Forumchilarga savol  ( 724402 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 ... 182 B


Akbarjоn  14 Iyul 2010, 01:13:42

Iqtibos
Савол: Узок юртдаман,углимга муслима йулдош,манга муслима келин керак.Амрикодан киз куриш учун иш ва укишдан вакт ажратиб,узооок-узооокларга совчилик "саёхати"га чикиш керак.Такдир сса......
Сиз нима килардингиз?

:as:

nima qilishimni bilmadimkuya, ammo nima qilishimdan qattiy nazar oldin 2 rakat istihora nomozi o'qib olardim keyin Allohga tavakkal deb xarakatni boshlardim
Agar nima qilishni bilmay boshim qotib qoladigan bo'lsa imkon qadar tunning ikkinchi yarmida turib Alloh yo'lida 2 rakat nafl nomozi o'qib Allohdan madad so'rardim, va berilajak madaddan umid qilardim...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  14 Iyul 2010, 02:24:54

Yuqoridagi savolga javob:

Masalan men Turkiyadaman, Turk qardoshlar O'zbeklarni asosan "chekik go'zlu" yani ko'zlari qisiq, deb o'ylashadi. Meni oilamdagilarni hammasi har xil, ko'rib hayron qolishgan. Shoxsanamni (ashulachi) umuman O'zbekka o'hshatishmaydi:) ko'zlari katta katta deb:)
Keyin rangimizni ham asosan bug'doy rang deb o'ylashadi. Rangli ko'z umuman yo'q deyishadi...Aslida esa har xil inson bor deb rasmlar bilan isbot qilsam Allah Allah deb qo'yishadi:)

Savol davom etsin:)

Bismillohir rohmanir rohim!

Kapalak opa, javobingizdan juda ham xursand bo'ldim. Katta rahmat!

To'g'ri gapirdingiz, gapingizga qo'shilaman. O'zbeklarda har xil, bir birlariga uxshamaydiganlari ham bor, ammo har bir halqqa xos bo'lgan hususiyatlar bo'ladi.

Javobingiz shu ko'rsatayapdiki, men o'zbekka o'xshar ekanman, chunki turk qardoshlar aytganiday, ko'zim qisiqroqdan kelgan. Shundan bo'lsa kerak, bu yerda ko'pchilik, mo'g'ulmisan, xtitoylikmisan deb murojat qiladi. Unchalik , mo'g'ullarchalik yoki bo'lmasa xitoyliklarchalik ko'zim qisiq emas.

Yana bir bora javobingiz uchun katta rahmat! Salomat bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Lu`lu`  15 Iyul 2010, 00:26:32


:as:

nima qilishimni bilmadimkuya, ammo nima qilishimdan qattiy nazar oldin 2 rakat istihora nomozi o'qib olardim keyin Allohga tavakkal deb xarakatni boshlardim
Agar nima qilishni bilmay boshim qotib qoladigan bo'lsa imkon qadar tunning ikkinchi yarmida turib Alloh yo'lida 2 rakat nafl nomozi o'qib Allohdan madad so'rardim, va berilajak madaddan umid qilardim...
Ассаламу ъалайкум.Билдирган фикрларизни канчалар тугрилигини айтсам...
Саволимни ёзгач,кунглимдан истихора утганига тезда укидим.10май срталаб сса углимни грин карт масаласи схшиликка хал булгани хакида хавар кеганига Аллохга хамдлар айтдим. Дуо килиш ва дуо олишда бардавом булсак,иншаАллох кети хам чиройли хал булади.

Савол:А­нг схши тингловчи булиш афзалми,сузловчи булишми?

Qayd etilgan


Akbarjоn  15 Iyul 2010, 01:34:38

Iqtibos
Савол:А­нг схши тингловчи булиш афзалми,сузловчи булишми?

hama ham eng yaxshi so'zlovchi bo'lishi mumkin amo eng yaxshi tinglovchi bo'lish juda qiyin
yana bir narsa xaqiqatki gaplashayotganizda ko'p gapirgan odamni emas gapingizni ohirigacha tinglagan odamni hush ko'rasiz

Deyl Kornegining qanday qilib do'st orttirish mumkinligi yuzasidan tavsiyalarida shu narsa bor edi, seni eshitishlarini hohlasang sen eshitishni o'rgan

Qayd etilgan


Lu`lu`  15 Iyul 2010, 07:09:45

VAQT - nima?

Qayd etilgan


siddiqa  15 Iyul 2010, 09:08:46

VAQT - nima?

Foydangizga yoki zararingizga ishlovchi vosita ,sinov soatlari ,sizga eng yahshi guvoh ,eng havfli guvoh .

qaytishi iloji bo'lmagan narsalardan .

savol qolsin ))

Qayd etilgan


Billur  15 Iyul 2010, 11:49:07

Hurmatli Forumdoshlar, maslahatingiz kerak edi.
Yaqindan boshlab xxx viloyatimizning bir tumanida katta obodonlashtirih ishlari boshlandi. Hullas avtomobil yo'llarini kengaytirish, eski binolarni buzib o'rnidan yangisini qurish,kurortniy zona tashkil qilish ishlari. Bir tanishimizning ham usha rayonning markazida kitob magazini joylashgan edi. Hokimiyatdagilar uni ham buzishni aytishgan.Buzilayotganida usha do'kon egasi haqini talab qilgan. Ya'ni buzzilgan do'konni o'rniga boshqa joydan joy berishlarini. Lekin Hokimiyatdagilar baqirib,haqorat qilishgan. Qatga borseng bor, hich qanaqa joy ham do'kon ham berilmaydi deb. Lekin aslida qonun bo'yicha joy berilishi kerak emasmi? Endu usha do'kon egasi qanday yo'l tutishi kerak?

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2010, 12:29:54

Bir tanishimizning ham usha rayonning markazida kitob magazini joylashgan edi. Hokimiyatdagilar uni ham buzishni aytishgan.Buzilayotganida usha do'kon egasi haqini talab qilgan. Ya'ni buzzilgan do'konni o'rniga boshqa joydan joy berishlarini. Lekin Hokimiyatdagilar baqirib,haqorat qilishgan. Qatga borseng bor, hich qanaqa joy ham do'kon ham berilmaydi deb. Lekin aslida qonun bo'yicha joy berilishi kerak emasmi? Endu usha do'kon egasi qanday yo'l tutishi kerak?

Bu yerda do'kon egasining huquqlari buzilyapti ekan.
Davlat rejasiga kiritilgan joyni buzish uning egasiga boshqa yerdan joy ajratish yoki pullik kompensatsiya orqali amalga oshiriladi.
Bu holatda esa mulk egasi yuqori instansiyalarga murojaat qilib, o'z huquqlarini himoya qilishi mumkin. Masalan, viloyat yoki respublika prokuraturasiga yozma murojaat bilan chiqsalar bo'ladi.

Qayd etilgan


HMF  15 Iyul 2010, 13:03:35

VAQT - nima?

Hamma narsani yechimi.

Qayd etilgan


muxlisa  15 Iyul 2010, 13:11:43

VAQT - nima?

VAQT - bu Alloh bizga rizq qilib bergan ne'mat.

Qayd etilgan