Assalomu aleykum forumdoshlar va do'stim Rohatoy !!!
Mavzuni ko'rib ajablandim,juda qiziqarli.
Uylanish va turmushga chiqish dinimiz qo'llab-quvvatlagan ishdir va bu haqda payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom ham "Imkoniyati bo'la turib uylanmay yurganlar bizdan emasdir " deb ta'kidlaganlar.Demoqchimanki, har bir musulmon o'ziga ishonsa, o'zini bir oilani tutib keta oladigan darajada deb bilsa,rizqini haloldan topishga sidqidildan harakat qilsa manimcha yosh tanlashning hajoti yo'q.Buyog'i Ollohdan taqdir.Eng asosiysi barchamizga Olloh oqil va oqila, iymonli, diyonatli juftlarni ato etsin, baxtimizni bersin.Omin !!!