Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz  ( 129693 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 31 B


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:23:15

70
 
Ular bizni o‘zlarini haqoratlaganlarga qarshi urushish maqsadida shu holda tashlab ketishdi. Afsuski buni yoza olmayman...
 

71
.............................................................................

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:23:31

72

Agar Bambergni yaxshi bilsangiz, demak, Otto-Fridrix Gimnaziyasi orqasida torgina yo‘l borligidan ham xabaringiz bor. Bu yo‘l avval keng dalalarga, undan keyin esa adirlarga olib boradi. U Altenberg qasri yonigacha turli-tuman daraxtlar bilan qoplangan. Bir gal Fiona ikkimiz ilonizi yo‘llardan birgalikda borarkanmiz, u Luk bilan munosabatlari to‘g‘risida g‘amgin bir hikoya aytib bergandi. Ochig‘i, bu hikoyani aniq eslolmasam-da, lekin Fionaning siniq ovozi, mungli ko‘zlari va kuzning boshlanishi kabi horg‘in nafas olishi hanuz esimda. Balki bu barcha uzun bo‘yli va ixcham kishilarga xos odatiy xislatdir, lekin men uning titrayotgani, shu boisdan qo‘lini cho‘ntakka yashirib olganini sezdim. Balki u bizning birga qilgan eng ajoyib sayrimiz bo‘lgandir, chunki ikkimiz yolg‘iz edik, uning g‘amgin so‘zlari alpinistlarning arqoni singari ikkalamizni ham birlashtirib turardi. O'shanda Fiona ajrashgani va Luk muammolar dastidan Xitoyga qochib ketganini aytgandi. Endi bo‘lsa, u o‘z vazifasini bajarib yuribdi, biroq uning jimligida bu so‘zlardan ham g‘amginroq nimadir bor edi.
Biz Altenbergga keldik va kechani «Liberfromilch»da o‘tkazdik. Oddiy hayotimizning oddiy tafsilotlari... Tavba, nega bu narsalarni eslayapman o‘zi?..

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:23:42

73
       
Mahalliy shomon Udege Bashorat Kitobini emas, balki Tongyuquqning jahlini qo‘zitgan sehrli qora pechda yaqindagina kuydirilgan ikki yelka suyagini keltirdi. U suyaklarni Bilga-Hoqonga uzatdi va Imperator ularga kelajagini tasavvur qilayotganday tikilib qaradi. Suyaklar bir necha joyidan uzunasiga emas, eniga yorilgandi. Yaqinroq kelib Tongyuquq sezdiki, qora sehrning yangi turiga ko‘ra, Imperatorning niyati amalga oshmaydi, qaytanga uni muvaffaqiyatsizlik kutib turardi. Bilga-Hoqon avval Udegega va keyin boshqa mehmonlarga qaradi. Udege suyaklardagi baxtsizlikning sababchisi kabi boshini quyi solib turar, lablari nimanidir eshitilar-eshitilmas pichirlardi. Birdan Imperator gezarib vahshat ichra o‘rnidan turdi va ikki qadamda Udegega yaqinlashib, uning siyrak soqolidan ushlab qo‘lidagi yelka suyagi bilan kekirdagini kesib tashladi. Suyak yorilib, bo‘laklarga ajralib ketdi. Suyakdan bulg‘angan qop-qora qon Bilga-Hoqonning oppoq yuziga sachradi. Atrofdagilar hayratdan og‘zini ochib qoldi. Udege turgan joyida gir aylanib, asta-sekin o‘z Hukmdori qarshisida tiz cho‘kdi. Yangi qondan hosil bo‘lgan ko‘lmak uning atrofida aylana hosil qilib, faqatgina qora yelka suyagini qoplab oldi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:23:56

74
       
O'ldirilgan kishilar qanday o‘lishini bilasizmi? Yo‘q deysizmi? To‘g‘ri, nimaga ham bilishingiz kerak-a? Ming yillardan buyon o‘limning siri haqida gapiramiz, o‘zimizni uning kelishiga tayyorlaymiz, lekin u shu qadar odatiy va bexosdan sodir bo‘ladiki, go‘yoki suhbat chog‘ida, hojatxonada yoxud qassobxonada go‘shtni qiymalayotib giriboningizdan oladi. Ha, barchamiz bir tanu bir jonmiz, na birovimiz oqilroq, na yaxshiroq va hatto pokizaroqmiz.
Qisqa otishuvdan keyin jangarilar boyagi qishloqdagi barcha erkaklarni o‘ldirib yuborishdi. Bizni esa yerto‘ladan sog‘-omon holda topishdi, u yerdan chiqqach, o‘ldirilgan odamlar qanday bo‘lishini ko‘rdim. G'alati holda har yer-har yerda cho‘zilib yotganlarga ko‘zing tushsa... Agar o‘lik hayvonni ko‘rib qolsak, ha o‘libdi-da, deb ketamiz, lekin inson zotining ko‘cha-ko‘yda o‘lib yotganini xayolga keltirilmaydi: uning kiyim-kechagi bor, oyog‘ida etigi, soati hanuz chiqillab turibdi, u go‘yoki boshqa bir narsa uchun mavjudday, xuddi chidab bo‘lmaydigan bir qop go‘shtdan ham boshqa narsa kabi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:03

Hatto bo‘yin atrofida qotib qolgan qonda ham nedir xatolik borday va bu sening shundoqqina oldingda tursa, hammasi nechog‘li oddiy ekaniga ham ishonging kelmaydi. Osmon uzilib yerga tushmas, yer portlab ham ketmagay, yo‘q, hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ikki soatgina avval ismi, xotirasi bor bu tanalar endi axlat uyumiga aylandi-qoldi. Faqatgina ularning sochlari shamolda tiriklikdan darak berganday hilpiraydi...
Qo‘mondon ularni to‘plab, o‘raga tashlashni buyuradi. Jangchilar yer chizib borayotgan o‘liklarni sudrab ketishadi, ulardan faqat ana shu izlar qoladi. Kimdir aytgandi: «O inson, oppoq qor ustida himoyasiz bo‘l!»

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:14

75
       
Isfahonda Registon atalmish mo‘‘jizali maydonning orqasida bir necha boshi berk ko‘cha bor. Unda qadimgi, loydan qurilgan uylar orasidan uchib chiqadigan g‘alati qarg‘alar sizga hamroh bo‘lib olishi umkin. Yoki to‘satdan oldingizda paydo bo‘lgan qop-qora matoga o‘ralgan ayol sizdan o‘zini yashirib o‘tib qoladi. Axlat uyumi yonida o‘tirar ekansiz, o‘zingizning qanchalik keraksiz ekaningizni anglab qolasiz: agarki bu dunyoda o‘zing o‘zingga yuk ekansan, yana kimga ham kerak bo‘la olarding? Bu kabi o‘lim sharpasini keltiradigan barcha dahshatlar bir qarashda kulgili tuyuladi, shu sabab birdan ular qutqu soladiganday: go‘yoki o‘sha qora qarg‘a sizni mudom ta'qib qilib kelgan, qora kiyimdagi ayol esa sizni o‘ldirish uchun yuborilganday. Hamma narsani unutgan holda, keraksizliging boisidan bari qo‘rquv va bezovtalikni bir-bir tahlil qilishga kirishasan kishi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:24

76
       
Futbolchilar ham turlicha bo‘lishadi-da. Gap trenerning ko‘zini shamg‘alat qilib, biror shahar ko‘chasiga sayrga chiqish ustida bormoqda. Bu Sherozmi, Karmana va yo Isfahonmi, farqi yo‘q. Ular har gal biror narsani, masalan, gemmoroylarining gazak otib ketayotgani va yo shaxsiy guvohnomalarining mashg‘ulotdan qaytayotib tushib qolganini bahona qilib, meni ham birga olib ketishga odatlanishgandi. Garchi bu ishlaridan aytarli foyda chiqmasa ham, baribir ko‘chaga oshiqaverardilar. Hay mayli. Poyabzal magazini yaqinida shu yerlik ikki bola ajnabiyligimizni sezib, kimligimiz, nimani izlayotganimiz, kim bizni olb kelgani to‘g‘risida savolga tuta boshladi. Gap gapga qovushib, ular bizdan AQShda bir shisha viski qancha turishi, ko‘chada yengiltak ayollarni topish qanchalik osonligi, nasha va marixuana haqida so‘rashdi. Bu odatiy hol edi.
O'tkinchi yo‘lovchilardan biri menga shubhalanib quloq tutdi, men forscha va inglizcha o‘rtasida sarson edim. So‘ng bu o‘yinni tugatishga qaror qildim. Lekin futbolchilar ortga qaytishni istashmasdi. Ular yon atrofda hayot qiziyotganini sezgan va biz Isfaxonning boshqa do‘konlarini aylanishga ketdik.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:30

Garov o‘ynashim mukmin, istagan futbol jamoasida, albatta, bitta bo‘lsa ham hammani orqasidan diqqatga sazovor joylar, muzey yoki kitob do‘konlariga boshlab yuradigan «ntelligent» bo‘ladi. Shunga o‘xshab, bizda ham bir yigit bo‘lib, u forschani o‘rganayotgan va Rumiyning kitobini axtarib yurardi. Shuning uchun kitob do‘konini ko‘rishi bilan o‘zini ichkariga urdi, qolganlar to‘dalashib ko‘chada kutib turdik. Lekin u uzoq vaqt ko‘rinmadi va yana ikki kishi birin-ketin uni izlab do‘konga kirib ketdi, biroq ular ham zim bo‘ldi-qoldi. Bu safar o‘zim xonaga kirdim va uzoqroqdagi burchakda kitob sotuvchisiga ko‘zim tushdi, futbolchilar uning qarshisida turishardi. Sotuvchi qo‘lini ko‘ksiga urib, nimanidir zo‘r berib tushuntirayotgandi. Ularga yaqinlasharkanman, sotuvchining muqaddas so‘zlarni takrorlayotgani va uning ma'nosini inglizchada tushuntirishga urinayotganini eshitdim: La ilaha illalloh - Allohdan boshqa iloh yo‘q. -  Iloh yo‘q, derdi u va qo‘llari bilan ishora qilardi, na qo‘lida, na javondan olgan kitobning tagida, hech qaerda, - faqat Allohdan boshqa. U boshqa ilohlar kabi mavjud emas, biroq u yagona, u Alloh kabi mavjuddir...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:38

Men uning o‘z bilgicha tushuntirayotganini sezdim, lekin futbolchilar bu kabi nomavjud mavjudlikdan hayron qolib turishardi. - Men bularga urfon o‘rgatyapman, dedi u mening forscha tushunishimni anglab. U qiyshiq yuzli va badbashara g‘alati bir yigit bo‘lib, ma'naviyati yuksak kishilarday bir kechada mistik oqimni bizga o‘rgata olishini aytdi. Ochig‘i, garchi mistitsizmning bu kabi bilag‘onlarini birinchi marta ko‘rib turmagan bo‘lsam ham, bunday xunuk yuzlilarga ishongim kelmaydi. Insof bilan aytganda, ba'zan ularning qoshi qulog‘i bilan mosligining farqi yo‘q, deb o‘ylayman, shunga qaramay, mening estetikam adolatimdan kuchliroqdir.
Shunday qilib, u bizni o‘sha kech bir joyga taklif etdi va «intelligentimiz» bu taklifga jon deb rozi bo‘ldi. Bu uning shaxsiy tarjimoni sifatida mening ham birga borishimni bildirardi, biroq ushbu ish trenerning rejasi va umuman, komanda tartib-itizomiga qanchalik mos edi? Ustunlik - bu hamisha nomuvofiqlik haqida bo‘ladimi, bu hayot oqimidan orqada qolib ketish deganimi yo, xuddi hozir men mavzudan adashib ketganimga o‘xshab-a?

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:48

77

Yo‘q. Bu chindan ham hayotimdagi eng ajoyib tunlardan biri bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman. Kechqurun trenerga o‘zimizni uxlayotganday ko‘rsatib, uning xurrak otishini kutib yotdik, so‘ngra qorovulga bizni tushungani uchun choychaqa berib halokat chiqishidan suqilib o‘tdik va mehmonxonaning orqasida ko‘rishib, taksiga o‘tirdik. Yarim soatda manzilga yetib keldik. Hozir men bu narsalarning birontasini ham qilmagan bo‘lardim, chunki bular Eronda qat'iyan taqiqlab qo‘yilgandi. Lekin ochig‘ini aytsam, o‘sha tun intelligent futbolchimizni deb emas, balki o‘zimning qiziqqonligim bois keldim u yerga. Bilmadim, nega mistikaga bu qadar qiziqar ekanmiz, biroq, men hech bir shubhasiz bu munosabatlarning asl muddaosini bilaman. Biz kitob sotuvchisining uyiga keldik, u bizni turli katta-kichik eshiklar, loysuvoq uylar va devorlar orqali kattakon bir uyga yetakladi. U yerda yigirmadan ziyod kishi o‘tirgan holda Payg‘ambarni sharaflab na't o‘qirdi. Yo‘lboshlovchimiz bizni ma'qulroq joyga boshladi va yoniga o‘tirishimizni aytdi. Futbolchilar-ku doim shug‘ullanib turishadi, lekin mening chordona qurib o‘tirishim juda noqulaylik tug‘dirdi-ki.

Qayd etilgan