Ajabo...  ( 14137 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muzayyana  15 Noyabr 2007, 13:29:59

Bularni o'qib lol  qolishdan o'zga iloj yo'q! Naqadar xaq gaplar! Qani endi bularni xar banda bilsa!

Qayd etilgan


Miss Shaxrizoda  15 Noyabr 2007, 13:43:44

Ajabo! Umr shu qadar tez o'tadiki, ko'p odamlar u oxirlab qolganidan keyingina qanchalik oz savob ish qilganini anglab yetadilar... Afsus unda kech bo'ladi...

Qayd etilgan


Ahmadiy  12 May 2008, 22:39:10

-Ajabo... Bu dunyoda yahshi yashashga va insonlarni oldi bo'lishga, farzandlarimizda mahhallamizni ko'rki bo'lishiga, qilgan ishimiz "baland" joylarda mahtalishinga, mingan markabimiz (Avtomobil yoki bror transport vositasi nazarda tutilgan) "chet elniki" yoki qimmatboho bo'lishiga, qurgan imoratimiz qo'shninikiga nisbatan balandroq va hashamatliroq bo'lishiga, aytgan gapimiz tengho'rlarimiz va kerak bo'lsa bizdan kattalar uchun ham qonun bo'lishiga harakat qilamiz-u.......

-Lekin shularga boshqa bir "KO'Z" bilan qaramaymiz....
-Yani "Qalb ko'zi" bilan........ Keling shu bilan qaraylikchi... Va shunday harakat qilayliakchi...

-Bu dunyoda to'g'ri va halol yashashga, farzandlarimiz o'tganimizdan so'ng bizga atab bir yoki ikki "oyat" Quro'n o'qib bahshanda qilishi, qilgan ishlarimiz bu dunyodan o'tganimizda "Qanday odam edi"-degan savolga "Yahshi edi"-degan javobga kafforot bo'lishiga, "To'rt oyoqli yog'och otimiz" ni yuzlab va minglar dindoshlarimiz ko'tarishiga, qiyomatgacha turar "manzilimiz" yoruq,keng va rohatbahsh bo'lishiga, qoldirgan ishlarimiz va qilgan nasihatlarimiz odamlarni yahshilikka boshlashiga va hizmat qilishiga....... Harakat qilamizmi???

-Ajabo bu haqida o'ylamaymiz...
-Ajabo bugun "o'tgan" devor qo'shnimizni taziyasidan chiqamizu bozorga borib o'zimizga yangi kiyim bosh olamiz...
-Ajabo shu pallada oppoq "libos"da tor teshikdan "haqiqiy" dunyoga ravona bo'lgan qo'shnimiz ko'z oldimizdan o'chib ketadi.....

-Ajabo bizni yaratgan zod Alloh JJni bilamiz va har doyim qudratiga tan beramiz lekin bir kunda shu "HAQ ZOD" uchun hech qancha "qulligimiz"ni ado etmaymiz......

-Ajabo shu gaplarni yozib qo'lim titraydiyu, dilim titramaydi........ holimga voy bo'lsin......

Qayd etilgan


Odila  13 May 2008, 17:16:14

Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!

Qayd etilgan


Odila  13 May 2008, 17:17:05

Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!

Qayd etilgan


Hadija  27 Avgust 2008, 15:51:46

Ajabo
Ajabo umr o’tmoqda deb tinmasdan hayqiramiz —u, qalbimizda bu umrni chindan ham o’tib borayotganiga afsus-u nadomat topa olmaymiz. Ajabo qo’limizdagi ming so’m, masjidga berishga, Alloh uchun ehson qilib yuborishga ko’plik qiladi-yu, bozorga naqadar oz.! Ajabo mahfiy qolganimizda bir yarim soat zikr qilishimiz, biz uchun bir hafta o’tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu, 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib, qanday o’tkazib yuborganimizni bilmay qolamiz. Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tiladigan bo’lsa naqadar, hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz, Ajabo duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi. Ajabo, qur’ondan bir sahifa o’qish naqadar qiyin-u, darakchidan 30 bet naqadar oson, Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzog’-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz, Ajabo honanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u, Xudo vando uyda so’ngi  saflarda turishga havasmandmiz, Ajabo odamlarga Jum’a ma’ruzasini esda saqlab odamlarga yetkazish naqadar og’ir-u, ig’vo-yu, mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil. Ajabo odamlarning u bo’pti, bu bo’pti degan cho’pchaklariga ishonamiz-u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz. Ajabo dunyoning istalgan matoxini intizor ko’zlarimiz bilan kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz. Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib-pishib  muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimay o’tib ketamiz, Ajabo har kim jannatga kirishni har qancha tamarg’a qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini hech qancha o’ylamaydi, Ajabo ertagacha bu hayratlarning asl sababini o’rganishga kirishaylik.!!!

Qayd etilgan


Mr.Twister  12 Sentyabr 2008, 09:19:48

Qoyil qolidm!

Qayd etilgan


Hadija  13 Sentyabr 2008, 12:22:04

Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!
Amin, Assalam alaykum Odila, judayam qalbni larzaga keltiruvchi tilaklar yozibsiz, Alloh rozi bo'lsin, riyodan ALLOHni o'zi asrasin.

Qayd etilgan


Robiya  10 Iyun 2009, 13:22:30

- Ажабо! - Узимизни тугри йулдамиз деб бонглар урамиз-у, аслида тугри йулдагиларга тош отамиз!!!

- Ажабо! - Дин учун бирон нарса килмадигу, лекин тинмайин динга хизмат килаётганларга тош отамиз!!!

- Ажабо! - Илмимиз хеч вале, Уламолар гуштини еймиз!!!

- Ажабо! - Жаннатнинг калитини кулга киритдик-ми, ё, снг тугри йулда сканимиз хакида васика олдикми, ва ёхуд Аллохнинг рахматини таксимловчиларга айландикми-ки, одамларни анави адашган, манави залолатда дес синфларга ажратишга тушдик?!.. Ажабо, бунинг урнига уз нафсимиз билан шугуллансак булмасмиди?!..

- Салафларга сргашамиз дес оламни бузаётганимизда бешак тилларимиз ёлгон сузлади. Салафлар биздан безорлар. Биз бу пок номга хали бери лойик смасмиз... Чунки, биз улар билан факатгина  сшакнинг кучи халол-у гушти харом кабилида муомала килмокдамиз холос... 

- А­й, мангина тугри йулдаман дес бонг ураётган бечора!.. Кузингни оч!.. Душманинг колиб дустингга тош отма!.. Ахмаду Ауъмондек салафларингни ссла!.. Ибрат ол!.. Лайгамбаринг асхоби хаётига назар сол, ундан кейин узингга бир бора назар сол, сунгра сна бир бора кузларингни узингга кайтар! Кузларинг ноумид булиб узингга кайтмасин!..

Илмни чукурок сгалла!.. Кеча чиккан, адолатини шубха булгаган мутаолимлар огзидан чикаётган сафсатаю игволар карнайига айланиб колишдан схтиёт бул!.. Салафларга сргашаман десанг кам гапириб купрок илм ол. Уларнинг одобидан намуна ол. Таквосидан бахра ол. Калбингни ихлос суви ила покла. Акс холда, бечоралагингча колиб кетасан... 

Сенга не булди-ки тилинг захридан, киличинг кахридан, найзанг сахмидан факатгина мусулмон биродарларинггина озор топмокда?!..

Узинг ерсан-у осмонни коралайсан!!! Хали узинг киёматда кандай муомала куришингни билмайсан, гунохларингга йигламайсан, бирок, гунох устига гунохни шодлик ила орттирасан... Уламолар кабрига гишт калайсан, ва буни рисолат мохисти деб уйлайсан...

Хар бир олим, хар бир мухлис, хар бир дин ходими, сен учун то узингнинг мухтабарингда текширувдан утмагунча, акси собит булмагунча, адашган бандадир... Ким-ки сенинг куйинг билан сайрамас скан, у бидъатчи, нобакордир... Уни шарридан хаммани огохлантириш даркор!!!... Чунки, у сен тушунган суннат йулда смасдир!!!... Тугрироги сенинг суннат йулингда смасдир... Ахир сен билмаган холда суннатни ихтикор килиб олмокчи булаётганингни хам фаркида смассан... 

А­й, хакикий рисолат булоги колиб, сароб сари интилаётган одам!.. Кузингни оч, гафлат уйкусидан уйгон... Етти кават самолар узра оламлар Хожаси томонидан индирилган мукаммал динга мукаммал нигох ила назар сол... Исломни тор ва беухшов, нокису номавзун колипингга солиб куйма... А исолатни уз гуштини узи ейиш учун туширилган гийбатлар манбаи килиб курсатиб куйма...

А­й, пайгамбар хадисига сргашаман дес даъво килаётган толиби илм!.. Даъвоингни бир текшириб кур. Хадиси шарифларнинг матни колиб санади билан уралашмаётганмикан-сан?!.. Асли колиб фаръини тафтиш килмаётганмикан-сан?!.. Ичидаги маъно колиб рижоллар холи билангина машгул булмаётганмикан-сан?!.. Хадислар китобларини факатгина тирнокни остидан кир кидириш, схшилар номини булгаш максадида титкиламаётганмикан-сан?!..

А­й, Куръон менинг конуним дес давъво килаётган дустим... Хар сафар Куръон укиганингда узингни имтихон кил... Куръоннинг худудлари колиб хуруфларини коим килмаётганмикан-сан?!..

Агар шундай булса сенга ажаблар булсин... Ажабки, айнан сенга ухшаган адашганлар учун айтилган хадисларни аслида сенга айтиши керак булган одамларга карата ишлатасан!..

Аслида таажжубдан кура сенинг холингга таассуф муносиброкдир... forum.islom.uz saytidan

Qayd etilgan


Kumush  10 Iyun 2009, 16:49:11

Ajabo shunday fikrlaydigan birodarlarim bor ekan.
Ajabo...

Qayd etilgan