Forumchilarga savol  ( 725170 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 182 B


Shukurulloh  17 Sentyabr 2007, 20:02:59

j : Assalomu alaykum deb bo'lsa kere.

s:Sizni ismingizni  odamlar chala qilib aytishsa nima qilasiz.Bu narsa yoshligizdan shunday aytilgan bo'lsa.

Qayd etilgan


Shukurulloh  18 Sentyabr 2007, 05:03:19

J:  Inson oilada bir farzand bo'lsa nafaqat katta bo'lganida manimcha yoshligida ham qiynalsa kere. Man buni boshimdan o'tkazgan bo'lsam ham lekin ko'p ko'rganman.Kotta bo'lganida ko'proq qiynalsa kere baribir yonida aka-ulkalar bo'lgani yahshida.Qiyin kunlarida suyanchiq bo'ladi.
S: Inson  biror yaqin insonini yo'qotsa.Uni unita olmasa  unga ko'nika olmasa nima qilishi kere?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 05:58:36

Javob: Hayot o'tkinchi, dunyo o'tadi. Haqiqiy hayot esa o'limdan keyin. Har birimizning boshimizda o'lim bor. O'lmaydigan inson yo'q. Hammamiz bir kun kelib tuproq bo'lamiz. Kimimiz bo'lishidan qat'iy nazar bir kun kelib uni ham tuproqqa qo'yamiz. Yig'laymiz, duo qilamiz. Ancha vaqtgacha ko'nika olmasligimiz ham mumkin. Lekin bir kun kelib hammasiga ko'nikamiz. O'lganlarni unutish yaxshi emas. Unutish degani duo qilmaslik. Unutish haqiga qur'on o'qimaslik degani. Ko'proq Qur'on tilovat qilib, ularga bag'ishlashimiz kerak. Shunda ularning ruhi taskin oladi.

Savol: Ba'zida musulmonlar hayot qiyinchiliklaridan qochib o'lim kelsaydi, deb qolishadi. Nahot, ular o'limga shu qadar tayyor bo'lishsa. Oxiratga zahira haqida o'ylab ko'rmaydilarmi?
Shunday insonlarga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?

Qayd etilgan


shoir  18 Sentyabr 2007, 14:12:54

Javob: Unga tushuntirishga harakat qilardim. Bu bilan faqat o'ziga va boshqalarga yomonlik olib kelishini aytardim. Undan ko'ra oxirat ozig'ini shu dunyoda yaxshilab yig'ib olishini aytardim.

Savol: Birinchi o'qigan namozingini eslay olasizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 14:18:35

Javob: Ha, eslay olaman. O'shanda peshin namozi edi. Yosh bola edim. Namoz o'qishni deyarli bilmas edim. Lekin namoz o'qishga ishtiyoq shunchalik kuchli ediki, peshinga azon aytilmasdan namozni o'qib bo'lgandim. Keyin azonni eshitganimdan so'ng, yana bir marta o'qiganman. Uyda hech kim yo'q edi. Namozni o'rgatadigan kitob bor edi. Shuning rasmlariga qarab o'qiganman... Judayam ajoyib damlar edi...

Savol: Maktabda birinchi olgan bahoingizni eslay olasizmi?

Qayd etilgan


Robiya  18 Sentyabr 2007, 15:01:07

Javob: esimda,husnixat darsidan "4" baho olganman

Savol: Ro'zai ramazon oyi qanday o'tyapti?

Qayd etilgan


Shukurulloh  18 Sentyabr 2007, 17:15:20

J:  OLLOHga shukr yahshi hec bir qiyinchiliksiz yengillik bilan.Bu oy man eng sevgan oyim.OLLOH shu kunlarga yetqizganiga shukr.
S:Siz hayotdagi eng yaqin do'stizi  qanday bo'lihini istardiz

Qayd etilgan


Mohinur  20 Sentyabr 2007, 05:49:35

Javob: Yo'q, ta'sir qilmaydi. Chunki do'st achitib gapiradi, ba'zida tushunmovchilik bo'lishi mumkin. Keyin hammasi o'z iziga tushadi.

Savol: Yashashdan maqsadingiz nima?

Qayd etilgan


Shukurulloh  20 Sentyabr 2007, 15:07:22

J:Bu hayotda faqat bir narsa uchun yashash kere ohirat uchun faqat.
S: Siz hayotda qiynalib turgan paytizda tushkunlikka tushganizda yoningizda faqat bir odam bo'lishi mumkin bo'lsa o'sha inson kim bo'lishini istardiz ?

Qayd etilgan


Fatima  20 Sentyabr 2007, 15:15:48

J: Man faqat onajonim bo`lishlarini xohliman.

S: Siz qilgan xatoyizni boshqalar sizdan oldin tushunib yetib, sizga maslahat berishsa, siz qanaqa qabul qilardiz?

Qayd etilgan