta katta deb:)
Keyin rangimizni ham asosan bug'doy rang deb o'ylashadi. Rangli ko'z umuman yo'q deyishadi...Aslida esa har xil inson bor deb rasmlar bilan isbot qilsam Allah Allah deb qo'yishadi:)

Savol davom etsin:)

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Iyul 2010, 01:09:57

Menimcha esa o'zbeklarni bug'doyrangdan sal oqroq, soch, qosh, ko'zlari qora, yanoqlari sal chiqqanroq tushunilsa kerakda

ko'zlarning katta yoki qiziq bo'lishi, sochni jingalak yoki tekis bolishi,boyning past yoki baland bolishi aksariyat ko'p millatlarda bo'lsa kerak
ha aytmoqchi, ko'k ko'zli sariq sochli o'zbeklarni ham ko'rganman

yana bitta bolani ko'rgandim, millatiga o'zbek yozilgan ismi leonid, fomilyasiham otasining ismi ham g'irt ruscha (atayin keltirmadim), lekin millatiga o'zbek yozilgan :)) shunaqalari ham bo'lib turadi

Qayd etilgan