Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda?  ( 102156 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 B


Mahdiyah  01 Iyun 2012, 23:39:45

Ajoyib, hayrli tushlar ham ko'rmay qo'ydikmi diman oxirgi payt...  :'(

Qayd etilgan


Sadulla  02 Iyun 2012, 05:52:48

 :asl3:

Ajoyib, hayrli tushlar ham qo'ymay qo'ydikmi diman oxirgi payt...  :'(

Oxirgi paytlarda charchab uxlab qolib hech qanday tush ham ko'rmayapman,ko'zimni bir ochib yumsam ertalab bo'lgan bo'ladi  :)

Lekin men tushimda ko'pincha o'zimga yaqin insonlarni ko'rardim,yoki ularni sog'inganim uchunmi...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  13 Fevral 2013, 19:22:01

:asl3:

Bugun tushimda Chustiy bilan Mo'min Mirzoni ko'ribman :)
Va alaykum assalom.
Chustiy ikkingiz pishirgan taomlarni yeb qo'ygan bo'lsam kerak opa :-)

Qayd etilgan


Хадича  26 Fevral 2013, 10:56:26

Assalomu alaykum.
4 kuncha bo'lib qoldi. Bir judayam ajoyib tush ko'rdim. Alloh umrimizni ziyoda qilib,nasib ko'proq umr ko'rsak agar bir kun nimalar yozgan ekanman,deb postlarimni bir titkilaganda bu tushimni eslab qo'yarman :)

Juma kuni ko'rgandim. Bir dunyo kitoblar orasiga tushib qolibman. Orasida aylanib kitob tanlab yurganmishman. Shunda 2 ta kitobni ko'rib qolib oldiga bordim. Hammasidan ajralib turadigan,juda ajoyib nur taratib turgan ekan. Judayam qalin. Muqovasi yashil va tillarang yozuv,naqshlar bilan bezatilgan. Xuddi qidirgan boyligimni topgandek xursand bo'lib ketdim. Bittasi " Muslim hadislari" ,
Ikkinchisi " Buxoriy va Navaviy hadislari" deb yozilgan ekan. Lekin xuddi Ruhiy tarbiya kitobini 1,2,3 juzlari bo'lganidek bu ikki kitob ham asli bir kitob ekanu,avval " Muslim hadislari" o'qilib,so'ng ikkinchi kitobga o'tilar ekan. Lekin "Buxoriy va Navaviy"kitobi juda o'tkir kitob ekan, "Muslim"ni o'qimasdan uni o'qib,tushunish qiyin ekan. Xullas, " Muslim hadislari" kitobni olib,ustidagi qalingina muqovasi-yu, zarxal yozuvlari,bezaklari va chiroyiga mahliyo bo'lib turganimda kimdur etdi. Shunchaki ovoz eshitildi-yu,uni kim etayotganini ko'rib bo'lmadi. " qo'lingdagi kitobni shoshmasdan,tushunib,har bir sahifaga diqqat qilib o'qigin. Bo'lmasa undagi ma'noga tushuna olmaysan. Tez o'rganilgan bilimda baraka bo'lmaydi. Diqqat qil va e'tibor,juda e'tibor qilib o'qi" deyildi.
Shu bilan tush tugap qoldi :(
Eh esiz,o'sha qo'limdagi turgan " Muslim hadislari" real hayotdayam qo'limda bo'lsaydi. Haqiqatdan ham juda go'zal,judayam go'zal kitob ekan.
Uni o'qib tugatgandan so'ng,ikkinchi jild,judayam kuchli yozilgan kitob ham o'qilishi kerak.
 Ha-ya, Navaviy hadislaridan bir ikki kitobda o'qigandim-u,lekin ular haqida ma'lumot hech qidirib ko'rmagan ekanman. Shu bohona ular haqlarida izlap,o'rganib ko'rdim.

Xullas,tushim tugap qolgan bo'lsa ham o'sha tanlaganim 2 ta kitobga o'ngimdayam judayam oshiq bo'p qoldim  :3

Forumdoshlarga ham go'zal tushlar hamroh bo'lsin :)

Qayd etilgan


Muxsiya  04 Mart 2013, 13:49:47

Bir dugonam bo'lardi. Barcha qizlarda bo'lganidek uyidan sovchilar arimay qoldi. Bosh nomzodlar ikkita bo'lib ulardan biri dugonamning gruppadoshi dugonam unga befarq emasdi ikkinchisi esa dadasiga ma'qul kelgandi. bir kuni tushumda dugonamning to'yini ko'rdim. o'ziga aytsam kim ekan kuyov deb so'radi. men aniq bilmayman lekin kuyovning uzatiladigan singlisi bor ekan seni to'ying ertasi kuni uniki bo'lar ekan  deb aytdim dugonam jim bo'lib qoldim. sezdimki yigit dadasi ma'qul ko'rgan yigit ekan. oradan 4 oy o'tib dugonam o'sha yigitga turmushga chiqdi va to'yini ertasi kuni qaynisinglisini uzatishdi

Qayd etilgan