
Shu kungacha Qadr kechasi haqida olimlardan eshitganlarimga ko'ra, Qadr kechasi aniq bir kechadi kelishi ma'lum emas. Rasululloh s.a.v dan ham oxirgi o'n kunlikda, oxirgi yetti kechada, yigirma uchinchi, yigirma yettinchi kecha degan turli rivoyatlar kelgan.Shuning uchun olimlar Qadr kechasi har yili turli kechalarda keladi, lekin ko'proq oxirgi o'n kunlikda, shu o'n kunlikning ichidan esa ko'proq yigirma yettinchi kechasi (26 dan 27 ga o'tar kecha) keladi, deyishgan ekan. Bu kechaning aniq bir kechada kelishining ma'lum qilmaganligining hikmati mo'minlar ko'proq duo qilishlari ekan, chunki Alloh taolo bandalarining O'ziga ko'p duo qilishlarini yaxshi ko'radi. Shuning uchun Ramazonning hamma kechalarida ixlos bilan ibodat va duo qilinsa, inshaAlloh, Alloh dargohida qabul bo'ladi.