Assalomualaykum aziz Forumdoshlar!
Men bu forum, umuman forumda yangiman. Bu mavzu menga juda yoqdi, men oilam va yaqinlarim uchun yig'ib yurgan ba'zi ma'lumotlarni ruhsatingiz bilan sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Agar bularning ichida birorta noto'g'ri ma'lumot yoki fikr bo'lsa albatta yozinglar, munosabat bildiringlar, chunki mening ilm va tajribam hali juda oz:
Alloh Taolo yer yuzida insonni O’ziga halifa(o’rinbosar) qilishlik bilan aziz qildi. Boshqa maxluqlarni unga bo’ysundirib qo’ydi. Va hatto, e’tibor bering, dunyoga yangi inson keltirish imkoniyatini berdi va bularning ustida javobgar qildi.
Bola qalbi olmos kabi tozadir. Mum kabi har shaklni ola oladi. Tamoman yozuv va shakllardan uzoqdir. Toza bir tuproq kabi, qaysi urug’ni eksangiz u unadi.
Ajoyib haqiqat:
Insonlar o’zlaridan ko’ra aqlliroq, yaxshiroq bo’lishini hech qanday qizg’onish hissisiz istaydigan yagona borliq — o’z farzandlari ekanini ko’ramiz. Ya’ni, agar sizga birortasi sizga bolang sendan ko’ra aqlliroq desa bundan faqat hursand bo’lasiz. Boshqa birortasini aytishsa, men ham u kabi yoki undan ham yaxshiroq bo’lishim kerak degan hayol kelishi mumkin, eng ozda.
Har bir inson ayni zamonda ma’lum miqdorda energiyaga egadir. Insonni umisizlikka tushiradigan narsa shu energiyasini buguni uchun emas, o’tib ketgan yoki hali kelmagan narsalar ustida uzun hayollar surib siqilishga, bekorchiga ezilishga sarflashidadir. Uloqtiring chetga boshqa narsalarni, qo’lingizdagi fursatdan unumli foydalanib qoling.
Hayotingizning eng so’ngi damlarida ortingizga qarab hursand bo’lish baxtiga ulashishni istaysiz, ortingizdan qoldirib ketayotgan farzandlaringizga bera olishingiz mumkin bo’lgan eng muhim narsalarni bergan bo’lsangiz bu baxtning katta qismini qo’lga kiritibsiz!
Farzand tarbiyasi qachon boshlanishi kerak?
Javoblar hilma hil,
birisi: "žona qornidaligidanoq!"œ,
boshqasi : "œTug’ilmasdan avval",
yana bir boshqasi esa: "œdunyoga kelishi bilan" va hokazo.
Endi, savolni boshqa shaklda qo’ysak:
Sizlar farzand tarbiyasini qachon boshlaysizlar?
"œTo’g’risi, bola problema chiqara boshlagandan so’ngra!"
Bolada, odatda, jiddiy problemalar qachon chiqa boshlaydi?
Balog’at yoshiga yetmasidan oldin, yoki shu oralarda. Ya’ni bola eshikni tarsillatib yopib chiqib ketishni boshlasa, yoki ovozini ko’tarib boshlasa, yoki bo’lar-bo’lmasga kulib va yoki bo’lar bo’lmasga yig’lasa"¦. va hokazo.
Bunday holatlarda ota-onalarning aqli shoshib qoladi, ortiga o’grilib qarasa ba’zi choralarni ko’rishga vaqt kech bo’lib qolibdi. Eng muhim fursatlarni qo’ldan chiqarishibdi. "œKattaroq bo’lsa aql kirib qoladi" - deb yuraverishibdi.
Ba’zi ota-onalarni esa shu vaqt g’ayratlari jo’sh urib ularni urishib, baqirib, qaytarib "œtarbiya"lay boshlaydilar. Bu nozik yoshda ularni urishib bo’ladimi, ularga baqirib bo’ladimi? Yo’q albatta! Ho’sh nima qilish kerak?
Bola tarbiyali bo’lish uchun tarbiyali muhit ko’rishi kerak. Demak, farzand tarbiyasini farzand so’rashdan oldin, o’zni tarbiyalash bilan boshlash kerak. Tushuncha va dunyoqarashlarimiz so’g’lom bo’lishi uchun sog’lom ilm manbalariga, masalan, kitob o’qishga extiyojimiz bor.
Farzandli bo’lishga haqli bo’lish uchun — Farzandli bo’lishga qiziqish va havasning o’zi yetarli emas.
----
Bir kishi "œAyolimini, keyin bolamni yo’lga solishim kerak", deb maslahat so’ragan kishiga javoban:
- Siz ayolingizni yo’lga sola olmaysiz! Modomiki, istar ekansiz, avval o’zingizni tuzating, ki istanilgan bir inson bo’ling! Qolgani o’z-o’zidan bo’lib ketadi. - degan ekan.
Davomi bor...