Forumchilarga savol  ( 724514 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 182 B


Munira xonim  23 Mart 2007, 17:27:46

J: Hech kimga aytmayman,faqat namozlarimda hammasini to'kib solaman.

S: Siz Alloh yo'lida birodarlik deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Mart 2007, 04:42:54

J:Afsuski yo'q. Lekin meni Alloh yo'lidagi opajonlarim bor.

S:Do'stlik bilan birodarlik orasida qanday farq bor?

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Mart 2007, 08:03:41

J: Til nuqtai nazaridan, do'st turkcha (o'zbekcha) so'z, birodar forcha so'z. Ma'no nuqtai nazaridan esa do'st, birodardan ko'ra keng ma'noni bildiradi. Qur'oni karim, qadisi qudsiy tarjimalarida ham Alloh taoloning so'zini, ya'ni Allohning sevimli bandalarini Do'stim, habibim deya tarjima qilishgan. Demak, do'st - judayam yaqin, eng yaqin inson. Odatda do'st 1 yoki 2 ta bo'ladi. Birodarlar esa ko'p bo'lishi mumkin. Demak, Alloh yo'lidagi opajonlariz - sizning birodarlaringiz. Yana, demak, Allohdan boshqa do'st topmabsiz. Sizga eng yaxshi do'st nasib qilsin!

S: Safardan qaytyapsiz. Ota-onangizga qanday sovg'a olgan bo'lardingiz?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Mart 2007, 09:05:22

J:Ko'p hollarda asosan onajonimga o'zlari qachonlardir orzu qilib erisha olmagan narsalarini hadiya qilaman.Adajonim bo'lsalar onamga olingan hadiyalar uchun hursand bo'ladilar.O'ylab qarasam har doim asosiy hadiyalarim onajonim uchun bo'lgan ekan.

S:Badiiy adabiyotda eng kop qiziqadigan adibingiz kim va asosan qaysi asarga qiziqasiz?

J:O'tkir Hoshimov. "Ikki eshik orasi","Dunyoning ishlari","Tushda kechgan umrlar".
S: Sizga yaxshilik qilgan odamga qanday javob qaytarasiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Mart 2007, 10:38:52

J:Albatta qo'limdan kelganicha yaxshilik bilan javob qaytarishga intilaman.
S:Qur'ondagi eng yaxshi ko'rib o'qiydigan yoki tinglaydigan surangiz?

Qayd etilgan


Murod_bek  24 Mart 2007, 19:46:23

J:Barcha suralar bir biridan yoqimli...Ar-rohman surasini ko'p tinglayman va mutoala qilaman..

S:Hayotingizdagi eng muhim kun?

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Mart 2007, 07:43:33

J: Farzandlarimni dunyoga kelgan kunlari.

S: Insonning "qalb ko'zi ko'r" deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Mart 2007, 08:35:33

J: Qalbning ham ko'zi bor deyishadi. Lekin ba'zi qalblar ko'rib tursa ham ko'rmaydi, yoki ko'rishni istamaydi. Mana shunday qalblardan asrasin.

S: Siz ko'proq nimani sog'inasiz?

Qayd etilgan


Flower  25 Mart 2007, 10:00:55

J: Men ko'proq bolalik yillarimni sog'inaman.

S: Yolg'onni kechira olasizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Mart 2007, 17:13:41

J: Kechira olaman, deb o'ylayman. Ahir Alloh taolo bizni gunohlarimizni kechiradi-ku. Biz bandalar ham kechirishni o'rganishimiz lozim.

S: Yig'laganingizda yuragingiz yengil tortadimi yoki aksincha....?

Qayd etilgan