"BUYUK FINAL"GA QO'L TEKKIZA KO'RMANG!
Jahon chempionati finallari har xil bo'lgan: oddiysi, zerikarlisi, qiziqarlisi, shiddatlisi, bir jamoaning yaqqol ustunligi, g'irromi va"¦ Shuningdek, ba'zan buyuk finallar guvohi ham bo'lganmiz. 2006 yilgi final ayni shu - oxirgisiga kiradi: "Buyuk final"! Buyukligi shundaki, unda zamonaviy futbolning ikki buyuk jamoasi o'zaro to'qnash keldi. Ular to finalga qadar bir-birlariga munosib o'yin ko'rsatishdi. Guruh bahlaridagi o'yinlari ham bir-biriga o'xshash bo'ldi: Fransiya ham, Italiya ham ikkinchi turdan so'ng pley-offda ishtirok etadimi yoki yo'qmi, kattakon so'roq ostida turgan edi!
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=572&Itemid=1