Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda?  ( 102148 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Zim  06 Iyun 2010, 10:50:50

Kecha tushimda Haz. Abu Bakr Siddiq (r.a) ni maqbaralarini ko'rdim. Juda katta ko'hna binodan iborat bo'lib, devorlari to'kilib ketgandi. Devordagi Abu......Siddiq yozuvini zo'rg'a o'qidim. İsmlarini Bakr qismi ham o'chib ketgandi.
Men ham hayron bo'lib maqbaralari shu darajada katta edimi, ham bizga yaqin joyda ekan, nimaga shu kungacha ko'rmagan ekanman, deb hayron bo'ldim.

Yana uzoqroqda bir maqbara u yerda esa "Abu Najjor" degan yozuv bor edi....

Alloh hayirlarga vasila aylasin inshalloh.
[Abu Bakr  :ra: ni tushda korish dinga dalolat qiladi. U kishini qabrlarini kattaligi Islom dinini kattaligidir. Haqiqatda ham eng katta va kushlik din dunyoda islom dinidir. Ammo eskirishiga kelsak, bugungi kunda insonlarning dinlarida qanchalik beparvolik va zaiflikdir. Ismlarini ochib ketishi esa bugungi kunda din qanchalik kuchlik bolmasin ortiq insonlar dunyoga berilganlari. Qabrlari yaqiningizdaligi esa sizni qanchalik dinga amal qilishga imkoningiz bola turib unga amal qilaolmayatganingizdir, yana Olloh yahshiroq bilguvchidir/quote]

Qayd etilgan


Ansora  06 Iyun 2010, 12:37:45

Yani ohirida yozganingizday Olloh yahshiroq bilguvchidir!!!

Chunki tushlarni ta'bir etish, ularni bir narsaga yo'rish uchun bu tushni ko'rgan kishini yaxshi bilishingiz, tanishingiz, hayot tarzini bilishingiz kerak.

Siz esa meni qanchalik taniysiz?

Meni va oilamni hayotida 2 muhim voqea sodir bo'ldi, bu tushimni shunga yo'rdim...


Qayd etilgan


Lu`lu`  09 Iyul 2011, 06:45:58

 ::)
Туш таърифига манимча, хамма кизикиб, узига тегишли хулосани чикариб олган...
Купинча туш натижасини кутишимиздан тонмаймиз.
Бир тушим 40 йилдан кейин натижасини курсатгани, 40 йилга кеч колганимнинг хулосаси булди.
7-8 ёшимда тушимда узи юрар ер сскалаторларини ва шаффоф лифтларни ичида кетспганимни курганимда, хайратдан хапкириб уйгонганман. Хозир чет слларда бундай нарса хакикатлиги уша тушимни сслатди.
Агар болалигимдан кизикиб, шунга оид касбни танлаганимда, юртимга фойдам тегармиди. ::)

Qayd etilgan


Nurdinboy  17 Iyul 2011, 23:27:40

Men bugun tush vaqti dalada sholiga suv qo'yayotib charchab uhlab qolgandim. Tushimda qabristonni ko'rdim. Go'rkov o'zi ancha oldin kovlagan qabrini qidirayotgan ekan. Topibdi, lekin suv bosgan...

uyg'onib ketdim... qo'rqdim...

Uxlashdan oldin dalaga kelayotib, ish qilib, suv qo'yayotib, yangi yozayotgan hikoyam uchun qabriston tasviri haqida chamasi bir soatlardan beri o'ylanib yurgandim. tabirini hech anglay olmay qiynaldim. Balki ko'p o'ylaganimga bo'lsa ham kerakmikan?

 

Qayd etilgan


_IYMONA_  18 Iyul 2011, 09:28:35

Assalamu alaykum. Tuwlarim ko'pincha oldindan bilaman, kimnidir g'arazliginiyam yoki biror xuwxabar ham dastlab tuwimda ayon beradi. Yaqin insonlarim hayotidagi noxuwliklar ham tuwimga kiradi. Lekin istihora qilayotgan iwim esa tuwimda ayon bermayapti...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2011, 10:16:57

Lekin istihora qilayotgan iwim esa tuwimda ayon bermayapti...

Istixorani 7 kungacha o'qiladi. Albatta niyatni aniq qilib o'qilsa, natijasi bo'ladi.
Amalda sinab ko'rilgan. Tushingizda sizga ishora berilmasligi ham mumkin.
Lekin istixora namozidan so'ng ko'nglingizda o'sha qilayotgan ishingizga yo rag'bat yoki aksi aniq namoyon bo'ladi. Istixoradagi duoga muvofiq Alloh taolo siz istixora qilgan ishning natijasini bilgan holda agar foydali bo'lsa, sizga muvaffaq qiladi, foydasiz bo'lsa, u ishni sizdan yiroq qiladi. O'sha ishga nisbatan ko'nglingizni qoldiradi.

Qayd etilgan


_IYMONA_  18 Iyul 2011, 12:31:56

Ha uwbu aytganizday, istihoradan keyin hammasi silliq ketvottiyu, lekin ko'ngil g'aw...

Qayd etilgan


AL_laziz87  18 Iyul 2011, 12:35:24

Men diyarli tush ko’rmiman ko’rgan tushumni esa eslolmiman! Lekin shu ikki kunni ichida diyarli bir xil tush ko’rdim"¦ko’zlarimni ochishga arang kuch topdim.lekin uygonganimdan keyen xam  tanamni chamasi 3-4  daqiqaga yaqin umuman qimirlata olmadim"¦. Juda xam qo’rqib ketdim"¦

Qayd etilgan


Humayro  18 Iyul 2011, 14:27:00

Istihorani men ham o'z tajribamda ko'rganman
birinchi o'qigan kunimoq ayon bo'lgan aniq va oydin, silliq ketayotgan ishim o'z-o'zidan mendan yiroq bo'ldi va chapapsiga ketdi barchasi, men bir muddat ranjigandek bo'ldim, ammo bu ishning men uchun foydasi yo'qligi kyinroq ayon bo'ldi Allohga hamd

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyul 2011, 10:30:02

QO'RQINCHLI TUSH

Mahallamizda g'alayon boshlanganmish. Bir tomon dushmanlar, bir tomon biznikilar. Biznikilarning qo'lida tosh-u tayoqlar. Olomon biz tomon yopirilib kelmoqda. Ko'chada o'ynab yurgan jiyanlarimni olib, uyga kirib, xotin va bolalarni yerto'laga tushirib, bir tayoq olib men ham olomonga qo'shilib ketayapman. Ey, xudo, yurtimni, oilamni o'zing asar, deb ketyapman. Qiy-chuv. Vahima. Birdan bomba...

Sakrab o'rnimdan turdim. Uy, yer, atrof qimirlayapti. Shartta bolani ko'tarib, onasini ergashtirib, tashqariga chiqdim. Qiy-chuv. Hamma kalima qaytargan. Men esa tinmay, "Inna lillahi va inna ilayhi roji'uun" derdim...

Qayd etilgan