Forumchilarga savol  ( 724471 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 ... 182 B


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 18:42:00

Assalomu alaykum!
J:InshaAlloh dadam rozi bo'lsalar masjid Bilol ga bormoqchiman taroveh namozi o'qiladi ikki soatlar o'tib tahajjud o'qilib bitta hatmni tugatishadi  DUO qilinadi mazza !!!

S:Sizchi siz laylatul qadrda nima qilmoqchsiz?

Qayd etilgan


Shukurulloh  04 Oktyabr 2007, 21:35:46

J:Hudo hohlasa shu kunlarga yetqissin hammamizni ham.Insholloh masjidimizda hatm bo'ladi.Undan keyin namoz o'qib tunni o'tkazib quron tilovat bilan tugatish niyat bor insholloh hammamizni ibodatimiz qabul bo'lsin
s:sizningcha hayit kuni oila atrofida o'tgani yahshimi yoki ko'chada yurib tanishlarni hayit bilan tabriklaganmi siz nima qilmoqchisiz hayit kuni

Qayd etilgan


the_best  04 Oktyabr 2007, 22:27:55

Javob: menimcha Hayitni oila atrofida, do'stlar bilan, ota-ona, hamma hamma bilan o'tkazmoq lozim bunday ulug' kunlarni hammamiz birgalikda o'tkazganimiz yahshi :) Hayit kunini o'z yurtimda o'tkazmoqchiman yaqinlarim orasida :) lekin buni ilojisi bo'lmasa kerak bu kelayotgan hayitgacha :(

Savol: Hayit bayrami yaqinlashayabdi Uzbekistonda Uzbeklarning holati og'irlashayabdi. nohaqlikka chidashib o'tirishibdi. biror gap gapirsangiz ularning gapi SABIR SABIR SABIR
shunday holatda ham Sabir qilish kerakmi yoki Olloh bergan Aqllarini ishlatish kerakmi???
Nohaqliklarni ko'rib turib SABIR qil deb yozilganmi Musulmonchilikda yoki ularga qarshi kurashmoq lozimmi???
Musulmon odam Kimdan qo'rqadi ??? musilmon odam Ollohning bir bandasidan qo'rqishi To'g'rimi???
Faqatgina Ollohdan qo'rqadigon odamlar Qanday bo'lishadni???

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2007, 22:42:42

Javob: Boshqa davlatga chiqib, bu haqda gapirish juda oson. Lekin sharoiti qiyin joylarda o'zini iymonini, islomini, hayosini va Allohga bo'lgan sadoqatini saqlab qolish hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Rasululloh sav marhamat qilganlar:"Qiyomatga yaqin ummatlarimga sinovlar juda og'ir keladi, ulardan ozchiligi o'z iymonlarini qo'llarida chog'ni ushlagan kabi asrab qoladilar, men o'shalar bilanman".(Mazmuni) Inshaalloh, shunday insonlarni qatorida bo'lishlikni Alloh taolo nasib qilsin....

Savol: Qadr kechasida ibodat qilib o'tirganingizda Laylatul Qadrni ko'rsangiz, biror narsani ushlab olsangiz tillaga aylanib qoladi, degan gap bor xaqlimiz orasida. Albatta bu gapni ramziy ma'noda tushunmoq darkor.
Lekin siz shu paytgacha biror marta Laylatul qadrni topganmisiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 22:49:33

J: Assalomu-alekum avvalo mo'min faqat Allohdan qo'rqadi unga sig'inadiva unga ibodat qiladi.Agar harakatizdan atrofizdagi insonlaga zarar bo'lsa Sabr afzal,qolaversa jamiyatdegi hatoliklar har bir inson o'z hatosini to'g'rilaganda isloh bo'ladi.Hurmatli dindoshim siz ham jamiyatni to'g'rilanishini chindan hohlasez avval o'z shahsizni keyin oilangiz a'zolarini hatolarini isloh qilmoq haqida bosh qotirgani ma'qul.Jamiyat shunday poklanadi inshaolloh.

S: Bu forum ishtirokchilarga ilm va ma'rifatda imkon qadar sahna bo'lmoqda,siz o'zingizni noo'rin savoliz sabab forum ishiga zarar yetib qolsa qay holatga tushasiz?

uzr mendan avval javob berib ulgurilibdi lekin fikrlarimni qoldirmoqni hohladim,hato qilgan bo'lsam meni kechirasizlar deb umid qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2007, 07:57:42

Savol: Qadr kechasida ibodat qilib o'tirganingizda Laylatul Qadrni ko'rsangiz, biror narsani ushlab olsangiz tillaga aylanib qoladi, degan gap bor xaqlimiz orasida. Albatta bu gapni ramziy ma'noda tushunmoq darkor.
Lekin siz shu paytgacha biror marta Laylatul qadrni topganmisiz?

Ha, yoshligimda, qalbimda shunaqa kayfiyat bo'lgan. Yosh bola edim. Masjidda o'tkazganman. Kechasi uxlab qolmadimikin deya dadam xabar oldilar. Yo'q, masjiddagilar mani yaxshi ko'rishardi. Birga xatmi qur'onda qatnashdim. San chiroyli o'qiysan desa "Ar-Rahmon"ni manga topshirishdi. O'qidik, Maza qildik. Shu kecha uyqu kelmadi. Kechaning o'rtalarida qalbimda nimadir sezdim. O'shanda domlaning laylatul qadrni bilsangiz bo'ladi: farishtalar tashrif buyurganda qalbingizda ajib bir halovat bo'ladi, degan so'zlarini eslagandim... Qandayin ayoyib damlar edi...

S: Bu forum ishtirokchilarga ilm va ma'rifatda imkon qadar sahna bo'lmoqda,siz o'zingizni noo'rin savoliz sabab forum ishiga zarar yetib qolsa qay holatga tushasiz?

Savolning haqiqatdan noo'rinligini sezsam, yo tahrir qilib qo'yaman, yo yopaman, yo o'chiraman.

Savol: Har bir ota-ona bolasini sevadi, ardoqlaydi. Uning kamolidan boshi osmonga yetadi. Kimdir bolasi tili chiqqanda suyunadi, yana kimdir maktabdan 5 baho olib qaytganda... hamma har xil.
Siz (oilalilarga) bolangizning qaysi qilgan ishidan birinchi marta judayam xursand bo'lib yig'lagansiz.
Siz (oila qurmaganlarga) bo'lg'usi farzandingizni qanday holda sizni judayam xursand qilishini hohlardingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Oktyabr 2007, 12:03:15

Javob: Alloh kelajakda bizga ham solih farzandlarni nasib qilsa inshaolloh... Manimcha man farzandim peshonasini joynamozga qo'yib (hali juda yosh bo'lishiga qaramay) "Men ham namoz o'qiyman" deya ko'zlarini pirpillatib tursa. Manimcha eng katta baxt shu! Va albatta iymonli, insofli farzandlardan bo'lsa. Allohga bo'lgan muhabbati ota-onasiga nisbatan bo'lgan muhabbatdanda kuchliroq bo'lsa. Balki bu biz uchun qattiq tegishi mumkin, biz tushunmasligimiz mumkin. Lekin nima bo'lganda ham har ishda avvalo Alloh aytgani keyin boshqalarniki deydigan  farzandlardan bo'lsa...

Savol: Siz uchun hayot yo'li nimadan iborat? Yashashdan maqsad nimadan iborat?   

Qayd etilgan


Robiya  05 Oktyabr 2007, 12:36:30

Javob: Meni yashashdan maqsadim odamlarga foydam tegib,ularga iloji boricha beminnat yordam berish,yaxshilik qilishdan iborat.Shuningdek,Olloh farz qilgan amallari va Payg'ambarimiz(s.a.v.) sunnatlarini yanada mukammalroq o'rganib,mukammal ado etish(Bunda Alloh taoloning o'zi menga kuch-quvvat berishini so'rayman)

Savol:Hayotda to'siqlarga duch kelsangiz, ularni qanday bartafar etasiz?                     

Qayd etilgan


Muslimа  05 Oktyabr 2007, 13:21:25

Javob: Avvalo Alloh taoloni yordamiga umid qilaman, keyin Allohning madadi ila o'zim ham harakat qilaman!

Savol: Sahobalarning hayotlari biz uchun ibrat! Sahobalar hayotidan qaysi voqea sizni hayotingizda o'zgarish qilgan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2007, 07:16:23

Javob: Hazrati Umarning johiliyat davridagi hayoti, ayniqsa, qizlarini ko'mish holati manga judayam katta ta'sir ko'rsatgan...

Savol: Sizningcha Yaratgan Allohnni qanday seviladi?

Qayd etilgan