Assalomu Alaykum!
Barcha uylanmagan forumdoshlar va o'z fikrini bildirish niyatidagi barcha azizlarga savol:
Ko'pchilik bilsa kerak, ayrim ota-onalar, "O'g'lim, senga o'qigan qiz oberaman!"deydi. Ba'zilari uchun esa bu muhim emas, ya'ni o'qigan bo'lishi shartmas. Sizchi? Siz nima deysiz bunga, aziz forumdosh?
Agar savol takror bo'lsa, ma'zur tutgaysizlar.
O'zim ham javob bergim kelib ketti shu savolimga

Anu kuni oshda edik bir qarindoshnikida. Qobil qori keldilar, turmushdagi kafoat(xato yozgan bo'lsam uzr.) haqida ma'ruza qildilar. Kafoat - bu tenglik ekan. Bejizga "teng-tengi bilan.." deyilmas ekan. Quda bo'layotgan tomonlar bir-biriga mos bo'lishi kerak ekan. Masalan duradgor duradgor bilan, artist-artist bilan, suvoqchi suvoqchi bilan ba hokazo. Ziyoli inson bozorchi bilan quda bo'lib qolsa, artist ilmli inson bilan quda bo'lsa bir-birini tushunmay, kelin-kuyov hayoti silliq bo'lmasligi mumkin. Taqvodor insonning bolasi zamonaviy turmush tarzi kechiradigan xonadonga kelib qolsa qiynaladi. Yoki namozxon oilaga "mini yubka" kelin kelsa, qandoq bo'ladi?- deydi Qobil qori. - Biz shunday gaplarni ham eshittik. Qaynona keliniga namoz o'qimang, namozingizdan hovlini supurganingiz menga afzal deganini. Yana bir bo'lgan, juda ayanchli holat. Bir yigit Amerikada o'qib kelgan. Ota-bobolari juda bir ilmli insonlar, eshonlardan ekan. Shu yitig kelgandan keyin uylantirishgan. O'zlariga o'hshagan bir yahshi oilani qizini olib berishgan. Lekin yigit chet eldan murtad bo'lib qaytgan. Ya'ni dinidan qaytgan, cho'qinadigan bo'lib kelgan. Buni keyin bilib qolishgan. Kelinni cherkovga oborgan, men bilan shu yerda tur hech nima qilmadang ham degan. Kelin buni uydagilarga aytgach, kuyovni bu ishdan qaytarmoqchi bo'lishgan. U esa qaytmagan. Qudalar qizini olib ketgan bolasi bilan. Chunki murtadga musulmonlar mozorida joy yo'q, janoza o'qilmaydi. (Alloh o'zing asra!)- deydi Qobil qori.
Shunaqa azizlar, o'tlab ketgan bo'lsam uzr.