Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?  ( 17598 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Munira xonim  16 May 2007, 16:17:02

Assalamu alaykum.
Siz o'z do'stingizga juda ishnib ketmang, u bir kun kelib dushmanga aylanib qolishi mumkin.
Siz o'z dushmaningizdan haddan ziyod nafratlanmang, u bir kuni sizga do'st bo'lib qolishi mumkin....

Har bir narsani me'yori chegarasi bo'lishi lozim...

Qayd etilgan


lolo  16 May 2007, 21:57:40

Donolarning aytishicha do’st 3 hil bo’ladi: 1-jon do’st, bunday do’st haqiqiy hisoblanadi va u o’z do’sti uchun jonini ham ayamaydi. 2-til do’st, u rasman tilda do’stlik izhor qiladi, ammo boshga biror kulfat tushsa o’zini ko’rsatmaydi. 3-mol do’st, bunday do’st yeb-ichish uchungina do’st bo’ladi. Puling tugaganda esa qorasini ko’rsatmaydi.

Kulib boqsa kishiga tole’,
Kamayadi dushmanlari ham.
Bevafolik qilsa tolei,
Dushmanlarga to’lar har qadam!

Qayd etilgan


Amina  17 May 2007, 11:02:14

Bir mashhur kishi aytgan ekan: Agar dostingni 1 yil baxtli bolishini istasang, unga xazina topib olishni tilagin, agar 1 oy baxtli bolishini istasang, sevib qolishni tilagin, agar bir umr baxtli bolishi istasang, unga sog`lik tilagin" degan ekanlar. shuning uchun man har doim dostimga sog`lik tilayman avvalo!

Qayd etilgan


Dilnura  18 May 2007, 15:46:34

Bilmadim to'grisi, JONIMNI so'ramasa bo'lgani ,AHIR BU YAKKAYU YAGONA OMONATIMKU.......

Qayd etilgan


Ansora  22 Mart 2010, 01:28:38

O'zimga ravo ko'rganlarimni yana ham a'losini do'stimga ravo ko'raman har doim.
Zotan shunday bo'lmasa u inson uchun "mening do'stim" deyishim kulliyan yolg'on bo'lur....

Dushmanim uchun ham yomonlik tilamayman, mendan yaxshi bo'lsin-ki meni qizg'onib, qarshimga dushmanlik harakatlari bilan chiqmasin inshalloh....

Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 Aprel 2010, 18:00:59

O;zimga nimani ravo ko;rsam do;stimga ham shuni ravo ko;raman.

Qayd etilgan


BelleQizcha  01 Aprel 2010, 18:42:56

Dostimga avvalo baxt tiliyman,iymon,insof......

Qayd etilgan


Akbarjоn  01 Aprel 2010, 18:46:11

Do'stimga eng avvalo salomimni ravo ko'raman
suhbatning boshi salom bo'lganidan keyin do'stingizga sog'lik salomatlik tilab muroojat qilishdan yana ortiqroq nima bor ekan ...
undan keyin qolganlari bo'laveradi, agar Alloh nasib qilgan bo'lsa

Qayd etilgan


JaviK  11 Aprel 2010, 19:45:25

Do`stimga menda bor jamiyki narsani ravo ko`raman

Qayd etilgan


ibrohim  12 Aprel 2010, 16:55:02

Do'stimga obeddagi ovqatni ravo ko'raman.....   ;D

p.s. ertalabki ovqatni o'zing ye,
      obeddagini do'stinga ber,
      kechqurungisini dushmaninga....  ;D

Qayd etilgan