Bugungi kun...  ( 70591 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 14 B


Robiya  08 Fevral 2008, 11:55:47

Keyingi musulmonlarni tekshirib ko'rsangiz,biror-bir kishida jur'at haybat bo'ladigan bo'lsa,shariat ilmida mutlaqo behabar.Hozir biz o'zimizni ahvolimiz haqida bahs yuritsak,hozirgi shu fursatdan foydalanib.Ba'zi kishilarga Islom yo'lida agarki,oz bo'lsa ham hususan hozirgi davrda.Ollohni yo'lida shu molingizni sarg qiling? - desangiz,juda ko'p miqdorda sarf qila oladi.Lekin farzandingizni tarbiya qiling degan vaqtda mutlaqo behabar.Bir kishi kechasi bilan tahajjudni o'qiydi.Namozni yeg'lab o'qiydi.Ammo halol kasb qilish maydonida hech kim emas.Agar shariat jiddiy bo'ladigan bo'lsa,u shariatga hilof qiluvchi kishilarning birinchisi bo'lib qoladi.Ammo kechasi bilan yeg'lab ibodat qilish,5 vaqt namozni joyida o'qish,jamoat bilan o'qish maydonida hammasi joyida.Lekin farzandlarini tarbiya qilishlikda hech kim emas.Ba'zi bir kishi Qur'oni Karimni yod biladi,Qur'oni Karimni to'la o'qiy oladi,harflarini joyidan chiqarib o'qiydi.Ammo Islomiy ahloqlardan biror-bir jur'at maydoniga solsangiz,undan qo'rqoq odam yo'q.Ba'zi bir kishilar,zakotni shunday beradiki,birinchi kunida ado qila oladi.Lekin o'ziga qarasangiz,honadoniga qarasangiz,Islomdan boshqa hamma narsa bor.Ba'zi bir kishilar,ro'za tutish,nafl ro'za tutish maydonida juda mukammal.Lekin ilm talab qiling desangiz,mutlaqo bu ilmdan behabar.Qur'onni o'qishlikni hech qanday hohlamaydi.Umumiy qilib aytganda,musulmonlar ong nuqtai nazardan hammadan orqada qolgan.Mutahassis sohalarida mutlaqo hech kim bo'lmay qoladi.Shunday Islomni mukammal bilgan kishilar borki,tahassus maydonini agar ko'rsatadigan bo'lsangiz,hech kim bo'lmay qoladi.Ana bu keyingi musulmonlarning o'zgarish holati mana bu yerga kelib qolgan. Musulmonlar o'rtalaridagi munozaralarni qarasangiz,yahshilik tarafi bilan ko'rmoqchi bo'lsangiz,haligi aytib o'tgan zakot beradigan kishi juda vaqtida beradigan ulug' zot deb maqtashingiz mumkin! Ammo yomonlamoqchi bo'lsangiz,Islomda farzandlarini tarbiya qilishlikda hech kim emas.Hamma farzandlari namoz o'qimaydi.Ibodatda yo'q.Lekin zakotni birinchi kunda berishlikdan gapirsangiz,nihoyatda ma'qul bo'ladi.Farzandlarini mukammal tarbiya qilayotgan kishini bir qarasangiz,o'zi Qur'onni tajvid bilan o'qishda yo'q.Yoinki shariat ilmini bilishlikka harakat qilmaydi.Farzandlarini o'qitishlikda juda ham tayor.Molingizni har qanday joyga sarf qiling deb o'rgatsangiz,hop deb sarf qilgan kishi.Bu kishini boshqa Islomni maydonlarida qarasangiz,hech kim emas.O'rtadagi munozaralar ham bundan kelib chiqyaptiki,mobodo bir kishi bir kishini yomonlamoqchi bo'lsa,Islomga hizmat qilayotgan kishini,bu kim bo'lib qolibdi Qur'onni durust o'qiy olmaydi deydi.Gapi to'g'ri! Qur'oni durust o'qiyotgan kishini malomat qilayotgan kishi,bu kim bo'lib qolibdi,Qur'onni durust o'qigan bilan farzandlarini hammasi dinda yo'q deydi.Bir kishi farzandlarini ham tarbiya qilgan bo'lsa,o'zi ilmdan behabar,yoinki zakot berishlikka beparvo.Yoinki ibodatlarga beparvo.Mana bu tarafi bilan mazammat qilamiz.Misoli shunga o'hshaydiki,ba'zi bir amo kishilar,Hindiston viloyatiga borganlik haqida bir hikoya bor.

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:56:40

Hindiston viloyatida eshitib yurgan edik.Ko'zlari amo bo'lganligi uchun fil degan narsani eshitib yurardik.Shu filni oldiga borib bir ushlab ko'rsak.Ular ko'ra olmaydi endi.Shuning uchun bir ushlasak.Filni oldiga olib borilgandan keyin,ba'zilari filni oyog'ini ushlab: - ho'o'o'o'o'o' bu fil ancha yo'g'on narsa bo'lar ekanda!?.Ikkinchilari bir qulog'ini ushlab: bir yapaloq bir yumshoq narsani his qilib,fil degani shunday bo'lar ekand-a?! Hullas bittalarini filni ustiga mindirilib ko'rilgandan keyin: fil bir keng joy bo'lar ekand-a?! Bittalarini shu ma'lumotlar bilan hullas diyorlariga kelgandan keyin,Hindistonga borib kelganligini habar qilinib,bu yerdagi ular hech bir ko'rgan narsalaringni aytib hitob qilinish mumkin emas.Hindistonga borib kelgandan keyin,bular fil degan narsani ushladik biz.Fil qanday bo'lar ekan? - desa! Fil bir yo'g'on narsa bo'lar ekan deb oyog'ini ushlagan odam aytsa.Bekor aytibsan,fil degan narsa yapaloq bir yumshoq narsa bo'ladi desa.Uchinchisi,bekor aytibsan,fil degan narsa keng maydon bo'ladi.Uni ustiga chiqib o'tirsa bo'ladigan deb,munozara qilib ketganga o'hshaydi hozirgi savollar.

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:58:04

Islom nima? - desa.Siz o'zingizda faqat 5 vaqt namozni o'qiysiz.Farzandlarni tarbiya qilishlikda ishingiz yo'q.Islom nima? - desa.Siz Islomda 5 vaqt namozni gapirilsayu,faqat o'zingizni o'qishingiz haqida bo'lgan savollar,va'dalarni eshitsangiz holos.Farzandlar tarbiyasi haqida bir narsani eshitmasangiz.Farzandni tarbiya qilayotgan odam,o'zini tuzatishlik haqida bir gap eshitmasa.Farzandlarini tarbiya qilish haqidagi ajrni eshitsa,din nima? - desa.Farzandlarini tarbiya qilish desa.Ba'zi bir kishilar zakotni vaqtida berish.Bu ming amal qilgani bilan bekor zakot Islomdagi farzni qilmaydi.Islom zakot degani deydi.Ana bunga o'hshagan bizni o'zimizdagi tark qilingan narsalarni tekshirib qaraydigan bo'lsak,hammamizda Islomiy ahloqning bittadan oyog'i,qulog'i,tepasi borga o'hshaydi.Biz faqat filni ustida,yo o'tirgan odammiz,yo filni oyog'ini ushlagan odammiz,yo filni qulog'ini ushlagan odammizda,filni boshqa joyini bilmaymiz.Fil odamlar aytgan hammasi to'g'ri,hamda noto'g'ri.To'g'riligi aytgan qismida to'g'ri.Lekin noto'g'riligi mukammal emasligida noto'g'ridir.Bizning ba'zi bir Islomiy ahloqlarimiz ham shunday bo'lib qolgan.Va shu haqda eshitishlikni hohlaymiz.O'zimizga qarshi bo'lgan,o'zimizda yo'q bo'lgan narsani eshitishlikni hohlamaymiz.Mana shu bilan biz Islomni yo'qotib qo'ydik birodar.Va dushmanlar bizga boshqa narsani tushuntirishliklari ham oson bo'ldi.Masalan: dushman sizga Islomdagi maqsadini o'tashligi uchun Islomdagi narsadan foydalanadi.Mabodo sizni bir ishlatmoqchi bo'lsa,birovga hizmat qilishlikni savobi ko'p to'g'rimi? - deydi.Birovga hizmat qilishlikni savobi ko'p bo'lsa,siz menga hizmat qiling deng.Dushmanga ayting! Siz bilan bir dushman kurashayotgan bo'lsa,yengilib qolgan vaqtida Islomda kechirishlikni savobi ko'p-u desa,kechirishlikni savobi ko'p bo'lsa,men buni sizga qo'ydim,siz kechiring deng.Islom halimlikni yahshi degan.Lekin siz bilan bir odam kurashib turib yengilgandan keyin halimlikni yahshiligini sizga aytsa,halimlikni men sizga qo'ydim deng.Ana dushman tarafidan musulmon kishi onglik bo'lib,zakiy bo'lishligi shuki,dushmanga aldanmasligi.Dushman Islomda bor narsalarni hammasini o'zining foydasiga ishlatmoqchi bo'ladi.Agar musulmon kishi ahloqi jome' bo'lsa,hamma tarafdan komil bo'lsa,u dushmanning makriga aldanmaydi.Shuning uchun bizning hozirgi vaqtdagi musulmonlar Islomiy jome' ahloqning egasi emas.Lekin Islom hulqlardan yo'q demoqchi emasman.Islomiy hulqlardan bor.Yo oyog'i bor,yo qulog'i bor,yoinki tepasi bor.Boshqa tarafini ko'rmaydi.Yoinki ko'rishlikni hohlamaydi.Mana bu narsaning natijasida musulmon shahsiyat vujutga kelmagan.Rasululloh s.a.v ning davrlarida ota-onaga yahshilik qilishlikni bilgan musulmonlar bo'lishligi bilan birga dindan boshqa bo'lsa,ota-onadan voz kechishlikni ham bilgan.Farzandga yahshilik qilishlikni otalar bilgan va shu bilan birga farzandi dinda bo'lmasa,farzandi bilan o'zini o'rtasidagi aloqani uzgan.Dinda har qancha mol-davlatni dinni rivoji uchun bera olgan.Ammo bir tangani dinga zarar bo'ladigan bo'lsa bermagan.Hatto zolim podishohlar namoz o'qiydigan,ro'za tutadiganu,lekin zolim podshoh.Shu podishohlar bir olimdan qalamini so'ragan vaqtda,bir narsani yozishlik o'rtasidagi qalamim yo'q desam,yolg'on gapirgan bo'laman.Qalamim bor bo'lib senga bersam,biror-bir zulmni kitobot qilsang,shunga sheriklik bo'lishlikdan Ollohdan qo'rqaman deydigan musulmon ham bo'lgan va jonini va molini din yo'lida berolgan.Ammo qalamida yozishlikni zulmda yozib qo'yishligidan Ollohni huzuridan turushligidan qo'rqgan.

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 11:59:04

Biz mana bu tomondan nuqsonlimiz.Biz Qur'onni har bir harfini o'qisa,qancha savob bo'lishligini bilamiz.Ammo Qur'onni buyrug'ini mutlaqo qilmaymiz.Rasululloh s.a.v ga muhabbat qilamiz.Ollohni yahshi ko'ramiz deb tilimiz bilan da'vo qilamiz.Lekin,Ollohni yahshi ko'rgan,Rasululloh s.a.v ga ergashsinlar degan buyruqqa itoat qilmaymiz.Mana bu hulq bizda topilmaydi birodar.Bizni noqis bo'lgan tarafimiz shu yerda. Hozirgi vaqtda biror masjid qurulishida fidokor bo'lib,harakat qilishimiz mumkin.To'g'ri,bir kishining imkoniyatida hamma ishni qilishlik mumkin bo'lmay qoladi.Lekin asosiy Islomiy ahloqlarni qilishlik,toqatdan tashqari narsa emas.Shuning uchun mana bu sohada biz fikrlab qo'ymog'lig'imiz kerak.Ba'zi kishilar namozni ham o'qishadi,ro'zani ham tutishadi.Hamma Islomdagi amallarni qiladi.Olloh uchun Ollohni do'stini yahshi ko'rish,Olloh uchun Ollohni dushmanini yomon ko'rish sifati yo'q.Qaysi bilan bo'lsa,dinsizmi,bu narsani mutlaqo qalbidan dindor ahli tavhidni yomon ko'rib,bu bilan murosa qilmaydi-yu,lekin dinning ashaddiy dushmani bilan murosa qilib ketaveradi.Mana bu sohalarda biz tekshirib qarasak,jome' bo'lgan Islomiy ahloqlarni o'zimizda gavdala olgan emasmiz birodar.Mana bu narsa bizning Islomdagi nuqsoni eng kattasi shudir.Olloh s.t Rasululloh s.a.v ga shunday zotlarni berdiki va ularni ogohlantirdiki,agar shu yo'ldan qaytib ketsalar,Olloh boshqa bir 4 ta sifatga ega bo'lgan kishilarni vujudga keltirishligini.Olloh taolo: Ey iymon keltirgan kishilar,sizlarni ichinglarda kim qaytib ketadigan bo'lsa,Olloh s.t o'zi yahshi ko'radigan va ular ham Ollohni yahshi ko'radigan jamoani vujudga keltiradi.Birinchi eng Islomiy ahloq bo'lgan jamoa kim? Olloh yahshi ko'rgan va Ollohni yahshi ko'rgan jamoadir.Mana bu sifat bo'lishligi kerak.Biz Ollohni hammamiz yahshi ko'ramiz deymiz.Lekin Ollohni yahshi ko'ramiz degan kishining da'vosi nima bo'lishi kerak? bu da'voni isbotlashligi - Olloh taolo: ayting ey Muhammad alayhissalom,Ollohni yahshi ko'radigan bo'lsanglar,menga ergashinglar deng.Shunda Olloh sizlarni yahshi ko'radi va Olloh gunohinglarni mag'firat qiladi deyapti.Demak Olloh bizni yahshi ko'rishligi uchun Rasululloh s.a.v ga ergashmog'lig'imiz kerak.Shunda Olloh bizni yahshi ko'rishligida shak-shubha qolmaydi.Chunki o'zi yahshi ko'rgan bandalarini gunohini kechiradi.Biz bir ishni qilishlikdan ilgari,Rasululloh s.a.v nimaga buyurganlar degan narsa haqida bosh qotirish kerak bo'ladi.O'zimizni hamma sohada o'hshtmog'lig'imiz kerak.Ikkinchi sifat mo'minlarga muloyim.Ba'zi kishilar juda muloyim.Lekin hammaga bir hil muloyim.Lekin Olloh yahshi ko'rgan jamoa kim? Mo'minlarga muloyim,kofirlarga izzatlik.Ya'ni nihoyatda g'ayur.Hech bir narsada tama' qilmaydigan.Izzati nafs,ya'ni o'zini oliy tutuvchi.Dinsiz odamni oldida o'zini oliy tutuvchidir.Ammo mo'minlarga qanotini pastlatib muloyim bo'luvchidir.Mana bu Olloh yahshi ko'rgan jamoani sifatlarini ikkinchisi.Mo'minlarga muloyim ikkinchisi.Kofirlarga izzati nafs o'zini oliy tutuchi uchinchisi.To'rtinchisi Ollohni yo'lida mujohid.Hamma imkoniyatini Ollohni yo'lidan sarf qiladi.Mana bu Olloh yahshi ko'rgan jamoani sifatlaridandir.Va beshinchi sifati.Malomatchining malomatidan haq yo'lda hech qanday qo'rqmaydi.Har bir ishda malomatchining malomatidan qo'rqmaydi.Avval Olloh va Rasululloh s.a.v ning buyrug'ini bilib olgandan keyin malomatchining malomatidan qo'rqmaydi.Mana bu ashobu kiromlarning sifati bo'lgan.Olloh s.t mana shu sifatlarni yo'qotsanglar,dindan qaytganinglarni belgisi deyapti.Agar shu sifatlardan qaytsanglar,Olloh sizlarni o'rniylarga mana bunday pokiza jamoani keltiradi deb,sahobadek pokiza zotlarni shunday qo'rqityapti.Bu Ollohning fazli.Olloh hohlaganga beradi.Bizni hozirgi vaqtdagi har bir kishi o'zini bir holatiga tekshirib qarasa,shu sifatlarni bitta-bittadan har bir kishida topilishligi mumkin.Ammo bu sifatlarni ko'pini bir kishida topa olmaymiz.Mana bu narsa musulmonlar nuqsonlik bo'lib qolgan sifatlar.Shuning uchun Rasululloh s.a.v oliy hulqlarni barkamol qilishlik uchun payg'ambar qilib jo'natildim dedilar.

Qayd etilgan


Robiya  08 Fevral 2008, 12:01:27

Rasululloh s.a.v oliy hulqlarning barkamol qilishlik uchun jo'natilgan bo'lsalar,oliy hulq nima edi? Rasululloh s.a.v da to'la shakllangan edi va u kishiga ergashgan sahobalarda shakllangan edi.Payg'ambarimiz s.a.v aytdilar: avvalinu ohirin ilmi menga berildi dedilar.Qur'on va Qur'oncha ilm menga berildi dedilar.Rasululloh s.a.v olim bo'lishlik bilan birga obid edilar.Ya'ni ibodatda bu kishiga hech bir misl yo'q edi.U kishini kechalari bedorligi hammamizga ma'lumki,u kishi kechaning uchdan bir qismini hayotlari bo'yicha uhlamasdan tahajjudda bo'lganlar.Tahajjud Rasululloh s.a.v ga nisbatan aksar mufassirlarning fikrida farz bo'lgan.Boshqalarga mustahab bo'lsa,ammo Rasululloh s.a.v ga farz bo'lgan.Rasululloh s.a.v ning obidliklari shu darajada ediki,tahajjudda ko'p tilovat qilganliklaridan,surai Baqaracha miqdorda ruku sujudda qolganliklari rivoyat qilinadi.Rasululloh s.a.v ninig oldilariga kechqurunda keldim.U kishi namozda turibdilar.Go'yoinki qozon qaynayotgan tovush ichlaridan chiqib turibdi yig'i bilan.Har bir holatni Payg'ambarimiz s.a.v ibodatlaridaka-ibodatni biror-bir kishi rivoyat qilgan emas. Rasululloh s.a.v ning ro'zalari haqida! Ro'za ibodatlarida.Bu kishi 3 chi - 4 chi kungacha saharlik qilmasdan ro'za tutar edilar.Ashoblar bu kishiga ergashmoqchi bo'lganlarida qaytardilar.O'tkarma ro'za tutishlikdan qaytardilar.Shu bilan birga o'tkarma ro'za tutgan odam,shunchalik behol bo'lib qoladigan kishi hech qanday *qiyom layldan* qolmasdilar.Kechqhurunda namoz o'qib,kunduzida ro'za tutgan kishi jismoniy tarafdan shunday quvvatlik edilarki,sahobalar Handaqda kavlashayotganlarida,bir tosh chiqib,shu toshni ko'tara olishmaganlarida,o'zlari shuni ko'tarib olib qo'ydilar.Rasululloh s.a.v ning shunday jihod maydonida,bu kishidan dovyurak kishi yo'q edi.Ish og'irlashib ketsa,Payg'ambarimizning orqalariga o'tib olardik deyishadilar.Eng jur'atlik Umar ibn Hattob,Holid ibn Validdek kishilar ham ish og'irlashayotganda,Payg'ambarimiz s.a.v ning oldilariga kelib olardik deydilar.Har bir sohani tekshirib qaralsa,Payg'ambarimiz s.a.v bunchalik o'tkarma ro'za tutgan ibodatda bo'lgan kishi yer yuzini siyosiy arboblariga hat yozganlarida,hatlarining ta'siri bilan ular larzaga kelardi.U kishini oldilariga,u kishini haybatlarida har qanday jur'atlik kishi o'zini yo'qotib qo'yardi.Payg'ambarimiz s.a.v ning kechqurunda obid,kunduzida zohid,mujohid.Hamma ashoblar Payg'ambarimiz s.a.v ga shu sohada ergashgan edi o'zlarining imkoniyatlari boricha.Ammo bizchi! biz dunyo topish haqida ketsak,tamomiy ilmdan behabar bo'lib turib,dunyo topamiz.Mabodo ilm o'qiydiga bo'lsak,hayotdan tamomiy judo bo'lib qolamiz.Hayotda nima bo'lyapti!? - odamlar nima dard tortyapti buni bilmaymiz.Hayot bilan odamlarning dardi bilan ovora bo'lsak,Qur'onni haftalab qo'limizga ushlamaymiz.Yagona Olloh subhana va taolo tarafidan bashariyatga mukarram qilib tushurilgan Qur'onni ushlamay o'tib ketamiz.Nafl namoz o'qiydigan bo'lsak,tamomiy fuqarolarni haqqini esdan chiqaramiz.Qaysi bir sohada bo'lsak,mabodo ilm o'qishlikka kattalarni targ'ib qiladigan bo'lsak,farzandlarni tarbiyasidan voz kechib yuboradi.Mana bu narsa bizning noqisligimiz va Islom ummatining pastlatib borayotgan narsa shudir.Qaysi bir sohani tekshirib qaralsa,hayo manzilatida kelinlardan ko'ra Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hayolik edilar deb rivoyat qilinadi.Lekin boshqalarning falsafasidan hayolik kishidan hech qanday bir yahshilik chiqishi mumkin emas deb tushuntiradi.Ko'zi tik qaragan ayollardan,hayosiz ayollardangina madaniyat chiqishligi mumkin deb tushuntiriladi.*Hayo*- kishining jur'at yo'lidan to'smagan.*Jur'at*-muloyimlik yo'lidan to'smagan.*Muloyimlik*-dushmanlardan qisos olishlik yo'lidan to'smagan.Dushmalardan qisos olishlik,adolat yo'lini to'smagan.Bunday katta harakat kishining faqirlarga mehribon bo'lishlikdan to'smagan.Shunchalik kunduzi harakat,kechqurunda bedor bo'lishlikdan to'smagan.Kechqurundagi bedor bo'lishlik,kunduzidagi harakatlardan to'sa olmagan.Bizchi,mabodo kechqurun bedor bo'lib qolsak,kunduzi bilan uyquga g'arq bo'lib qolamiz.Biz mana bu sohada muvaffaqiyatsiz bo'lib qolgan narsa shudir.Dushman shuning uchun odamlarning mafkurasini,ularning g'arizalari orqali yo'lga kirishadi-da,dinu Islomga hizmat qilishlikdan boshqa tarafga burib tashlaydi.Huddi hozirgi davrda kishilarni hammasini iqtisod tarafiga bog'lab turib,boshqa tarafdan tortib olayotganga o'hshagan.Iqtisod tarafdan mohir bo'lishliginglarni hohlayman,lekin bu narsa dindagi harakatni to'smasligi sharti bilan bo'lmoqligi kerak.Bizni o'tgan ajdodlarni ham hayotiga nazar tashlansa,shuncha ming-ming kitoblar talif qilgan zotlar,halqlarning g'amidan behabar qolmagan.Ularning maktablardagi talif kitob yozishlari,halq bilan birga bo'lishlikdan to'sa olmagan.Va shu bilan birga ularning shunday maktablardagi kitob yozishlari,ju'ratdan yo'lini to'sa olmagan va fuqarolarning g'amidan habar olishlikdan to'sa olmagan.Abu Hanifa (rahimahulloh) ni hayotlariga nazar tashlaydigan bo'lsak,bu kishining katta miqdorda dasmoyalari bor ekan.Shu bilan tijorat qilar ekanlar.1 yilda-2marta va shundan topgan joydani tamomiy birinchi bo'ladigani Sufyoni Savriy va Sufyon ibn Uyayma ikkita muhaddis katta olimga mollarini bir yillik maoshlarini bo'lib turib,qolganini tolibi ilmlarga ajratib,bir qismini o'zlarining qarindosh urug'lariga berib,yana dasmoyani yurg'izar ekanlar.Abu Hanifani bir odam savdogar deb tanimaydi birodar.U kishini katta olim deb taniydi.Lekin u kishi savdo maydonida mana bunday yuqori qismni egallab turib,ko'p yahshiliklar qila olganlar.Shu bilan birga savdoga kirib ketishlik bilan birga,taqvodan mahrum bo'lib qolmaganlar.Abu Hanifa (rahimahulloh) ning bir g'ulomlari bor ekan.Shunda to'n purusht qilganliklarida,savdoda to'nni ikki hil narhini ikki hil to'nni savdosida bir shubha paydo bo'lib qolganligi uchun keltirganlarida,shu yahshi to'n ham orasiga kirib qolganligi uchun shu savdoda shubha bo'lib qoldi deb,aslida masala shuki,bir odam savdo qilsa,savdoda shubha paydo bo'ladigan bo'lsa,shu savdodan bo'lgan foydani birovga aytmasdan berib yuborishligi kerak.Harom bay bo'lib qolsa,lekin dastmoyaga putr yetmaydi.Bu kishi shu dastmoyasini ham qo'shib turib berib yuborgan ekanlar.Shunda shu to'nni sotgan odam olib aytgan ekanki,men bu to'nni bundan ortiqqa sotolmasdim deb,biz tarafda bundan ozroqqa sotardi.Men roziman deganlarida.Sen men uchun rozi bo'lsang,men mo'min birodarim uchun bunga rozi emasman degan ekanlar.Shuncha katta savdo maydonida katta maydonni egallagan zotni taqvodan to'sa olmagan.Agar kishida iymon jamlanadigan bo'lsa,shu maydonning hammasida harakat qila olishligi mumkin birodar.Bir narsa bir tarafga ketib qolmaydi.Savdodagi yuqorilik - taqvodan to'sa olmagan.Taqvodagi yuqori bo'lishlik - odamlardan tama' qiladigan holatlarga olib kela olmaydi.Biz agar tarki dunyo qilib,taqvo qilib,o'zimizni tuzatadigan bo'lsak,odamlarga qaram bo'lib qoladigan holatda bo'lib qolamiz.Mana bu sohalardagi narsalar,bizni Islomdagi millatni orqaga tushirgan narsadir.Olloh taolo shu darsimizdan manfaatlanishligimizni nasib qilsin.Olloh taolo shu darsga amal qilishlikni nasib qilsin.Olloh taolo dini Islomga hizmat qiladigan kishilardan qilsin.Gunohlarimizni mag'firat qilsin Parvardigoro.Ajdodlarimizni hammasini rahmat qilsin.Qiyomatgacha avlodlarimizni solih-solihalardan qilsin.

http://sita.nm.ru/Islomiy%20ahloqlar.html

Qayd etilgan


shoir  10 Fevral 2008, 14:30:42

Tanbeh

Bolaligimda yegan kaltak hamon yodimda. Bu kaltakni otamdan, onamdan emas, qo‘shni mahalladagi Soli amakidan yeganman. Maktabga kech qolayotgan edim. Shoshib ketayotib Soli amakiga salom berishni unutibman. Ortimdan meni chaqirdilar. Yugurib oldilariga keldim. Kelganimni bilaman, birdan tarsaki tushirib qoldilar. Yuzlarim qizarib lovullab ketdi. Bu kaltak kattalarga salom bermaganim va odobsizlik qilib oldini kesib o‘tganimning jazosi edi. Kechirim so‘rab, maktab tomon yugurdim...
Soli amakining bu tanbehi bir umrga yodimda qoldi. Ko‘cha-ko‘yda kattalar ko‘rinsa, salom beraman. Ulardan oldin yurmaslikka harakat qilaman...
 
UMRZOQ,
Toshkent shahri, "Hidoyat"dan

Qayd etilgan


shoir  10 Fevral 2008, 14:31:10

Dunyo ishining madori yo’qdir

Anchadan buyon savdo bilan mashg‘ulman. Umrimning ko‘p qismi ko‘chada, bozorda o‘tadi. Bolalarimni har doim nazorat qilolmayman. Ota-onamning oldiga borishim uzoqib ketsa, gohida otamning o‘zlari uyimizga keladilar. Farzandlarim bilan davra qurib she’rxonlik qilishadi. Goh o‘zbekcha, goh o‘rischa, goh frantsuzcha she’rlarni yodaki o‘qiydilar. Bolalar zavqlanib eshitishadi. Chetdan ularni kuzataman. Bizning bolalagimiz shunday o‘tardi. Men esa bolalarimga otam bizga bergan narsalarni berolmadim. Ular bolalarga vaqt ajratishimni jiddiy talab qilardilar. Men esa har galgiday turmush tashvishlarini vaj qilaman. O‘sha kun ham yana shu vajimni ro‘kach qildim. Tanbeh o‘laroq Fuzuliydan o‘qidilar:
«Dunyo ishining madori yo‘xdur,
Hech kimsaya e’tibori yo‘xdur.
Aylar birisini sohibi toj,
Ul birisin aylar anga muhtoj».
«Qaysidan o‘qidim?» dedilar keyin otam. Bilmasligimni aytdim. «Suhbatul asmor» (Mevalar suhbati)dan dedilar. Dadamga taslim bo‘ldim.

AZIZ,
Marg‘ilon shahri, "Hidoyat"dan

Qayd etilgan


shoir  10 Fevral 2008, 14:31:32

Insof

Bozorda uni hamma o‘g‘ri deb bilardi. Shu bois, men ham  undan ehtiyotimni qilib yurardim. Bir kuni o‘sha odam yonimga keldi. U yoqdan-bu yoqdan gaplashganday bo‘ldik. Bechora siqilgan shekilli, ancha-muncha gapni gapirib qo‘ydi.
— Menga ko‘pchilik undoq qilma, bundoq qil, deb nasihat qilishardi. Birortasini quloqqa ilmaganman. Ammo... Birovniki birovga yuqmas ekan. Yaqinda birovning yuz mingini o‘g‘irlagan edim. Ikki-uch baravar bo‘lib chiqib ketdi. Hali u bolam, hali bu bolam og‘rigani-og‘rigan. Barini kasalxonaga sarfladim. Birovniki buyurmadi. Ilohim, bolalarim yaxshi bo‘lib ketishsin... Aqlimni endi taniyapman...
Quloqlarimga hech ishonmadim. U hech qachon bunday gapirmas, birovga boshini egmas edi. Hayotidagi bu ko‘rgiliklar xato ishlariga tavba qildirgan edi.

Ravshan,
Toshkent tumani, "Hidoyat"dan

Qayd etilgan


Muslimа  16 Fevral 2008, 09:52:49

Qizaloqni qumsaydi ko’ngil.

Inson Alloh taoloning mahluqotlari ichida eng sharaflisi, ayni chog’da eng sirlisi. Uni goh osmonlar qadar yuksak ko’rasan, goho esa"¦
   Aksariyat kishilar umrini qanchadur qismini yashab bo’lgach, ortiga bir boqadi-yu, nadomat ummoniga g’arq bo’ladi. Boshqalarning esa qilgan savobli amallari bois ko’ngli bir oz taskin topadi. Ne sabab bo’ldi-yu, bir kuni men ham ortimga o’tgan umr yo’limga nazar soldim. Unda bir qizaloq nimanidir bag’riga qattiq bosganicha odamlardan yashirishga, uyatdan cho’g’dek qizargan yuzchalarini hech kimga ko’rsatmaslikka harakat qilardi"¦
"¦O’shanda uchinchi sinifdaydim. Yaxshi o’quvchi bo’lganim bois ustozlarim mendan uy vazifasini so’ramaydigan, sinfda bo’ladigan tortishuvlarda ham, baholash jarayonida ham menga yon bosadigan odat chiqarishdi. Bu bir tomondan mening jahlimni chiqarsa, boshqa tomondan dilimning tub-tubidan faxru g’ururni uyg’otardi. Ana shunday qorishiq tuyg’ular orsaida bir kuni uy vazifasini juda hafsalasizlik bilan bajardim. Ertasiga o’qituvchimiz daftarlarni tekshirish uchun yig’ib oldi. Daftar qaytarib berilganda esa, uning sahifasida menga qo’yilgan "œ3" baho, umrimda ilk va so’nggi bor olgan "œ3" ni ko’rdimu, uyatdan qaltirab ketdim. Daftarim to’lmagan, hatto yarimlamagan bo’lishiga qaramay, uni yashirib tashladimda, yangi daftar tutdim. Ertasi kuni oldimdagi yangi daftarni ko’rgan o’qituvchim savol nazari bilan qaraganida ko’zlarimni olib qochdim. U indamaygina mendan uzoqlashdi"¦
bugun shu voqeani eslarkanman, qalbim alamdan o’rtandi. Kundan-kunga tosh qotib borayotgan ko’ngil o’sha QIZALOQNI, qilgan ayb ishidan UYALIB QIZARGAN QIZALOQNI qumsadi.
Chunki hozirgi holatim havas qilgulik emas. Ba’zan ibodatlarim dunyo ishlari bilan band ekanligim, ba’zan esa e’tiborsizligim tufayli qazo bo’ladi. Goho esa, kun bo’yi televizor qarshisida befoyda narsalarni tomosha qilaman. Bir oyati karimani tilovat qilishga esa, vaqt topolmayman. Ba’zan menga o’lchovli qilib berilgan vaqtni kim bilandur behuda gaplar gaplashib o’tkazaman. Garchi vaqtni ortga qaytarib bo’lmasligini, bir kun nadomat chekilishini bilsamda! Boshqacha qilib aytganda bugun nomai a’molim "œ3" baholarga to’lib ketgan. Lekin ularni yashirishga o’sha qizaloqdek intilmayman. Aksincha, kimgadir "œ"¦ bugun bomdodga tura olmadim"¦", "œ"¦asr payti bozorga edim...", "œ"¦ishdaligim bois peshin qazo bo’ldi"¦", deya ayblarimni bir-bir ochaman. Vaholanki, mehribon va rahmli Alloh gunohlar agar O’zi va bandasi orasida sir bo’lib qolsa, ularni kechirib yuborishini aytgan. Umr daftarim — nomai a’molim esa, samovatdagi farishtalar ko’rib turganini bilganim holda, uni go’zal amallar bilan bezashga harakat qilmayman. Menga berilgan "œUY VAZIFALARINI" ihlos bilan bajarib, "œA’LO BAHO" olishga harakat qilmayman.
Bu yomon baholarga to’la "œDAFTAR"ni yangisi bilan almashtirish iloji bo’lsa qaniydi! Faraz qilayki, buning imkoni topildi. Lekin Alloh azza va jalla ham o’qituvchimdek indamay qo’yarmikan?! Axir endi daftardagi YOMON BAHOLAR soni bitta emas, mingta! Balki undan ko’proq, son-sanoqsizdir?!
Eh qizaloq — qizaloq! Sen tushgan birgina vaziyat menga qanchadan — qancha ibrat darsini o’taganini bilsang edi! Seni tez- tez eslayman, seni tinmay qumsayman! Sen bois men "œDAFTARIM"ni emas, undagi baholarni yaxshisiga, yo’q-yo’q a’losiga o’zgartirish harakatidaman. Bu yo’lda menga Allohning O’zi madadkor bo’lsin! Sen ham men uchun duo qil.
Siz azizlar, bir-biringizning haqqingizga duo uchun qo’l oching. Zero, musulmon kishinig musulmon birodari uchun qilgan duosi ijobatdir. Shunday farahli onlarda meni ham eslang.

Duolaringizga muhtoj singlingiz Nigora.
"œIrfon taqvimi" 2007/1428 (II)

Qayd etilgan


Robiya  16 Fevral 2008, 17:29:36

ҚИЗ БОЛАДА БЎЛМАСА ҲАА...
Қсқоннинг Чорсу мавзеси ҳар сафаргидек гавжум. Биз бир ссрига келиб жойлашишимиз билан ссрининг нариги чеккасига иккита қиз келиб стирди. Чой ичаётиб уларга разм солдим. Агар бслса, иккита схши йигитни бахтли қила оладиган қизларга схшайди. Орадан бироз вақт стиши билан қизларнинг биттаси менга тикилиб, нимадир демоқчи бслди.

- Қаердансизлар, тоға?

- Аимайди, - дейман уларга.

- Ҳар ҳолда бу ерликларга схшамайсизлар, - дейди иккинчиси.

- Тошкент томонлардан...

- Меҳмон скансизлар-да, сизлардан ёрдам ссрамоқчи сдик.

- Қанақа ёрдам керак? - ҳушёр тортиб қарайман қизлар томонга.

- Уйимиз узоқда, Бувайда томонларда, кетолмаспмиз...

- Бувайда мана бу ерда-ку, аксирсангиз аксангиз етади, пиёда кетиш ҳам мумкин.Қизлар индашмай, бир-бирларига сирли боқишди. Уларни дастурхонга таклиф қилдим. Ийманмасдан сқинроқ келишди. Қора чой ичишмас скан, жисним дарҳол кск чой олиб келди. - Бизга ёрдам беролмайсизми, амаки? Ксп керак смас, атиги беш юз ссм бслса, уйимизга етиб олардик, - дейди қизларнинг сариқроқдан келгани. - Овқатланиб олинглар, беш юз ссм бслса, бир гап бслар, - дедим уларга. Бироз туриб уларнинг қулфи дилига калит солдим: - Аима қилиб юрибсизлар, Қсқонда? Ксринишдан схшигина қизларга схшайсизлар... - Исмим Холбуви, - дейди ёнимда стиргани, - буники - Анорхон. Иккинчи қизга қарадим: Анорхон деганича бор скан, пешонаси қизилроқ, аммо сзига срашиб турган майда сочлари буни бироз беркитиб турибди... - Иш ахтариб Қсқонга келгандик, бир киши Бувайдага борсаларинг схши иш бор, ошхонада идиш-товоқ ювасизлар, овқат ташийсизлар, кунига тсрт минг ссмдан тслайман, деганди, унга ишониб, уйдагиларга айтмасдан келгандик, - дес ҳикоссини бошлади Холбуви. - Келиб уни топдик, аммо бизни ошхонагамас, Ғиштксприкдаги бир маҳаллага обориб, бир уйга қамаб қсйди. Икки кундан сснг Тошкентга олиб бориб, қсйлиқлик бир хотинга топширди. У хотин бизни Қсйлиқдан узоқроқ жойга бир уйга олиб борди. Орадан икки кун стгач, сша аёл келди. "А­нди сиз Амирликка борасизлар, Холмурод акадан сизларни икки юз долларга сотиб олганман", деди. А­ртаси куни бошқа бир аёл келиб, бизни сз уйига олиб кетди. У ердан қочиб кетдик. Бошқа бир аёл Олой бозори, деган жойда бизга раҳмдиллик қилиб уйига олиб борди. Ўша ерда бир кун тунадик. Аёл бизга пул топиб бермоқчи, шу билан уйимизга қайтармоқчи бслди. Ўша кечаси иккита маст йигитни бошлаб келди... Уриш, тспалон, жанжал... қичқириғимизни биров сшитмади. Хуллас... иккимизнинг ҳам иффатимиз поймол бслди. А­рталаб бир амаллаб қочиб чиқдик. Бир тийинсиз Қсйлиққа келдик. Қани снди ҳамшаҳар ҳайдовчилар олиб кета қолишса... Улар ҳам ё пул ссрайди, ё... Катта бир юк машинасининг юкхонасида аранг Қсқонга етиб келдик. Кечадан бери туз тотганимиз йсқ, амаки, беш юз ссм бера қолинг, уйимизга етиб олайлик... Ааҳотки, қизларнинг гаплари рост бслса?! Яхши, уларни сша қсқонлик киши ишга таклиф қилибди, нега уйдагиларига айтмасдан йслга чиқишган? Тошкентга ҳам уларнинг оёқ-қслларини боғлаб олиб боришмагандир? Аиҳост, Олой бозоридаги аёл... Аега ички ишлар бслинмасига срталаб хабар қилишмаган? Аега, нега, нега? - Анорхон, - дедим унга синчков қараб. - Тсғрисини айтинглар, наҳотки шу гаплар рост бслса? Агар тсғрисини айтиб, ҳақиқатан ҳам уйга кетмоқчи бслсаларинг беш юз смас, беш минг ссм бераман, мана пул... - А остданми! - деб юборди бирдан севиниб, қслимдаги беш минг ссмга суқланиб қараб Холбуви. - Балки хожатингизни чиқарармиз, схшигина жой бор... Ана снди улар ниқобларини очдилар! - Тсғрисини айтинглар, ота-оналаринг, уйларинг борми? Мана беш минг ссм қслимда, паспортларингни ксрай-чи! - Анорхон кир босган сумкасидан иккита паспорт олиб қслимга берди. Бу ҳужжатлар уларнинг шахсини тасдиқларди. Ғазабдан титраб кетдим. Агар уларга ҳозир пул берсам... олади-ю сна бошқасига бориб пул илинжида "дафтарини очади". Машойихлар: "Қиз болада бслмаса ҳаё, қора либос кисди дунё!" дес рост айтишган скан. - Менга қаранглар. Ҳозир мен билан ё милияисга, ёки уйларингга борасизлар. Ўзларинг танланглар. Лекин қочаман, деб уйламанглар. - Аима бало, мелисамисиз? - дес срнидан турмоқчи бслди Холбуви. Ҳайдовчи жисним билан бирга иккласини машинага етакладик. - Қани, машинага, - шиддатлироқ буйруқ бердим қизларга. Аазаримда улар мени формасиз ички ишлар ходими, деб сйлашди шекилли, индамай машинага стиришди. Бувайдада Анорхонларнинг уйини топиш унча қийин бслмади. Ичкаридан бироз қарироқ лекин истараликкина аёл чиқди. - Шу сизнинг қизингизми, опа? - дес ссрадим. Аёл уввос солиб Анорхонга ёпишди, йиғлади, қучоқлаб бошларини силади, менинг борлигим ссидан чиқди, ҳатто... - Беш ойдан бери қайларда юрибсан, бебош, бошимизга не-не кулфату иснодларни солмадинг... Анорхон индамай ерга қараганича пиқиллаб йиғлайди. Шу аснода ксчанинг нариги бетидан бошқа бир кампир ҳаллослаб югуриб келди. Холбувини унга топширдик. Бувиси скан. Йиғи-сиғи, ҳам қарғиш, ҳам олқиш... - Бслиб стган воқеаларни "Оила ва жамист" газетасига ёзмоқчи сдим, нима маслаҳат берасизлар? - дес юзланаман шу можаро устига келган Лобархон деган аёлга. - Сизга аввало раҳмат, ака, - деди Лобархон. - Лекин номларини сзгартириб ёзсангиз, зора бошқаларга срнак бслса. Оқибати нималарга олиб келишини сйламай қадам босган бебош қизларнинг тақдири зора сзгаларга сабоқ бслса... Йслда жисним машинада кетаётиб, мендан бироз ранжиди: - Қизиқсиз-да, тоға, нима кераги бор сди, шу қизларни уйига олиб келиб, юрса юравермайдими санқиб, сизга нима? - Шу ишни мен қилмасам, сиз қилмасангиз, бошқа биров қилмаса, бу икки қизнинг кейинги тақдири нима бслади? Улар ҳам одам, улар ҳам жамистимиз учун фойда келтирадиган, тсғри йслни тутган, ҳаётда оқилона срнини топиб олган одам бслиши керак... Ўйга толаман: Бу икки қизнинг уйидан чиқиб кетганига беш ой бслади-ю, лекин ҳеч ким изламайдими? Ахир одам игна смас-ку, тушган жойида йсқолиб қолса?.. Оналари-ку қариб қолган скан, ночор сшаркан, маҳалла-ксй, қариндош-уруғлари қаёққа қарашди скан? Маҳалладаги маслаҳатчи опахонлар-чи? Қолаверса, бувайдаликлар жуда ористли халқ сди-ку!

Хулосани сзингиз чиқаринг, муҳтарам муштарий.
 
 

Qayd etilgan