J: Erkaklarimiz oriyatsiz va g'urursiz bo'lgani uchun.
Tushunmadim bunda erkaklarni qanaqa aybi bor ekan?
Manam shu gapga tushunmadim.Bu bitta anekdotti eslatdi:
1-odam:Chorraxada avariya bo'pti.Sababchisi velosipedchilar va yaxudiylar.
2-odam:Bu avariyada velosipedchilarni nima aloqasi bor?
Assalamu alaykum.
Shuni tushunmagan bo'lsangizlar hali sizlar Islom dinini, uni ahkomlarini va dinimizni hozirgi holini yahshi bilmas ekansizlar. Shohjahon, o'zi ko'p meni fikrlarimga qarshi chiqib biror nimalar chiqrmoqchi bo'ladilar. Ha, mayli. Ikbaljohn, bu sizga ankdotni eslatgani meni hayron qoldirdi. Ahir bu hozir butun Islom dunyosini va musulmonlarni katta muammolaridan bo'lib turibdi.
Yana bir gap, menimcha bu bo'lim savol-javob bo'limi edi. Bu yerda javoblarni muhokamasi ham bo'ladi, demagandingiz shekilli. Buni qarangki, birinchi muhokamaga tashlangan javob ham meni javobim bo'libdi. Bularni o'chirib tashlamassiz degan umidda, sizlarga javobimni tushuntirib o'tmoqchiman.
Agar bilsangizlar, hijob har bir musulmonman degan ayol va qiz uchun farz hisoblanadi. Demak shunday ekan har bir muslmon buni bajarishi lozim. Buni bajarmasliklariga esa ko'proq erkaklarimiz aybdor. Misol uchun bir oilani olaylik. Nomi er bo'lgan kishi ayolini kiyinishiga, uni yarim yalang'och yurishiga, nomahramlar bilan muloqotda bo'lishiga beparvo bo'larkan, ayol kundan kunga modani ortidan ergashib battarlashib boradi. Natijada oilada asosan ayolda bo'lgan ozgina hayo va islomiy muhit ortga chekinadi(agar u bo'lsa) Qarabsizki, oilada tarbityat ko'rayotgan qizlar ham huddi shu ruhda tarbiya topadi. Biz hohlaymizmi hohlamaymiz, ayol o'z qizini faqat o'zi bilgan va hohlagan yo'nalishda tarbiya qiladi. tabiiyki, ayolini yarim yalang'och holda yurishiga qarshilik qilmagan erkak, qizini bunday yurishiga ham qarshilik qilmaydi. Bu narsa zanjirga o'hshaydi. Yillar o'tib(agar biror sabab bilan u qizni ALloh taolo haq yo'lga boshlamasa)u ham o'z qilzarini shunday tarbiyat qiladi. Qarabsizki, atrofimizda kundan kunga shunday ayollar ko'payib boraveradi. O'z ayolini, qizini opa-singlisini begonalardan qizg'onmagan erkaklarni yana nima deb atash mumkin???
Shuning uchun hijoblangan ayol-qizlarga besh mahramini o'tdan qutqargan, deya ta'rif berilgan.
Tushuntiroldim deb o'ylayman. Hatoliklar bo'lsa, ALlohdan mag'firat, sizlardan uzr.
Agar yana qarshiliklar va savollar bo'lsa marhamat....