Islomda farzand tarbiyasi  ( 149199 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 16 B


Istak  15 Iyun 2007, 17:53:37

Bularni hayotimizga olib kirishimiz, borini esa rivojlantirishimiz uchun bir narsa juda muhimdir.
ISTAK.
Menimcha bu kishining bir narsadan qanchalar umidli ekaniga bog'liq, umidning darajasi esa ishonchga. Ya'ni bir narsaga ishonmasangiz unga bog'liq biror narsadan umid ham qilmaysiz. 
Biz rost istashimiz, istagimizda yolg’on bo’lmasligi lozim. "œE, qo’ysangchi" deydi balki, shu yerda shaytoni lain, "œistakda ham yolg’on bo’ladimi?". Ha! Bo’larmish. Bir do’ppini yonimizga qo’yib, vijdonimizga quloq tutsak, ko’nglimizdagi "œMEN HAM  ISTAYMAN" deganimiz hayqiriqmi yoki ingrash ekanini farqiga boramiz??
Istagimiz darajasini baholash uchun boshqa istaklarimiz orasida nechanchi o’rinda tutayotganimizga qarashimiz yetarlidir.
Biz har doim hato bilan yonma yonmiz. Yaratgan esa bizga nima muhim-u, nima keraksiz ekanini eng mukammal bilishlik bilan biladi. Yetarki, biz unga yo’nalaylik. Uning bizga nimalar deganiga e’tibor beraylik.
Har narsaning Egasi bo’lgan Zot, shu "œROST  ISTAK"ning ham egasidir. Demak, Unga yo’nalamiz, Undan so’raymiz. Faqat, "¦.
 ROST SO’RASHLIK bilan!

Qayd etilgan


Muslimа  22 Iyun 2007, 07:15:50

Farzandingizning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog’ing farzdir: "œASSALOMU ALAYKUM", "œBISMILLAHIR ROHMANIR RAHIYM", "œALLOHU AKBAR".
      Abu Lays Samarqandiy.   

Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o’g’rilar, giyohvandlar va nashavandlar"¦ KECHA TARBIYALARIGA E’TIBOR BERILMAGAN BOLALARDIR.

Bolalarni pisand qilmagan milattlar inqirozi ularni yot qo’llarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qo’yganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar.
      Abdulla Avloniy.

Qayd etilgan


Muslimа  07 Sentyabr 2007, 11:08:03

Ma’naviy tarbiya kerak.

Bolamiz yo’talsa, istmasi ko’tarilsa, darhol do’xtirga chopamiz. Yarim kunda ham, yarim tunda ham. Moshina kerak bo’lsa, moshina, vaqt kerak bo’lsa, vaqt, pul kerak bo’lsa, pul, tanish kerak bo’lsa, tanish topiladi. Nima qilib bo’lsa-da, bolamiz tanasidagi darddan halos bo’lishi kerak. Farzandimizdan ko’ra, biz ota-onalar ko’proq aziyat chekamiz. Dilbandimiz sog’aygach esa, azoblar bir zumda tarqaydi. Xotirjam tin olamiz.
Ammo farzandimizning ahloqi dardga chalinsa, nima yo’l tutamiz? Ahloqiy istmasi ko’tarilsa, qanaqa chora ko’ramiz? Tili qiyshaysa — gap qaytarsa, ko’ngli aynisa — hurmatsizlik ko’rsatsa, qulog’i og’risa — itoatsizlik qilsa, UNING DAVOSIGA QANCHALIK SHOSHILAMIZ?! To’g’risi, ko’pchiligimiz farzandlarimiz ahloqi buzilganda (masalan, onasiga gap qaytarsa, qo’shniga o’qraysa, yolg’on so’ylasa) tanasiga dard kirganchalik tashvishlanmaymiz. Holbuki, ma’naviy dard jismoniy darddan og’ir bo’lsa, og’ir, ammo yengil emas. Shunday ekan, farzandining oyog’i cho’loq, qo’li maymoq, tili soqov, ko’zi g’ilay bo’lishini istamagani kabi, har bir ota-ona zurriyotlarining ma’naviy-ruhiy-ahloqiy tomondan ham salohiyatli bo’lishi uchun o’z vaqtida qayg’ura bilmog’i kerak"¦

M. Quronovning "œOtalar kitobi"
asosida tayorlandi.

Qayd etilgan


Foniy  11 Sentyabr 2007, 20:05:54

Assalomu alaykum!

Dadajon, 10$ berib turaolmaysizmi?

Ishdan kech qaytgach, charchagan ota eshikni oldida 5 yoshli o‘g‘li uni kutayotganini ko‘rdi.
"œDada, sizga bir savol bersam maylimi?"
"œHa, albatta, nima savol ekan?" javob berdi ota.
"œDada, siz bir soatda qancha pul ishlaysiz?"
"œBu seni ishing emas! Qayerdan olding bunaqa savolni?" dedi jahli chiqib ota.
"œMen shunchaki bilmoqchiman. Iltimos, ayting, bir soatda qancha topasiz?" hech qo‘ymadi bola.
"œJuda ham bilging kelayotgan bo‘lsa, men bir soatda $20 ishlab topaman."
"œUnda," dedi bola boshini yerga egdi va yana unga qarab, "œDada, sizdan $10 olib tursam bo‘ladimi?"
Ota g‘azablandi. "œAgar men qancha pul topishimni bilishing shunchaki bir ahmoqona o‘yinchoq yoki boshqa bir bo‘lmag‘ur narsa sotib olish uchun kerak bo‘lsa, u holda darhol xonangga kirib joyingga yot! Nima uchun bunday o‘zboshimchalik qilganing haqida o‘yla. Men kuni bilan uzoq, og‘ir soatlar mehnat qildim va bunday o‘yinqaroqlikka vaqtim yo‘q."
Bolakay indamay xonasiga kirib ketdi va ketidan eshikni yopib qo‘ydi. Ota o‘tirib, o‘g‘lining bergan savolidan g‘azabi qaynardi. Qanday qilib u shunchaki pul olish uchun bunday savollar berishga jur'at etdi. Bir soatlardan keyin, ota tinchlandi va o‘g‘liga qattiq gapirib qo‘yganiga afsuslana boshladi. Balki u rostdan ham $10 ga arziydigan narsa olmoqchidir, undan tashqari u mendan ko‘p pul so‘ramaydi, deb o‘ylardi u. Ota o‘g‘lining xonasi oldiga kelib eshikni ochdi. "œO‘g‘lim uxlayapsanmi?" sekin so‘radi u.
"œYo‘q dada, uyg‘oqman," javob berdi bola.
"œMen o‘yladim, balki avval senga qattiq gapirib qo‘ygandirman," boshladi ota. "œBugun kun uzun bo‘ldi va men charchaganim uchun senga ozgina jahl qilib qo‘ydim. Mana sen so‘ragan $10."
Bola o‘rnidan turdi va quvonganidan "œRahmat dadajon!" deb qichqirdi. Keyin u yostig‘ini tagiga qo‘lini tiqib, boshqa g‘ijimlangan pullarini chiqardi. Ota, o‘g‘lining bergan pulidan tashqari pullari borligini ko‘rib, yana jahli chiqa boshladi. Bolakay shoshilmay pulini sanab, otasiga qaradi.
"œPuling bor bo‘lsa, mendan nega pul so‘rading?" g‘azablandi ota.
"œChunki bor pulim yetarli emas edi, lekin endi yetarli," javob berdi bola. "œDadajon, meni endi $20im bor... Bir soat vaqtingizni sotib olsam bo‘ladimi?"...

IslomUz forumidan olindi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:48:24

FARZAND TARBIYASI

Bolaning tili chiqishi bilan unga avvalo kalimai tayyibah — La ilaha illallohu Muhammadur rasulullohni o‘rgatish lozim. "œOyat-al kursiy"ni va "œHashr" surasining oxiridagi "œHuvallohullaziy..." deb boshlangan uch oyatni o‘rgatsa, Alloh taolo o‘sha farzandni doimo xayrli ishlar qilishga muvaffaq qiladi. Shunday tarbiya bergan ota-onaga farzandining yaxshi, xayrli amallaridan savoblar beriladi. Aksincha, u sodir etgan yomon amallarga ota sherik bo‘lmaydi.

Farzand yetti yoshga kirganda namoz o‘qishga buyursin. Agar o‘n yoshgacha namoz o‘qimasa, hadisi sharifga muvofiq, urib bo‘lsa ham namoz o‘qitish lozim. Shunda balog‘atga yetguncha besh vaqt namoz o‘qishga ko‘nikib boradi.

O‘n yoshdan o‘g‘il va qiz bolalarning yotoq joylarini boshqa qilish kerak.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:48:39

Ota-ona farzandlar bilan muomala qilishda, jumladan, hadya berish, erkalash, lutf va mehribonlikda adolat qilib, barchalariga bir xil munosabatda bo‘lishi shart. Mabodo farzandlaridan birortasini ayricha sevsa ham, buni boshqalariga sezdirib, ularning ko‘nglini cho‘ktirmasligi lozim.

Biror narsa olib kelsa, birinchi qizlariga, keyin o‘g‘illariga ulashsin. Chunki qizlarning qalbi o‘g‘il bolalarga qaraganda nozik va ta’sirchan bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œKim qiz bolalarni xursand qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagandek bo‘ladi va kimki Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, Alloh taolo uning badanini do‘zax o‘tiga harom qiladi", deb marhamat qilganlar.

Farzand ulg‘ayib aqlini taniy boshlagach, unga Qur’on, farz, sunnat va boshqa din ilmi va odobidan ta’lim bersin. Agar o‘zi qodir bo‘lmasa, Imomi A’zam mazhabiga oid komil ustozga berib, zaruriy ilmlardan boxabar qilsin.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:49:03

O‘g‘il bolalarga suzish, kamon otish, ot minish kabi yigit kishi uchun vatan himoyasida, jangda, musofirchilikda zarur bo‘ladigan hunarlarni va yana biror bir kasbni o‘rgatishi, qiz bolalarga pishirish, chevarchilik va shunga o‘xshagan ro‘zg‘or uchun zarur ishlarni o‘rgatmoqlari lozim. Zero, kasb-hunar o‘rganmoq o‘tgan anbiyo-yu avliyolarning sunnatlari bo‘lib, insonni faqirlik va muhtojlikdan qutqaradi.

Yana farzandlarga kasb-hunar bilan topilgan halol rizqlardan yedirmog‘i vojibdir. Ular voyaga yetganlari zahoti o‘zlariga mos qalliq topib, oilali qilsinlar. Aks holda ulardan biror gunoh sodir bo‘lsa, Alloh asrasin, ota-ona farzandining shu gunohiga sherik bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Alloh taolo ota-onaga farzandlarni gunohdan pok va Islom fitratida omonat qilib bergan, o‘z navbatida ota-ona ham bu omonatni pok va bexiyonat Alloh taologa havola qilmoqliklari lozim.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:49:20

Hadisi sharifda ta’kidlanganidek: "œSizlarning har biringiz oilangizga cho‘pon kabisizlar. Har biringiz hamma farzandlaringizga va ayollaringizga javobgar bo‘lasiz". Shu bois ota-ona Alloh taolo oldida mas’ul bo‘lmaslik uchun, farzandlarining dini va obro‘sini saqlashi kerak. Buzuq aqida va nojo‘ya oqimlarga kirib qolmasliklari uchun Ahli sunnat val jamoat aqidasi, hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mazhabi va naqshbandiya tariqati ta’limoti asosida tarbiyalashi zarur.

Er o‘z xotin va farzandlari bilan ochiq chehrali, saxovatli, marhamatli, muloyim holda, doim xursandchilik bilan hayot kechirishga harakat qilsin. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam: "œSizlarning eng yaxshiroqlaring, o‘z ahliga yaxshi muomala qilganlaringdir. Men ahlim uchun yaxshi muomala qilishda sizlarning yaxshiroqlaringizman", deb marhamat qilganlar.

Ota-ona mehr-shafqat yuzasidan farzandlarini o‘psinlar. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œFarzandlarni ko‘p o‘pinglar, albatta sizlar uchun har bir o‘pganda jannatda bir daraja bor", deb marhamat qilganlar.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:49:43

Rivoyat qilishlaricha, hazrati Umar raziyallohu anhu bir kishini amaldor qildilar. O‘sha kishi bir yumush bilan kelganda Amirul mo‘’minin farzandlaridan birini quchoqlariga olib, o‘pib-erkalab o‘tirar edilar. Xalifai zamonning bu ishlaridin hayratda qolib dedi: "œMening ham bolalarim bor, ammo ularni hech qachon o‘pgan, erkalagan emasman". Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: "œModomiki, o‘z bolalaringga, yoshlarga rahm-shafqating yo‘q ekan, kattalarga rahming qaerdan kelsin", deb u amaldorni darhol bo‘shatib yubordilar.

O‘rni kelganda aytish kerakki, qiz bola balog‘atga yetgandan so‘ng otasi va bolig‘ og‘a-inilari bilan o‘pishib ko‘rishishdan tiyilsin. Mahramlar bilan qo‘lma-qo‘l so‘rashish kifoya.

Onalar ham balog‘atga yetgan o‘g‘illari bilan o‘pishib ko‘rishmasin. Aks holda bunday paytda tasodifan shahvat paydo bo‘lib qolsa, xunuk oqibati haqida kitoblarda juda og‘ir hukmlar keltirilgan. Qarindoshlardan tog‘a va amakilar ham shu hukmda. Ammo ayollar boshqa qarindoshlar bilan qo‘l berib so‘rashishlari mumkin emas.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:50:00

Aksar kitoblarda ayollarning nomahram erkaklarga salom berishlari ham ta’qiqlangan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ayol kishining nomahramlar bilan ko‘rishishini qat’iyan man’ qilganlar. Shuningdek, begona ayolga nazar qilishni "œShaytonning zaharli o‘qlaridan bir o‘q", deya zararli va ofatli ekanligiga ishora qilganlar.

Alisher Navoiy hazratlari "œArbain hadis"da (qirq hadis sharhi) yuqoridagi hadisi sharifni shunday sharhlaganlar:

Solma ko‘z, kimsa bo‘lsa nomahram,
Garchi nafsing topar nazzorada sud.
Ki nazarkim harom, shaytonning —
Navokidir valek zahrolud.


Ota doimo farzandlariga tabassumli, ochiq yuzli bo‘lsin. So‘zlaganda, muboh bo‘lgan o‘yinlarda ularga erkinlik bersin va ularning haqiga doimo xayrli duo qilsin. Hadisi sharifda aytilishicha: "œOtaning farzand haqiga qilgan duosi payg‘ambarlarning o‘z ummatlariga qilgan duosi kabidir".

Qayd etilgan