Ban qilingan userlar  ( 78072 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


AbdurRohman  02 Dekabr 2007, 14:40:15

Assalomu aleykum!
Abdulaziz aka, ZAFAR_UZ nickidagi userimizni ban qilishizni so'rayman. Bahri baytda juda ko'p qoida buzdila, ogohlantirsam ham qoida buzishda davom etdila, pm ham yozdim, lekin natija bo'lmadi. sizga murojaat qilishga majbur bo'ldim. bugun kirsam yana qoida buzilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 17:58:14

Assalomu alaykum!
Zafar_uz va Hudoyshukurni ogohlantiramiz.

Hudoyshukurni bema'ni avatarlari va so'ngggi postlarida qoidalarni buzganliklari uchun ogohlantiriladi.
Yana bir marta qoida buzish ban bilan yakunlanadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Dekabr 2007, 21:49:31

Assalamu alaykum.
Hudayshukurni men ham ogohlantiraman.
Menga bemaza,ma'nosiz  PM jo'natmasligingizni iltimos qilaman va buni bir ogohlantirish deb qabul qilishingizni so'rayman.
Vaqtingizni qadriga yeting, Bu yerga ilm o'rganish uchun kirayotgan bo'lsangiz, ilm o'rganing...Va boshqalarga bilganingizni o'rgating...
Gaplarim og'ir botgan bo'lsa uzr so'rayman....

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Dekabr 2007, 07:25:42

Akmal_chik87 forum qoidalarini qattiq buzgani uchun ban qilindi.

Bu user bilan bir IPdan kiradigan userlar: javik_0770_lito, AL_laziz87!
Bu bolani tanisangiz ogohlantirib qo'yinglar. Sizlar kirgan joydan u ham kirgan.
Agar yana bir marta shu holat takrorlansa, sizning ham IPingizni ban qilishga majbur bo'laman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Dekabr 2007, 07:26:20

Assalamu alaykum!

Ali Rizo Bek userimiz haqida haqoratomuz latifalari uchun 3 kunga ban qilindi.
Bu dars bo'ladi deb o'ylayman. Keyingi safar post qilishda o'ylabroq qiling.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Dekabr 2007, 18:38:24

Assalamu alaykum.
Forumni jang maydoniga aylantirib yuboribsizlar-ku...
Bu nimasi, axir. Sizlar forumga nima uchun kirasizlar,o'zi...
Axir bu yerni bunchalik holatga yetkazish uchun qancha insonlar mehnati,vaqti, ko'z nuri sarf bo'lgan. Bularni hurmati bo'lmasa, hech bo'lmaganda o'zingizni vaqtingizga achinsangiz-chi...Astag'firulloh...Hali bu forumda bunaqa ishlar hech bo'lmagandi...

Ali Rizo Bek,g'azabga bunchalik berilmang. U latifangizni men ham o'qiganman. Hamma narsani chegarasi bor. Shu jumladan hazilni ham. Bu chegarani bilib, shunga amal qilganingiz yaxshiroq edi. Agar boshqa userlarni xatolari tyfayli ban qilinmagan bo'lishsa, ular forumda oddiy a'zo edi, qolaversa ularni ilmi yo'q, balki shu yerga kirib har xil postlarni o'qib turishsa o'z yo'llarini topishadi, deb umid qilingan. Sizni esa forumda o'rningiz katta, siz boshqalarga o'rnak bo'lishingiz lozim edi. Bu meni fikrim....

G'ayrat17 Siz nima uchun doimo shunaqa odamni jig'iga tegadigan postlar qoldirasiz. Forumda qiladigan boshqa ishingiz yo'qmi? Yoki vaqtingiz shunaqa ko'pmi? Biror bir foydali ish bilan shug'ullansangiz bo'lmaydimi?

Mahzunabonu Siz bunaqa latifani boshqa joyda qoldirgan bo'lsangiz, bu yerda ham qoldirsa bo'ladi degan gap emas... Yuqorida aytgannimdek hamma narsani chegarasi bor. Hazilni ham...Chegaradan chiqish shunaqa oqibatlarga olib keladi...Keyin yana bir gap, bu yerda hech kim Adminga bir-biridan shkoyat qilmaydi. Qilmagan ham. Bu paytgacha bunaqa ishlar shikoyat qilishlar bu forumda bo'lmagan. Bundan keyin ham bo'lmaydi,inshaalloh. Men shu latifalar bo'limiga kirib iloji boricha inosnni shaxsiyatiga tegadigan hamma postlarni o'chirib tashlayman. Iloji bo'lsa, umuman yopib tashlashga harakat qilaman. Chunki bunday fitna chiqaradigan Mavzularni bo'lmagani yaxshi....

Sizlardan iltimos, bir-birlarimizni jahlimiz chiqib, g'azabga minganimizda olovga o'tin qalamasdan, uni tinchlantirishga harkat qilaylik. Bu forumga ilm uchun kiramizmi, shu oqlaylik. Har bir vaqtni hisobi borligini umutmaylik...
Postlaringizni o'chirib tashladim. Rozi bo'lasizlar va gaplarim uchun hafa bo'lmaysizlar, degan umiddaman. Alloh barchamizni mag'firat qilsin. Amiyyn!!!

Qayd etilgan


Abu Abdulloh  07 Dekabr 2007, 03:41:33

AbdulAziz Mozy2006 foydalanuvchi do'stimizni bekor ban qilibsiz
awal bir bor   tushintirish kere  edi  axir xamma  xam birdaniga saytdan foydalanishni o'rganib ketomidiku

I P Adressga kelsak bu I P Ni o'zgartirish ish emasku ;D

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Dekabr 2007, 07:59:38

AbdulAziz Mozy2006 foydalanuvchi do'stimizni bekor ban qilibsiz
awal bir bor   tushintirish kere  edi  axir xamma  xam birdaniga saytdan foydalanishni o'rganib ketomidiku

I P Adressga kelsak bu I P Ni o'zgartirish ish emasku ;D

Birodar, forum qoidalari qo'pol ravishda buzildimi, qoidaga ko'ra o'sha foydalanuvchi jazolanadi.
Ba'zi holatlarda esa umuman tushuntirmasdan ham ban qilishga majburmiz.
Va, siz biron user haqida bilmagan ba'zi holatlar ham IP orqali chiqib qoladi, hatto u bir necha marta o'zgartirsa ham.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Dekabr 2007, 08:29:57

Assalomu alaykum!
javik_0770_litoni ogohlantiraman.
Nasorolar bayrami targ'ibi sifatida mavzu ochganlaridan so'ng uch marta o'chirdim.
Yana bu holat takrorlansa, ban qilishga majbur bo'laman.
Birodar, shuncha mulohazalardan o'zingizga xulosa chiqarmadingizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Dekabr 2007, 08:44:23

javik_0770_lito forum qoidalarini buzganligi uchun 10 kunga ban qilindi.

Qayd etilgan