Sevimli kino va multfilmlardan mashxur so'zlar!!!  ( 406546 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 98 B


siddiqa  02 Sentyabr 2009, 13:19:15

o'lmas Kashshey :sendan esa Ivanjon ,chiqar yahshi maymunjon (esimda qopketgan joyi)

Qizil qor yog'ganda (rus ertak kinosi)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Sentyabr 2009, 17:47:43

- O'tgan safar machitga bergan pullarimni xarom deb imomlikdan voz kechibsiz. Ha, qori? Agar o'shanda Volgangiz borligini bilganimda: "Xo'p, mani pulim xarom ekan, siz Volgani qaysi halol pulga oldingiz",deb so'ragan bo'lardim.
-Meni otam...
-Otangizni yaxshi bilaman. Andijonda mashhur telpakfurush. Telpakfurushlarning nayranglarini ham yaxshi bilaman. Shuning uchun boshqalar halollik haqida gapirsa ham san jim bo'lgin. To'rttagina surani ko'z yumib aytib berib ro'molning uchiga qancha qisitirishar ekan, deb yurga mo'ltoni odamsanu, manga halollikni o'rgatmoqchi bo'lasan.
-Men Xudoning kalomini pulga sotadiganlardan emasman...

("Shaytanat")

Qayd etilgan


Ansora  04 Sentyabr 2009, 17:52:52

Shoxjahon, Shaytanatni suv qilib ichib yuborganmisiz, deyman:)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Sentyabr 2009, 18:06:30

Shoxjahon, Shaytanatni suv qilib ichib yuborganmisiz, deyman:)
Yodlab olganman, deyolmaymanu, lekin qyta-qayta ko'raman. Yaxshi ishlangan film.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Sentyabr 2009, 18:10:47

-Yaqinda saylovlar bo'larkan.Bundan xabaringiz bormi?
-Ha,albatta. Biz ham joylarda xalq bilan uchrashuvlar o'tkazyapmiz. Lekin shunday bo'lsa ham hamma narsa yuqorida xal qilinadi. Buni yaxshi bilasiz,Bek aka.
-Man yuqoridagilarning bir-ikkitasi bilan gaplashdim. Ularning siz haqingizda fikrlari yaxshi. Manimcha, hammasi joyida bo'ladi. Bilishimcha, o'tdingiz chamasi.
-Yo'g'e... Rahmat!


("Shaytanat")

Qayd etilgan


Ansora  04 Sentyabr 2009, 18:45:00

To'g'ri aytasiz, O'zbek filmlarining ichida "fikrlarni oshkora ayta olgan" filmlardan biri, deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Abdullоh  05 Sentyabr 2009, 16:45:12

Memati Bas: Og'a, bu Iskandar nafas olishga ham qo'ymayapti-ku?
Polat Alemdar: Shu paytgacha Iskandarmidi bizga nafas berayotgan?!

(Kurtlar Vadisi Pusu, erkin tarjima by Abdulloh)

Qayd etilgan


Nurilla  05 Sentyabr 2009, 18:11:17

Memati: - Og'a, yana gudok tashlab qo'yyapti.
Polat Alemdar: - Havotir olma, u gudok tashlab qo'yvotgan bo'lsa, biz unga tekin sms yuboramiz.
Memati: - "Menga qo'ng'iroq qil" deganmi.
Polat Alemdar: - Yo'q hisobimni to'ldirib qo'y degan.

Telefonlardagi prikoldan (Kurtlar vadisi).

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2009, 09:49:17

-Shu she'ringiz juda yoqdi. "Kenglik qiling, tenglik qiling",dedingizmi. Huddi bizga qarata aytilgandek. Biz ham bir-birimizni bo'ridek g'ajib yuribmizda-a...
-Unday demang. Bo'rilar xafa bo'lishmasin. Ular juda ahil yashasharkan.

("Shaytanat")

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2009, 16:38:08

Xosilboyvachcha: Qilich, seni nega sotganligimni hech o'ylab ko'rdingmi?
Qilich Sulaymonov: Yo'q...
Xosilboyvachcha: O'ylash uchun kalla kerak. Kalla kimda bo'ladi? Odamda bo'ladi. San odammassan? Sanga yordam bergan Asadbekni sotding. Shomil, o'z xo'jayiniga sodiq bo'lmagan odam bizga chin dildan xizmat qilarmikan?
Shomil: Bunaqasi hali bo'lmagan...


("Shaytanat")

Qayd etilgan