Javob" Yuqorida ))
Savol: "Qiyomatlik do'st" iborasini kim qanday tushunadi, kim qanday ta'riflaydi?
Chiroyli savol uchun rahmat.
Qiyomat kuni hech narsa yashirin qolmasligini, hamma narsani ochiq oydin o'rtaga chiqishini ishongan insonlar juda yaxshi bilishadi.
Do'st, tanish, bilish bu dunyoda har xil gapni gapirishi mumkin. Biz bazan aldanamiz, ishonamiz. Lekin qiyomat kunida shu do'st deb bilganlarimiz og'zini ham ocholmasligi mumkin.
Qiyomatlik do'st shunday bo'lsinki, avvalo seni ogohlantiradi, nimadan: gunohlaringdan, diniy hayot yashashing uchun senga yordam beradi. Qiyomat kunida seni har bir amalingga shohidlik ko'rsatadi. Qiyomatni dahshatini yaxshi bilamiz, shunday kunda seni yoningda kim qoladi, albatta Alloh uchun tutingan do'sting...
Qiyomatlik do'st- meni tushunishim bo'yicha- har ikki dunyoda chin yurakdan ishongan do'sting, shunchaki do'st emas...