Forumchilarga savol  ( 724513 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 ... 182 B


Shukurulloh  24 Oktyabr 2007, 06:29:39

J: man birinchi sinfligimda duradgor bo'lishni orzu qilardim
S:Sizdan eng ko'p habat oladigan insoniz kim ota-onangizdan tashqari

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Oktyabr 2007, 07:25:54

J: Xolam.

S: Odatda ota-onangizga aytolmagan dardlaringizni kimga aytasiz?

Qayd etilgan


Fantomas  24 Oktyabr 2007, 10:24:30

Deylik siz bir kishiga beradigan qarzingiz bor .Shu qarzdan soqit bo`lmay turib haj ziyoratiga borishga niyat qilib qarz so`ragan yana bir birodaringizga qarz berasizmi?Qarz olgan odamingiz siz berishingiz kerak bo`lgan  pulni  qistamayotgan bo`lsa va ziyoratga bormoqchi bo`lib qarz so`ragan do`stingiz ayni paytda pulga muhtoj bo`lsa nima qilasiz?

Qayd etilgan


Shukurulloh  24 Oktyabr 2007, 12:24:56

J : man qarzim bo'lib turib qarz bermasdim keyin haj amaliga qarz olib ketib  olib  borib bo'medi.Qurbi yetsagina borsizn qarz olib emas.
S:yosh bolalarlarni chala aytib gapiradigan so'zlaridan siz yoqtirganingiz va uni kim aytgan?

Qayd etilgan


shoir  24 Oktyabr 2007, 18:27:24

S:Tilingizdan sabab kelgan sinovlarni qanday harakat bilan bartaraf qilasiz?

J: Yana tilim bilan. Endi bu safar yaxshi gaplar bilan.

S:yosh bolalarlarni chala aytib gapiradigan so'zlaridan siz yoqtirganingiz va uni kim aytgan?

Yosh bolalarning hamma aytgan gaplari yoqadi.

Savol: Hayotda eng sodiq do'st faqat bitta bo'ladi deyishadi, qolganlari senga xiyonat qilishi mumkin deyishadi. Shunga munosabatingiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Oktyabr 2007, 19:26:49


Savol: Hayotda eng sodiq do'st faqat bitta bo'ladi deyishadi, qolganlari senga xiyonat qilishi mumkin deyishadi. Shunga munosabatingiz?

Javob: Alloh taolo yo'lida, Uning rizosi uchun do'stlashilsa, bitta ham, undan ham ortiq bo'lishi mumkin.
Agar bundan boshqa maqsadlarda do'stlashilsa, xiyonat bo'lishi  ajablanarli xol emas.

Savol: Qalbingizni bir sir og'rityapti. Shuni hech kimga aytmay yura olasizmi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  24 Oktyabr 2007, 19:31:13

J:man bunday deb o'ylamiman ahir hamma bir hil emas shoir aka do'stlarim ko'p man ularni hurmat qilaman.OLLOHdan yahshi do'st yo'q baribir.
S:Kayfiyatingiz yo'q bo'lib yuragingiz nimadandur siqilsa nima qilasiz

Qayd etilgan


Laylo  25 Oktyabr 2007, 07:00:19

Savol: Qalbingizni bir sir og'rityapti. Shuni hech kimga aytmay yura olasizmi?

Yo'q, unda qiynalib qolaman. Odatda bunaqa paytlarda onajonim menga dalda bo'ladilar.

S:Kayfiyatingiz yo'q bo'lib yuragingiz nimadandur siqilsa nima qilasiz

Ko'proq Qur'on tilovat qilaman.

Savol: So'nggi o'qigan badiiy asaringiz qaysi?

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Oktyabr 2007, 10:54:04

Javob: Turk yozuvchisi Ahmad Lutfiyni "Bir vijdon uyg'onur", nomli asari.

Savol: Sizningcha, bola tarbiyasida, ota-onaning fikrini bir xilligi yoki aksincha fikrlarini bir-biriga qarama qarshi ekanligi bolaga ta'sir qiladimi? Agar tas'ir qilsa, qanday ....?

Qayd etilgan


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:48:34

Javob: Odatda kamdan kam bir xillik bo'ladi. Ota ko'pincha qattiqqo'l bo'lsa, ona muloyimlik bilan tushuntiradi. Lekin ikkalalari kelishib ish qilishsa yaxshi natija bo'ladi.

Savol: Sizga tarixdagi qaysi davr yoqadi? (Payg'ambarimiz va 4 halifa davridan tashqari)

Qayd etilgan