Forumchilarga savol  ( 724834 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 182 B


Robiya  11 Iyul 2007, 18:20:41

Albatta forum.ziyouz.com.
 Yashashdan maqsadingiz nima?

Qayd etilgan


Muslimа  12 Iyul 2007, 11:15:20

Javob: Manimcha yoshni sevgiga aloqasi yo'q. Alloh qachon nasib qilsa o'shanda bo'ladi haqiqiy sevgi. Kimdadur oldin, kimdadur keyin! ;)

Savol: Yig'i, yani yig'lash siz uchun kuchsizlikmi yoki kungilni rahmdilligimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2007, 17:11:46

Javob: Abdulloh ibn Amr ibn Os dedilar: Allohdan qo'rqib, gunohlaringizga yig'langiz. Agar yig'lay olmasangiz, o'zingizni yig'lashga majbur qilingiz. Agar ilmni (ya'ni, yaqiyn ilmini Rasululloh SAV bilganlari kabi) bilganingizda edi, sizlar hatto belingiz sinib ketgunicha namoz o'qigan va ovozingiz bo'g'ilib, tovushingiz chiqmay qolguncha yi'g'lagan bo'lardingiz...

Savol: Ziyo Uz haqida uchta tanqid yozing.

Qayd etilgan


Muslimа  21 Iyul 2007, 10:36:04

Javob: Umid qilamanki javobim hurmatli adminimizni va userlarni ranjitmaydi. Bu faqat mani fikrimmas, ko'pchilikdan shu fikrni eshitdim!

1. Forumning
2. Oldingi
3. fayzi YOQ!

Savol: O'tayotgan vaqtingizga qanchalik achinasiz?

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyul 2007, 14:45:34

Javob: Judayam ko'p achinaman. Duo qilaman, Allohdan ofiyat so'rayman.

Savol: Har doim ko'chada umuman tanimagan odamingizga  salom berasizmi?

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2007, 16:08:12

Javob:Ha
Savol:Dushmaningizga ham ravo ko'rmaydigan vaziyatga tushganmisiz?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Iyul 2007, 17:43:51

Javob:Ha
Savol:Dushmaningizga ham ravo ko'rmaydigan vaziyatga tushganmisiz?

J: Ha,lekin buni eslagim yo'q...
S:Sizningcha kecha "Asian Cup 2007" chorak finalida O'zbekistonning Saudiya Arabistoniga yutqazishiga sabab nima?

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 17:56:33

J: Jiddiy sabab yo'q. Biznikilar zo'r o'ynashdi. Omad yuz o'girdi, desa bo'ladi. Anavi koreys sudyasining xatosi ham yomon bo'ldi. Ikkinchi taymda futbolchilarimiz Saudiya himoya chizig'ida kam faol bo'ldilar.

S: Nima uchun o'zbek futbolchilari doim shu chorak finaldan qaytadilar????

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Iyul 2007, 18:02:06

J:Chunki xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini kam o'tkazishadi va oxir-oqibat tajribasizlik bizga pand beradi....
S:Ayollarning boks,karate,kurash kabi jangovor sport turlari bilan shug'ullanishlariga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 18:08:34

J: Man qarshiman. Chunki ayollar nafis jins vakillaridir. O'zlari uchun, himoya qilish uchun o'rgansalar bo'ladi. Lekin hammaning oldida o'zlarini namoyish etishlari shart emas.

S: Qaysi sport turini yomon ko'rasiz?

Qayd etilgan