Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz  ( 129669 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 B


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:52:37

Xullas ikkovlari daryo yoqasidagi bir kemani ko‘rishdi va Hizr alayhissalom kemaning bir joyini teshib qo‘ydi. Muso dedi: «Bu teshikni kemadagi odamlar cho‘kib ketsin deb qildingizmi? Siz chindan ham yomon ishga qo‘l urdingiz.» U dedi: Sizga men biladigan narsani bilmaysiz deb aytmaganmidim? Muso dedi: «Mendan g‘azablanmang, aytgan so‘zingizni unutibman, xatoimni kechirgaysiz.»
Shunday qilib ular safarni davom ettirishdi va yo‘lda bir bolani uchratishdi. Hizr alayhissalom uni o‘ldirdi. Shunda Muso so‘radi: «Bu begunoh bolani nega o‘ldirdingiz? Siz chindan ham juda yomon ish qildingiz.» U dedi: «Sizga men bilgan narsani bilmaysiz deb aytmaganmidim?» Muso dedi: «Kechiring, tag‘in unutibman, bu safar sizdan biron nima so‘rasam, meni tark etasiz.»

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:52:44

Ular yo‘lda davom etishdi va bir shaharchaga kelishdi. U yerdagi odamlardan ovqat so‘rashgandi, ular mehmon qilishni istashmadi. Hizr yerda yiqilay-yiqilay deb turgan devorni bir zumda tuzatib qo‘ydi. Muso dedi: «Agar istasangiz, bu ishingiz uchun haq olishingiz mumkin.» U dedi: «Mana shu siz bilan mening ajralishimizga sabab! Mana endi sabr qilolmay so‘ragan narsangizni sharhlab bersam bo‘ladi.
Haligi kema daryoda ishlaydigan kambag‘al kishiniki bo‘lib, men uni cho‘ktirib, shu atrofda daryodagi barcha kemalarni zo‘rlik bilan olib qo‘yayotgan podshohdan asrab qo‘ydim.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:52:52

Bolaga kelsak, uning ota-onasi imonli kishilar edi, biz bu farzandning e'tiqodsizligidan, g‘alayon ko‘tarishidan qo‘rqardik. Biz Alloh ularga o‘sha boladan yaxshiroq bir mehribon va imonli farzand berishini istadik.
Endi devor xususida; u shahardagi ikki yetim bolaga qarashli bo‘lib, tagida xazina bor edi. Ularning otalari haqgo‘y inson edi, Alloh ular imonga kelishlari va xazinani Allohning rahmati sifatida olishlarini istadi. Bu ishlarni o‘z xohishim bilan qilganim yo‘q. Mana siz toqat qilolmagan ishlarning sharhi».

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:53:01

147

Keksa Tongyuquq buni kitobdan o‘qib o‘rgangan emas, balki o‘z boshidan kechirgan. Avval qo‘rqinchli tuyulgan harakatlar, keyincha uning mutlaqo aksiga aylansa, yaxshi ish deb atalgan narsalar ham ana shunday aks o‘zgarishga yuz tutishi mumkin emasmi? Yaxshi niyat yo‘lni do‘zaxgacha olib keldi, deyiladi kitoblarda. O'z faoliyatini birorta Xudoga ham ishonmaydigan xitoy falsafasidan boshlagan Nihon-Sangning o‘zi ham qarama-qarshi tomonga kelib qolmadimi? Barcha elchilar shu darajada vafodorlik qilishdiki, aslida bu butunlay teskari natijalarga olib kelmadimikin? Mashhur «buddist azobi» tushunchasi boshqalarga nisbatan qo‘rqoqlik va e'tiborsizlik kabi nihon topdi, universal nasroniylikka e'tiqod qilish g‘amgin himoyasizlik bo‘lib qoldi. Manixean nadomat hamma narsaga ruxsat berishga aylanib qoldi... Elchilar hayoti buni isbotlab turibdi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:53:08

Lekin Tongyuquq Nihon-Sang hikoyasini berilib eshitdi, chunki u tulki ovlovchilarning so‘nggi maqsad-g‘oyalarini tasdiqlardi. Kunning so‘nggida uning Katta Qaytishi o‘sha haqida edi...
Lekin o‘zimiz-chi?..
Shu yerda Li o‘z xatiga yakun yasagan va men nega Tongyuquq o‘limi bilan boshlangan hikoya uning Katta Qaytishi bilan nihoyalanishini tushunishga harakat qildim. Xuddi Qaytish uning o‘limidan tashqari yuz beradi, deb o‘ylangan kabi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:53:21

148

Tavba, nega endi Tongyuquq hayotini tushunish o‘z hayotimda yordm beradi, deb o‘ylayapman? Nega Turfon-Suchjou yo‘lida tog‘lar bag‘ridagi daryo yoqasida joylashgan Kumush qishlog‘ida to‘xtaganimizda ham ana shu xayolga bordim? Endi, Lining xatini o‘qib bo‘lgach, nega u haqida o‘ylayapman va bundan avvalgi fikrni Tongyuquqning so‘nggi ziyoratiga moslashtiryapman? Yo oxirgi jang to‘g‘risida o‘ylayapmanmi? Kim haqida? Tongyuquqmi? Balki o‘zim va Li xususidadir?
Kumulda ko‘p qimiz ichvolib, ko‘zim ilingan ekan, g‘alati tush ko‘rdim: cho‘milish havzasi oldida o‘tirgan emishmiz va plastik yo qog‘oz oqqush suv yuzasida bizni xushnud qilish uchun suzib kelmoqda ekan. Birdan u tupura boshladi va men uning so‘lagi zaharlanganini sezdim. Agar qimirlasam, u buni sezadi, - o‘yladim men - lekin bu ochiq joyda ham o‘tira olmayman. Shu bois sekingina qo‘zg‘algan edim, oqqush ortimdan ergashdi va qochishdan o‘zga choram qolmadi. Qochar ekanman, ortimdan jodugar ta'qib etib kelardi. Narirog‘dagi devorda chiqish eshigi bor edi, uni itararkan, naqadar og‘irligini his etdim. Lekin undan-da og‘iri eshik ortida ham devor borligi haqida o‘ylash edi. Shu tariqa eshik orqasiga yashirindim - endi u zahar tupurolmadi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:53:35

Lekin alvastini g‘isht devor ortidan keladi, deb kutayotganimda, birdaniga pol shishib, metall panja o‘t ochayotganini ko‘rdim. Shunda metall ustunlar pastga qulab tusha boshladi, men ularning ustimga tushib ketishidan qo‘rqib, tumtaraqay qochardim. Hollivud filmidagi kabi dahshat! Qiyomat qo‘pgan misol.
Hamma qutqaruv uchog‘i tomon yugurgan. Kimdir bilet sotyapti. Baribir, ichkariga kirib oldim. Uchoq qo‘zg‘aladi, uni tashqaridan nimadir tebratib yuboradi. Qo‘mondon filmlardagi singari e'lon qilganda, kinoga tushayotganday sezasan o‘zingni: «Biz ikkita boshqa samolyot noma'lum kuchlar tomonidan garovga olingan platformaga qarab uchamiz». Shunga qaramay, qanotlarimiz ostidagi shahar hanuz biz bilan edi, balki u tog‘ tomondaligi uchun shunday ko‘ringandir yo bu shunchaki dekoratsiyadir, harqalay, farqiga borolmadim.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:53:42

Baribir o‘sha aytilgan platformaga qo‘ndik va hamma uchoqdan tusha boshladi. Men tusholmay chetroqda turibman, chunki beysbol shapkam platformadagi sho‘x bolalar qo‘lida edi va ular «kim shapkasini unutdi» deya meni tashqaridan turib jahlimga tegishyapti. Nihoyat nuragan, vayron bo‘lgan cheksiz-chegarasiz bir yo‘lakka tushib oldim.
Unda qo‘rqinchli labirintlar mavjud, yorug‘likda g‘alati mahluqlar ko‘rinadi, noma'lum kuchning sharpasi yo qo‘rquv yurakni chertadi. Odamlar qayga yo‘qoldi?
Birdan qo‘rquv ichra baqirgancha ikki o‘smir qiz men tarafga yugurib keladi, ularni labirintning yoritilgan tomonidan kelganini sezaman. Yon tomondagi xonaga kiramiz va qizlar baqira ketadi: «U bizni zo‘rlamoqchi. U momiqqina qizlarni kollektsiya qilaman, deb aytyapti!» Dahshat, men ularning ketlaridan qon oqayotganini ko‘raman. Shu mahal barmoqlaridan qon tomayotgan odam ichkariga kiradi. Men uning ikki oyoqlari orasiga tepaman, lekin u hech qanday og‘riq sezmaydi va ustimga yopiriladi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:54:01

149

Yarim tunda tog‘ qishlog‘imizdagi patruldan bo‘lak hamma uyqudaligida, yashirinib tashqiriga chiqdim. Agar patrul sezib qolsa, hayotimning tugashi aniqligini bilardim. Lekin juda ehtiyotkorlik bilan, bildirmay harakat qildim.
Suchjou yaqinidagi xitoylarning Vunfigu degan qishlog‘ida ham shunday bo‘ldi. Yarim kechada buddistlarning g‘origa o‘tish uchun tashqariga otlandim. O'tgan hafta bu yerga uyg‘urlar ziyoratga kelganini bilardim, balki ularning ba'zilari hali ham shu yerdadir, xuddi keksa darvish singari. Lekin u buddist emasdi. Menda Kamol bergan sxema-reja bor edi. Unga ko‘ra, ikkinchi tepalikka tirmashib chiqishim va olti bo‘sh g‘orndan o‘tib, yettinchisiga kirishim lozim edi. Oy yoritib turardi. Qishloqning narigi tomonida itlar hurar, oyoqlarim ostidagi chirildoqlar o‘tlar ichiga yashirinar, men esa tez-tez yurib birinchi tepalikka chiqardim. Lekin ikkinchi tepalik tik qoyaga o‘xshardi. Oy uning orqasida ko‘rinmay qolgan, birinchi tepalikda hayot sasi o‘chgan va men hansiragan nafasim bilan birga qolgandim.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:54:07

Bir daqiqadan keyin o‘zimni o‘nglab oldim-da, yarim metrcha kenglikdagi so‘qmoq yo‘lni topib, oldinga qarab ketdim. Bu so‘qmoqdan foyda yo‘qqa o‘xshar, eng yomoni, miyamda «Bu yerlarda nima qilib yuribman?» degan savol aylanardi. Lekin baxtimga oldimda bir g‘orning og‘zi ko‘rindi. Bu birinchi g‘ormi-yo‘qmi, bilmasdim, harqalay taxminimga suyanaverdim.
Hayot g‘alati-ya. Nafaqat: «Bu yerda nega tentirab yuribman?» balki «Muncha telba bo‘lmasam, tog‘dagi g‘or shunchagi gap emasligini tushunmadimmi?» degan savol ham qiynardi. Bu tamoman qorong‘ilik, mutlaqo yolg‘izlik va dahshatli qo‘rqinch edi. Men uning qirg‘og‘iga o‘tirib, birinchi tepalik ortidagi miltillayotgan ufqqa qararkanman, xuddi orqamdan qandaydir mahluq ta'qib qilib kelayotganga o‘xshardi. Orqaga qaytishim kerakmi? Lekin qaerga? Shu yerda tonggacha qolib, so‘ngra yana qidiruvni davom ettirganim ma'qulmi edi?

Qayd etilgan