Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda?  ( 102167 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Fatima  12 Iyul 2007, 12:23:14

Assalomu alaykum. Man tushimda bir qariyaga tasbeh eltib beribman. Keyin u kishi shu zahoti tasbehni olib bir nimala deb yerga o`tiribdila.  Hech bunaqa tush ko`rmagandim. Agar  ma`nosini bilsez iltimos bu nimaning alomati ekanligini aytsangiz. Oldindan rahmat.

Va alaykum assalom!
Judayam hayrli tush ko'ribsiz. Inshaalloh, yaqin kunlarda uning aksini ham ko'rasiz.
Tasbeh bilan Allohga zikr aytiladi. Tasbeh zikr belgisi, Alloh bilan munojot belgisi. O'sha qariya tasbehni olarkan, sizni ham bu yo'lga chorladilar, menimcha.
Agar namoz o'qishni boshlamagan bo'lsangiz, boshlasangiz yaxshi bo'ladi. Namozni boshlab olsangiz, undagi maza, undagi halovatni his qila boshlaysiz. Dunyoda namozini o'z vaqtida o'qigan odamning halovatidan go'zalroq halovat yo'q...
Assalomu alaykum, AbdulAziz aka!
Ko`rgan tushim haqida yozgan fikrlariz uchun sizga katta rahmat.  Tushim o`ngidan kelishini man ham xohliman. Tushim o`ngidan kelishi  uchun albatta harakat qilaman,InshaAlloh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2007, 17:05:21

Assalomu alaykum, AbdulAziz aka!
Ko`rgan tushim haqida yozgan fikrlariz uchun sizga katta rahmat.  Tushim o`ngidan kelishini man ham xohliman. Tushim o`ngidan kelishi  uchun albatta harakat qilaman,InshaAlloh.

Va alaykum assalom!
Duo qilamiz, inshaalloh, yaqin kunlarda tushingizning haqiqiy ro'yobini ko'rasiz.
Namozning fazilatlari, namozxonlarning dunyo va oxiratdagi sifatlari... Namoz o'qish tartiblari: (shu yerdan o'qiysiz)
http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=7&id=18&Itemid=29

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2007, 17:06:27

Assalomu alaykum!Men ham bir ajobtovur tush ko'rgandim.Oshanda 8 sinfda o'qirdim va birinchi yil ro'za tutgandim.Laylatulqadr kechasida shunday tush ko'rdim:
     Kravatimda uxlab yotgan ekanman.Birdaniga ko'zimni ochib qarasam to'rt tomondan to'rtta oppoq kiyingan kishilar(ularni kishi deb ham bo'lmaydi, allaqanday boshqacha edi) olib osmonda uchib ketayotgan ekanmiz.Shunda men ulardan -"Qayerga ketyapmiz?" deb so'rabman.Shunda ular -Biz seni Muhammad salallohu alayhi vasallamning qoshlariga olib boryapmiz deb javob berishibdi.Xullas, aytilgan manzilga yetib kelibmiz.Uzun zinapoya ekan, zinapoyaning tepasida bir uzun to'n kiygan, boshida esa tojga o'xshash narsa bo'lgan bir kishi orqasini qilib turganmish.U yerdan nur taralib turarkan.Bir payt u kishi orqalariga o'girilib menga qarabdilar.Men assalomu alaykum deman.Keyin zinapoyalardan chiqib borib u kishining qo'llarini o'pibman.Shunda u kishi -Umring ziyoda bo'lsin qizim.Sen yaqinda hajga borasan debdilar.Esimda qolgani shular.Shu tushimdan keyin dinga bo'lgan qiziqishim hayotim darajasiga ko'tarilib, unga bog'lanib qoldim.Ollohga shukrki,o'qishga kirdim va yana bir qancha xayrli kunlarni ko'rdim.

Va alaykum assalom!
Mashaalloh! Judayam xayrli tush. Alloh muborak qilsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2007, 17:07:47

O'tgan shanba kuni tushimda Korea Respublikasi Ta'lim vaziri rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelgan ekan.Men unga tarjimonlik qilib yurgan emishman...)

Odatda ba'zi tushlar kelajakdan xabar beradi, deyishadi. Ajab ermas, kuni kelib, ushbu tush amalga oshsa. O'shanda o'ylanib qolishiz mumkin. Iyi man bu holatni oldin ham qayerdadir ko'rganman, deya...

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Fevral 2010, 07:22:32

Bugun ajoyib tush ko'ribman...

TV ko'rib o'tirganmishman, qaysidur rus kanalini.
Qanaqadur konsert zalida kimdurlar konsert berayotganmish.
Odam to'lza zal..., barchalari rus millatiga mansub odamlar...
Bir payt Qur'on ovozi eshitildi... Kimdur zaldagilardan baland va juda yoqimli ovozda Qur'on o'qimoqda edi.
Kn u sahnaga chiqdi, ko'rinishidan oddiy bir odam edi... gavdali, sochlari sarg'ishroq, biroz mayin soqolli...

Hammani og'zi ochilgan, hamma mazza qilib Qur'on tinglamoqda edi...
Qaysi surani o'qigani aniq esimda emas, lekin avvalida Fatiha surasini o'qidi chamamda, ketidan boshqa yana bir surani yoddan o'qidi.
O'qib bolgach o'tirganlar turib u insonni olqishlay boshlashdi... barchalari Qur'onni eshitganlaridan o'ta mamnun edi...

Qayd etilgan


BelleQizcha  29 Aprel 2010, 05:31:11

Tushi etish yaxshimi? mani bitta tush judayam oylantiradi.. kimga etishi bilmiman... Qayta qayta osha tushi korvoman judayam galatii... nima qisam ekan?

Qayd etilgan


siddiqa  04 May 2010, 12:10:00

 :as:

Tushlarda yana o'sha nurli chehralarni sog'indi qalb ............

Qayd etilgan


Ansora  04 May 2010, 20:17:55

2 kun oldin forumdan Abu Muso akamizni tushimda ko'rdim, o'zlarini aniq ko'rmadim lekin u kishi bilan Qashqadaryodagi qadimiy masjid, jomelarni qidirib yurgandik.
 
Menimcha bu tushimga sabab Abdulazizni Qashqadaryoda yashab-o'tgan aziz-avliyo, olimlar haqida Abu Muso akaga bergan savollari bo'lgan bo'lsa kerak. Tushimni ko'rgan paytimda aniq esimda edi butun detallar. Bilasizlar, tush tezda unutiladi...

Lekin 2 qadimiy masjidni nurab ketgan devorlari va devordagi Arab harflari aniq esimda qoldi...

Alloh hayir etsin inshalloh...

Qayd etilgan


Muzayyana  13 May 2010, 15:06:48

serial tushlar haqida nima deysizlar?
yani bitta tushni ko'rayotib uyg'onib ketasda, yana qaytib uhlab qoseyiz, huddi o'sha tushni davomini ko'rib ketaveras, bu kamdan-kam bo'ladi, lekin qiziq holat!

Qayd etilgan


JaviK  13 May 2010, 15:10:15

Takror tush- Men ba`zi ko`rgan tushimni 3 -4 oydan keyin qayta ko`rib qolaman, lekin hozir juda kam tush ko`radigon bo`lib qolganman.

Qayd etilgan