Forumchilarga savol  ( 724345 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 ... 182 B


Flower  01 Iyun 2007, 08:37:21

J: Bu  bizdagi  Onasini ko'rib qizini ol maqoliga sal to'g'ri kelsa kerak.

S: Folga va folbinga ishonasizmi?

Qayd etilgan


DilyaD  01 Iyun 2007, 11:07:43

Nimaga realistik kayfiyat hukumron emas shuni aniq ko'rsatish kerak. Xafa bo'lmanggu savolni to'gri va aniq qilib bering.

pisimistlar, yoki slishkom optimistlar ko'payib ketgan, boshqacha ko'z bilan qarashomayapti, janob....... Realist emassiz siz ham!(xattoki)

Qayd etilgan


ikbaljohn  01 Iyun 2007, 11:09:25

S: Folga va folbinga ishonasizmi?
J:Umuman ishonmayman
S:ziyouz forumidan boshqa forumlargayam kirasizmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  01 Iyun 2007, 11:31:43

J:Nigora ucoz ru forumiga kirib turardim hozir yo'q faqat ziyouzga kiraman.

S:Forumga kirishdan asosiy maqsadingiz nima?

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyun 2007, 12:23:02

J: Bilmaganlarimni o'rganish va bilganlarimni o'rgatish uchun...

S: "Allohning makri...." shu kalimalarni qanday izohlaysiz???

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyun 2007, 01:08:28

J: Hasan Basriy: «Alloh kimning rizqini keng qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, «Alloh menga makr qilyapti», deb bilmas ekan, u aqlsizdir. Kimga rizqini qatra-qatra qilib tor qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, «Alloh menga qarab turibdi», deb bilmas ekan, u ham aqlsizdir», deb so‘ng quyidagi: «Qachonki, o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay noumid — mublis bo‘ldilar», oyatni o‘qigan edilar.

Yana aytdilar: «Ka’baning Rabbiga qasamki, qavmga makr qilishi ularga hojatlarini berishi va so‘ng ularni ushlashidir». ("Gunohi kabiralar" kitobidan)


S: Dunyoda hamma narsa o'tkinchi. Lekin ba'zi narsalarni inson oxiratga ham olib ketishi mumkin. Dunyoda hech narsasi qolmasa-da, o'sha bilan ovunishi, o'sha bilan baxt nimaligini his qilishi mumkin.
Siz hayotda topgan bu haqiqat nima? (iymon ne'matidan tashqari)

Qayd etilgan


Muhammad  03 Iyun 2007, 17:04:15

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Javob: Agar imkoniyatim taqozo qilsa uning mo'minligini bilsam ikkilanmay qarzi hasana qilgan bo'lardim.

Savol: Hayotda siz kimga ko'proq ishonasiz? (o'zingizdan tashqari)

Qayd etilgan


Mahzunabonu  03 Iyun 2007, 17:07:08

J:  Man yolgiz Allohga ishonaman.

S:  Hiyonatga duch kelsangiz qanday yul tutardiz?

Qayd etilgan


Mohinur  04 Iyun 2007, 14:33:23

S:  Hiyonatga duch kelsangiz qanday yul tutardiz?

J: Qanaqa xiyonatligiga qarardim. Tushunishga harakat qilib, balki kechirarman.

S: Eng so'nggi siz o'qigan va sizni yig'latgan hikoya qaysi?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Iyun 2007, 15:17:23

J: Ahmad Lutfiy QOzonchining "Bir vijdon uyg'onur" nomli kitobi....

S: Oilada ayol kishi pul topish uchun kasb qilishiga qanday qaraysiz?
(Ko'p ayollarda pul topganlaridan kyin erlariga nisbatan munosabatlari o'zgaradi. Bungachi, bunga qanday qaraysiz?)

Qayd etilgan