Forumchilarga savol  ( 724776 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 182 B


Muslimа  08 Noyabr 2007, 14:08:10

Javob: Har qanday holatda ham do'stimni sha'nini himoya qila olaman! Do'stim haqida noto'g'ri gapirishlariga jim qarab tura olmayman, o'sha insonlarini "hurmatini" joyiga qo'ygan holda, do'stimni himoya qilaman.

Savol: Ilmsizlikdan qiynalgan vaqtiz bo'lganmi?

Qayd etilgan


Robiya  08 Noyabr 2007, 21:01:30

Javob: Ha,bunday holatlar ko'p bo'lgan.Shuning uchun ham hozirda o'z bilimimni yanada boyitish uchun harakat qilyapman

Savol: Ilmingiz sizga pand bergan holatlar bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2007, 07:42:19

Javob: O'rgangan ozgina ilmim hech qachon pand bermagan, lekin ilmsizligim juda ko'p pand beradi...

Savol: Sizga qaysi biri maq'ul: Alloh taolo ko'p davlat berib sinamog'imi yoki kam davlat berib, g'ariblikda sinamog'imi?

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2007, 10:46:27

J: Alloh taolo qaysinisini xohlasa shu bilan sanalganim ma'qul, chunki mendan ko'ra Alloh taolo qaysinisiga bardosh berishimni va iymonim salomat qolishini biladi...Alloh taolo biz ko'tara olmaydigan sinovlar bilan sinmaydi,Inshaalloh.

S: Bir birodaringiz yoki yaqin qarindoshingiz sizni yordamingizga muhtoj. Siz esa unga yordam berolmaganingizdan qiynalganmisiz? Shunda qanday holatga tushgansiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 06:42:59

J: Avvalo oilamdan bo'lgan birodariumga yordam beraman, chunki yaxshilikni eng yaqinlarimizdan boshlashimiz haqida hadis bor. Qolaversa, duo qilardim, tezroq narigi birodarimga ham najot berishini, meni unga yordam berishga qodir qilishini so'rardim.

S: Ko'cha-kuyda tanimagana musulmon birodaringizni himoya qila olganmisiz?

Qayd etilgan


Laylo  16 Noyabr 2007, 07:41:06

Javob: Ha, bir-ikki marta ba'zi ayollarning qochirimlariga javob berganman. O'zlari hijolat bo'lib ketishgan.

Savol: Siz musofir shahardasiz, o'z yurtingizda esa yaqin bir kishingiz vafot topdi. Borishingiz mumkin. Lekin borsangiz, buyoqda ilm qolib ketadi, yana boshqa yo'l bilan bog'liq muammolar ham chiqadi. Nima qilar edingiz?

Qayd etilgan


Usmon  16 Noyabr 2007, 11:13:23

J: Bunday vaziyatda iloji boricha boriladi. Inson astoydil harakat qilsa hamma ishni ustidan chiqadi. Axir gap yaqin isnonni hayoti ustida boryapti!!!!!

S: Jamiyatdagi turli kamchilik, qusur va jaholatlarga nega unday, nega bunday deb savol berish o'rniga, biror marta bo'lsa ham bunga qarshi ish qilganmisiz (amalda, juda kichik bo'lsa ham)?? Masalan?

Qayd etilgan


Robiya  17 Noyabr 2007, 17:37:19

J: Bunday vaziyatda iloji boricha boriladi. Inson astoydil harakat qilsa hamma ishni ustidan chiqadi. Axir gap yaqin isnonni hayoti ustida boryapti!!!!!

S: Jamiyatdagi turli kamchilik, qusur va jaholatlarga nega unday, nega bunday deb savol berish o'rniga, biror marta bo'lsa ham bunga qarshi ish qilganmisiz (amalda, juda kichik bo'lsa ham)?? Masalan?
Javob: Universitetda o'qishimni bilasizlar.Shu yerda ba'zida domlalar adolatsizlikka yo'l qo'yishsa,bundan o'zimni va kursdoshlarimni himoya qilganman.

 Savol: Siz-chi,bu holatda nima qilgansiz?

Qayd etilgan


JaviK  22 Noyabr 2007, 06:52:27

JAVOB:bu ishiz yahshi lekin siz va sizga o`hshaganlar qancha harakat qilmasin,  baribir bundaylar ko`pda,


Savol: Bunday adolatsiz domlalarni yo`qotsa bo`ladimi?

Qayd etilgan


Robiya  22 Noyabr 2007, 14:20:32

Javob: ha,albatta,dunyoda ilojsiz narsaning o'zi yo'q.Faqatgina bunda jamoa bir yoqadan bosh chiqarishi kerak.Ya'ni, domlaning nohaqligini birgalikda yuqoriga bildirishlari kerak.Kishi bir o'zi ham bunga qarshi kurashsa bo'ladi, faqat bu sal qiyinroq.

Savol: Adolatsizlikni yo'qotish kimga yoki nimaga bog'liq?

Qayd etilgan