Bugungi kun...  ( 70555 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 14 B


Muslimа  23 Fevral 2007, 09:02:54

Rohatoy opa sizdan Alloh rozi bu'lsin .Biz ham Toshkentda yashab turgan vaqtimizda Musulmonlar taqvim kitobchasi va Hidoyat jurnali oilamizni ajralmas du'stlari edi.Mana hozir siz singari opajonlarimni yahshiliklaring evaziga bu dustlarimdan yan habarlar olayapman.
Singiljonim Masturaxon! Samimiy fikringiz uchun tashakkur sizga!
Biz qilayotgan ish sizga ozgina bo'lsada quvonch ulashayotganidan hursandmiz! Inshaolloh sizni doim "Musulmonlar taqvim kitobi" va yurtimizda chiqayotgan boshqa shu kabi nashrlardan bohabar qilib turamiz!
Yana eng oxirgi taqvim kitobidagi ba'zi hikoyalarni sizga va boshqalarga taqdim qilamiz! Allohni O'zi bizga madatkor bo'lsin!

Qayd etilgan


Muslimа  23 Fevral 2007, 09:07:20

                                  Qaytar dunyo   

Bir keksa ayol bo’lardi. O’g’linikiga kelsa, kelini uyga kiritmas, qo’liga ozgina eguliklar berib jo’natib yuborardi. Ko’ochilik kelinga nasihat qilgani bilan qulog’iga olmasdi. Kampirgina qo’liga tutqazilgan nonmi, shirinlikmi uy atrofidagi o’rindiqda o’tirib eb ketaverardi. Qachonki o’g’li uyida bo’lsagina ona ichkariga kirar edi.
   Oradan ancha yillar o’tib, o’sha kelinni ko’rib qoldim. Qarib yuzlariga ajin tushib ketibdi. Eshitishimcha, qaynonasini qanday ho’rlagan bo’lsa, unga ham huddi shunday kunlar tushibdi. Eri bilan allaqachon ajrashib ketgan, o’g’li esa ichkilikka berilib, onasini uyidan tinmay haydar ekan. Oxir — oqibat qynonasiga qilgan qilg’iliklari o’ziga qaytibdi. "œQaytar dunyo" deb shuni aytishsa kerak — da!
       Norniso Qosimova
      "œMusulmonlar taqvim kitobi"  2007 yil 1- kitob

Qayd etilgan


Muslimа  23 Fevral 2007, 09:10:30

                               Oxirat hovlisi


   - Umrimning asosiy qismi uy — joy qurish bilan o’tdi, desam hato qilmagan bo’laman, - dedi o’zini tanishtirar ekan Umrzoq aka. — Dastlab o’zimga chiroyli hovli qura boshladim. Hovli bitar — bitmas, bolalar ham katta bo’lib qolishdi. Endi ularga hovli qurish uchun mablag’ yig’a boshladim. Shu tariqa besh o’g’ilga dang’illama imoratlar soldim.
   Umrzoq akaning so’zlarini tinglagan Abdulla aka bir vaqtlar otasining: "œO’g’lim, dunyoning mehri issiq bo’ladi. Dunyo hovlisiga qattiq berilib ketib, oxirat diyorini unutib qo’yma" degan nasihati esiga tushdi va:
   - Umrzoq aka, endi nima bilan shug’ullanayapsiz? — deb so’radi.
   - Nevaralarimga imorat solishni boshlasammi, deb turibman, - dedi.
   - Insonning farzand, nevaralarining kelajagini o’ylab ish tutishi ko’p yaxshi ish. Shu bilan birga oxirat hovlingizni ham obod qilyapsizmi? — dedi Abdulla aka kulimsirab.
   - Oxirat hovlisi?! Iya, hali narigi dunyo uchun ham hovli qurishga to’g’ri keladimi? — dedi ajablanib Umrzoq aka.
   - Ha, albatta, oxiratda ham hovli kerak bo’ladi. Tayin uy — joyi bo’lmagan kishi bu dunyoda qiynalgani kabi oxirat hovlisi bo’lmagan undan — da ko’proq qiynaladi, - dedi Abdulla aka.
   - Oxirat hovlisini qurish uchun nima kerak? — so’rab qoldi Umrzoq aka.
   - O’zingiz ta’kidlaganingizdek, hovli qurish uchun mablag’ to’plash lozim. Alloh va oxirat kuniga ishonib, yaxshi amallarni qilsak, bular oxirat diyori uchun mablag’ bo’lib tushadi. Aksincha ularni unutsak, oxiratimizni ham unutgan bo’lamiz. Yoki savob ishlarni bir qilib, keyin to’xtatib qo’ysak, oxirat hovlimizning mablag’ini, uning qurilishini to’xtatib qo’ygan bo’lamiz.
   Azizlar, dunyo hovlisi bilan birgalikda oxirat hoxlisini ham obod qilishga kirishaylik!

   Ruhiddin Akbarov
   "œMusulmonlar taqvim kitobi"  2007 yil 1- kitob

Qayd etilgan


Abdullox  25 Fevral 2007, 13:35:08

                                                            Chiroyli o'lim

            Bir necha yil avval akamni chin dunyoga kuzatdik.Ko'zlarimizda yosh,qo'llarimizda Qur'on bilan.Akam,akajonim oilamiz to'ng'ichi bo'lib,undan so'ng men va ukam tug'ilganmiz.Demak,besh aka-uka edik.
           Namozni beshalamiz o'qiganmiz.Ramazon oyida kim ilgariroq tursa qolganlarni uyg'otardi.Har qanday ishni ota-onam va akam bilan maslahatdan so'ng boshlash-taomil.Shunday bo'lsada,akam hech qachon o'zlarini baland olmaganlar,ham
og'a-ini,ham yaxshi do'st edilar. Allohning taqdiri ekan,shunday inson 22 yoshlarida qaytish qildilar.
2003 yil 9 may kuni edi. Akam og'irlashib qoldilar.Hali-hanuz bizni u kishining qanday jon taslim qilgani ovutib keladi.Bu bir ta'bir joiz bo'lsa,g'o'zal o'lim edi.Shom namozi o'qilgandan keyin kordikki,akamning ajal bilan olishuvi boshlandi.Akam bilan ajrashish
onlari yurakni ezib yuborayotganinga qaramay,u yotgan xona atrofida o'n beshta saboqdoshi-kursdoshi kalimai shahodatni jo'r bo'lib baravar aytib turar,akajonim ham ular bilan shu so'zlarni takrorlab yotar ediki,ko'ngling yuksalar edi.Taskin,hatto quvonch
topganday bo'lar edi.
 Ota-onam akamninjg ikki qo'lidan ushlab olishgan,diydor qiyomatga qolayotganini his etib farzandlari yuz-ko'zlariga termulardilar.Ularning og'zida ham kalimai shahodat.Men esa ,qo'lmda Qur'oni karim,surai "Yosin"ni ,surai "Taborak"ni ketma-ket,takror va takror o'qiyman.Ko'zlarim yosh bilan,yuragim akajonoimni sog'inchi,titroqqa olgan iztirob bilan limmo-lim .
Nihoyat,bir mahal akam jim bo'lib qoldilar.Allohning kalimasini zikr qilayotgan xona ham sukunatga cho'mdi.Bilmadim,yarim soatmi,bir soat hech kim o'rnidan turgani yo'q.Hamma hozirgina ko'rganlarini mushohadasiga tolgan,umrga tatigulik xulosalar
chiqarayotgani aniq edi.

                                                                                       Nozim Muhammadoxun.

                                                                                          Irfon taqvimi, 2007 yil II son.

Qayd etilgan


Nodi  25 Fevral 2007, 21:54:04

SOYABONINGIZ UNUTMANG!

Yoz mavsumlarining birida kuchli qurg’oqchnlik avj olib, kichkinagina qishloqdagi ekin-tekinlarga tahdid sola boshlaydi. Jaziramali bozor kunlarining birida qishloq imomi jamoat ahliga qarata shunday deydi: "Bizni yomg’ir duosidan boshqa hech narsa qutqara olmaydi. Uyga boring, duo qiling, ishoning va kelasi yakshanba tangri yomg’ir yuborgani bois rahmat aytishga tayyor bo’lib keling".
Odamlar o’zlariga tayinlangan vazifalarni ado etib, keyingi yakshanba kuni aytilgan joyga  to’plandilar. Ammo imom ularni ko’rishi bilan jahl otiga minib:
- Bugun duo qilmabsiz. Demak, hali ham yetarlicha ishonmayapsiz, - deydi.
-Iya, - deb e'tiroz qiladi odamlar,  - duo qildik va chindan ham ishonyapmiz.
-Ishonyapsizmi? - deb so’raydi imom, - unda soyabonlaringiz qani?
Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko’p. Bu insonlar umr bo’yi istak va duolarining ijobat bo’lishini umid qiladi, lekin aslida ro’yobga chiqishini kutmaydi. Ba'zilar bo’lsa, orzulari va istaklarining amalga oshishini kutadi. Umrlarining boshidan to so’nggi nuqtasigacha har on go’yoki biron hodisa yuz berishi mumkindek hozirlik ko’rib yashaydi. Bugun orzu qilganingizga yetish uchun nelar qilmoqchisiz? Tilaklaringgizning ijobat bo’lishini hamda natija berishi uchun harakat qilayapsizmi?
Unda soyaboningizni unutmang!

Qayd etilgan


Nodi  25 Fevral 2007, 21:54:34

ROSTGO’YLIK EHTIYOJI

Buyuk tennischi Artur Ashe 17 yoshida shunday voqeani boshidai kechiradi:
Artur harbiy Virjiniyadagi bir turnirda ishtirok etardi. Ko’p hollarda bo’lgani kabi musobaqadagi
yolg’iz qora tanli ishtirokchi edi. Kunlarning birida bir nechta bola yaqin atrofdagi do’konga zarar yetkazadi. Do’konni butunlay ostin-ustun qilishadi. Ertasi kun ular siri ochilgach, Arturni ham o’zlarining hamtovog’i, deb aytishadi. Voqea tafsiloti mahalliy gazetalarda yoritiladi. Artur bu ishga aloqador bo’lganligini rad etadi, bolalar esa tuhmat qilishda davom etishadi. Artur uchun eng yomoni bunga otasining nima deyishi-yu, nima qilishi edi. Nihoyat uni cho’chitayotgan telefon orqali suhbat oni ham yetib keladi.
Taxmin qilganidek, otasi voqeadan boxabar edi. Shu bois tovush toni ham juda baland edi. U o’g’lidan birgina savol so’raydi: "Artur, bilmoqchi edim, bu ko’ngilsizlikda qatnashdingmi?" Artur: "Yo’q, ota  qatnashmadim!" deb javob beradi. Otasi bu mavzuda boshqa hech narsa so’ramaydi. Artur shu on nima sababdan har doim to’g’ri so’zlash tashviq qilinganligini anglaydi. To’g’ri so’zga ishonadigan kun kelishi aniq edi. Otasining ishonchi va hurmatini ancha oldin qozonganini bilardi. Shu kundan keyin rostgo’y inson bo’lib, umr o’tkazishga har narsadan ko’proq ahamiyat beradigan bo’ldi.
Afsuski, har qadamda to’g’rilik va rostgo’ylikka imkon bermaydigan odamlar oramizda topiladi. Ammo bizning to’g’ri so’zlarga ehtiyojimiz katta, Rostgo’yligi bilan alohlda ajralib turadigan odamlarga, fazilatlari bilan yashashga qaror qilganlarga, yoshi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, nima bo’lganda ham o’zgalarning ishonch va hurmatini kundan-kunga qozonadigan odamlarga muhtojligimiz bor. Dunyomizga yangi rostgo’yning keragi yo’q. Siz bor-ku!

Qayd etilgan


Nodi  25 Fevral 2007, 21:55:44

SIZ KO’KLARGA LOYIQSIZ

Ushbu hikoya bizga xayol kuchining ham muhim ekanligini eslatadi: Bir odam burgut tuxumini topib oladi va uni tuxum bosib yotgan tovuq katagiga qo’yadi. Yovvoyi burgut polaponi tovuq ochgan jo’jalar bilan birgalikda tuxumdan chiqadi va ular bilan birga yashay boshlaydi. To’dadagi boshqa jo’jalar singari u ham qurt-qumursqa izlab, yer kavlash hadisini o’zlashtiradi. Tovuqlar singari qanotlarini ochib, yerdan faqatgina bir necha metrcha yuqoriga sakrashni o’rganadi.
Yillar o’tib, butunlay "tovuqlashgan" burgutning yoshi bir joyga borib qoladi. Kunlardan bir kun
moviy osmonda bir qushga ko’zi tushadi. U shu paytgacha bunday bahaybat qushni hech ko’rmagandi. Uning  patlari xuddi oltinga o’xshab tovlanar, juda ham baquvvatligi bilinib turgan qanotlarining epchil harakatlari bilan ko’k uzra bemalol parvoz etardi.
Qari burgut samodagi bu qushni hayratla ancha vaqt kuzatgach, "Bu nima?" deb so’raydi yonidagi do’stlaridan.
- U burgut, - deb javob beradi tovuqdardan biri. - U samoning qiroli, manzil-makoni osmon, sen va mening joyimiz yerdir, birodar.
Keksa burgut uzoq muddat tepasida uchayotgan hamjinsiga hangu-mang tikilib  qoladi. O’zini tovuq his qilgani uchun tovuqlar qatori o’tib ketadi...
Siz hazrati insonsiz, siz ko’klarga loyiqsiz, "tovuq katagi"ga emas... O’zingizga, qalbingiz-ga
ishoning, agar ishonmasangaz, unda sizga kim ham ishonadi ?

Qayd etilgan


Nodi  25 Fevral 2007, 21:56:24

YONIMIZDAGI XAZINA

Bundan yuz yillar muqaddam Rassel Konvel ismli bir sayyoh butun Amerikani aylanib chiqib, o’z taassurotlarini odamlarga ulashardi. Sarguzashtlari debochasida u "Oltin ma'dani" nomli hikoyani aytishni kanda qilmasdi. Hikoya esa quyidagicha edi;
...Yala universitetining geologiya muhandisligida ta'lim oladigan bir yigit o’qishining bitishi
arafasida "Oltinga hujum" vasvasasiga berilib, o’z xazinasini topish ilinjida Kaliforniyaga
ketishga qaror qiladi. Yala universiteti rahbariyati yigitni o’z a'zoligiga taklif etadi, ammo u taklifni rad etadi. Onasini Masachusetidagi fermasini sotib, o’zi bilan olib ketishga ko’ndiradi.
Ammo sarguzasht orzularning chilparchin bo’lishi bilan o’z intihosiga yetadi. Yosh geolog hech-qanday xazina topolmaydi va oxir-oqibat Minnesotada bir ma'dan shirkatiga ishga kirishga majbur bo’ladi. Oladigan maoshi esa Yala universiteti taklif etgan maoshdan ancha past edi.
Eng qizig’i, yigitning beva onasidan fermani sotib olgan yigit bilan sodir bo’ladi. U kunlarning
birida fermada yetishtirgan kartoshkalarini yig’ishtirayotganda tuproq ustida yotgan g’alati bir toshni ko’rib qoladi. Toshni olib, tekshirtirib ko’rgach, uning tosh emas, kumush ekanligi oydinlashadi. Ma'lum bo’lishicha, ferma katta bir kumush konining ustiga qurilgan ekan. Xo’sh, ayni o’sha xazinaning yonidan balki yuz martalab o’tgan yosh muhandis shuni nimaga farqlamadi? Balki xazina deganlarining bunchalik oson topilishi yetti uxlab tushiga ham kirmagandir. Yoki xohlagan xazina izlovchi uzoq-uzoqlarga ketib, o’z orzusini ro’yobga chiqara olishdek ertak syujetiga ishongandir...
Qidirganigiz qanday narsa bo’lishidan qat'i nazar, u aynan yoningazda ekanligini unutmang.
Hayotingizni o’zgartirib yuboradigan antiqa narsalar hali ham mavjud, ammo buni fahmlab yetishingiz  uchun eng avvalo ongingizni o’zgartirmog’ingiz joiz. Baxt, ishonch, maqsad yoki yuksalish, umuman,  qidirganingiz balki hovuchlaringizning ichidadir.
Balki ayni damda ishlayotgan ishxonangizda, o’qishingizda, o’zgalar bilan munosabatingizda yoki yashayotgan joyingizda siz uchun sir bo’lgan xazina bordir. Orzularingiz hovuchlaringiz orasida, dedik, buning mumkin bo’lishiga chindan ishoning, albatta, erishasiz. Hayotingizni o’zgartirmasdan oldin atrofga bir boqing, Olmos ma'dani ustida o’tirgandirsiz, ehtimol, kim bilsin!

Qayd etilgan


Nodi  25 Fevral 2007, 21:57:01

ILHOMLANTIRUVCHI BIR SO’Z

Polshalik bir yosh bolakay pianino chalishga juda qiziqardi, ammo musiqa o’qituvchisi barmoqlarining qisqa va qalin bo’lganligi bois hech qachon undan yaxshi pianinochi chiqmasligini aytadi. Undan ko’ra klarnet chalishni tavsiya qiladi. Biroq ko’p o’tmay klarnet o’rgatuvchi ustozi lablarining klarnetga uyg’un emasligini va undan yaxshi klarnetchi chiqmasligini e'tirof etadi.
Kunlarning birida kutilmaganda yosh qahramonimiz mashhur pianinochi Anton Robinshteyn bilan tanishadi. Taniqldi bastakor bolaga shu kungacha hech kim aytmagan kichik, ammo ilhomlantiruvchi bir so’zni aytadi: "Ey, yosh odam! Pianino chalishga imkoniyating bor. Aslida seni yaxshi bir pianist bo’lishingga aminman, biroq buning uchun sen kuniga yetti soat mashq qilishing kerak".
Bolakayning butun umidi kimdandir bu ilhomlantiruvchi so’zni eshitish edi, aslida!
Robinshteyn tayinlaganidek, kunning asosiy qismini mashq qilish bilan o’tkazadi va xarakatchanligi, intilishi ko’p o’tmay o’z mevasini beradi... Jon Podovskiy zamonasining eng mashhur pianinochilaridan biri bo’lib yetishadi. Kichik tirgak vazifasini bajargan so’z bir bolakay imkoniyatlarining oydinlikka chiqishiga va yillar davomida atrofga nur sochishiga sababchi bo’ldi.
Shuni unutmangki, bugun sizga aytilayotgan har bir so’z ufqingizni ocha bilguvchi va butun hayotingizni o’zgartirguvchi kuchga ega bo’lishi mumkin.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Fevral 2007, 09:24:55

                                  Shukrona   

Bugun dunyo jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir zamonda butun insoniyat zaif bo’lib ko’rinyapti ko’zimga. Hatto duosining qabul bo’lmayotganidan ko’ngli to’lmay, nolib yurganlarga ham guvohman. Bu borada o’zimni misol qilib keltirishim mumkin. Yoshlik paytlarimda Allohga qilgan iltijolarim qabul bo’lmayotganiga, Allohning duolarimga javob bermayotganiga aqlim etmasdi. Vaholanki, U har narsani bilib, ko’rib turguvchi Zotdir. Yaqinda hayot sahifalarimni varaqlab turib, Allohning har bir ishni hikmat ila qilguvchi buyuk Zot ekaniga yana bir bor amin bo’ldim"¦
   Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni engib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.
   Allohdan aql so’ragandim. U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.
   Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.
   Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.
   Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkoniyatni bekamu ko’st yaratib bergan ekan.
   Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.
   Undan yana husn so’ragandim. U menga butun qo’l, butun oyoq, butun tana in’om qilgan ekan.
   Men Allohdan to’g’ri yo’lni so’ragan edim, U menga eng to’g’ri yo’l bo’lmish Islomni ko’rsatib qo’ygan ekan.
   Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.
   Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman"¦ O’ziga shukur!

      Gulnora Turg’un qizi
      "œMusulmonlar taqvim kitobi"  2007 yil 1- kitob

Qayd etilgan