HOZIRGI QIZLAR
Zamonlar o’zgardi, o’zgardi dunyo,
Ular-la, albatta, o’zgardik bizlar.
Lek goho o’tirib yoqa ushlaysan —
Ancha boshqachadir hozirgi qizlar.
Siz — vrach, injener, siz — olimasiz,
Sizning ismingizda bugun yulduzlar.
Siz — rassom, xonanda, siz — shoirasiz.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.
Fabrikada ilg’or, zavodda ilg’or,
Hatto yigitlardan ham o’zdingizlar.
Ilg’orsiz, buni hech etmaymiz inkor,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.
Ortda qolmaylik deb madaniyatdan
Tirnoqlar bo’yalar, bo’yalar ko’zlar.
Ishdan qochishni ham kanda qilmaymiz,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.
Ba’zan o’zingizni osmonda bilib,
Go’yoki ko’klarda hur uchasizlar.
Oyoq uchida ham ko’rmaysiz goho,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.
O’ltirib-o’ltirib o’ylaymiz, nechun
Shirin tillaringiz og’uli so’zlar&
Javob qaytarasiz istar-istamay.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.
Barchasi uchun ham mayli deymiz biz,
Chunki, axir, qizlar, qizlar-da, sizlar!
Mayli, biz zaminda, siz — osmondasiz.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar"¦
Faxriddin Ashurov
"œYoshlik" jurnali 1991