Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312507 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 49 B


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:52:12

Buyuklar ta'lim va tarbiya haqida



Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
Alisher Navoiy

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:39:31

Britaniyalik boylarning eng yoqtirgan va yoqtirmagan avtomobillari - Swiftcover.com - 2007



Angliyaning Swiftcover.com sug'urta kompaniyasi britaniyalik boylar orasida qaysi avtomobil rusumlari sevimli ekanligini aniqladi. Bir vaqtning o'zida ularning eng yoqtirmagan avtomobillari reytingi ham e'lon qilindi.
Ikki yildan beri reytingda Porsche modeli birinchi o'rinni egallab kelmoqda. Kuchli uchtalikka yana Jaguar va Mercedes-Benz rusumlari kirgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:42:33

Runet spamchilarining eng sevimli mavzulari - Spamtest.ru - 2007



2007 yil noyabr oyi ma'lumotlariga ko'ra Rossiya, shu jumladan rus spamchilari zarbasiga duchor bo'layotgan o'zbek pochta foydalanuvchilariga yuborilgan umumiy maktublarning 75-80 foizini spam tashkil etgan. Eng ommabop spam maktublari mavzusi medikamentlar (salomatlik bilan bog'liq tovar va hizmatlar) bo'lib, 20,8 %ni tashkil etgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:43:52

Dunyoning eng yaxshi va qimmat brendlari - Interbrand 2007



Eng qimmat brend (savdo markasi) qancha turadi? Dunyodagi eng qimmat brend qaysi? Kimning firma logotipi yiliga milliardlab dollar daromad keltiradi? Yaqin kelajakda qaysi brend muvaffaqiyat qozonadi? Ushbu savollarga quyidagi reytingdan javob olishingiz mumkin.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:45:21

Nobel mukofoti sohiblari eng ko’p davlatlar — RBK Reyting 2007



2007 yilning Nobel mukofoti natijalari yaqinda e’lon qilinganidan xabaringiz bor. 1901 yildan beri e’lon qilingan mukofotlarning asosiy qismi AQSh fuqarolariga berilgan. Buyuk Britaniya fuqarolari 94 ta Nobel medali va diplomi bilan ikkinchi o’rinda turibdilar. Nemis olimlaridan 76 nafari ushbu mukofot sohibi bo’lishgan (3-o’rin).

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:46:48

Maxtumquli — valiy shoir



Maxtumquli Firog‘iy XVIII asr ma’rifiy she’riyatining buyuk darg‘alaridan bo‘lib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma’rifatli siymo, orif oshiq, sohibi hikmat bo‘lgan valiy zotdir. Uning insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan she’riyatida pok islomiy ma’rifat ruhi gurkirab, yashnab turadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:48:06

2050 yilda dunyoning eng ko'p aholiga ega davlatlari - BMT 2007



BMTning iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo'limi dunyo aholisining 2050 yildagi holati haqida o'z tahminlarini e'lon qildi. Ekspertlar fikriga ko'ra, 3,3 mlrd. erkak va 3,2 mlrd.lik ayolga ega bo'lgan sayyoramizning aholisi 2050 yilga borib, 1,5 baravarga oshadi va 9,1 mlrd. kishini tashkil etadi. Yarim asrdan so'ng sayyoramizda uchta holat kuzatiladi: aholining umumiy qarishi, tug'ilishning pasayishi va SPID epidemiyasi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:48:45

Benzin eng qimmat davlatlar - The Oil Drum 2007



Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va neft mahsulotlari narhi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft narhi va ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq bo'ladi. The Oil Drum internet portali dunyo davlatlaridagi benzin narhlari ko'rsatkichini o'rganib chiqib, o'z reytingini e'lon qildi. Bu reytingga eng qimmat benzin markasi - "Super Yevro" (bizning AI-95 benzin markasiga mos tushadi) narhi asos qilib olingan. Eng benzin qimmat bo'lgan mintaqa Skandinaviya bo'lib, 1 gallon (3,785 litr) benzin bu yerda 7 dollardan oshadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:49:54

Yevropada oila inqirozi



Bugun dunyo oilaning maqomi to‘g‘risidagi munozaralar avj olgan davrda yashamoqda, U "tushkun" Shimol hamda taraqqiyparvar, lekin qashshoq Janub o‘rtasidagi mafkuraviy to‘qnashuvlar markazida turibdi. Bu to‘qnashuvlarning qoq markazida bo‘lgan Yevropadagi musulmonlar jamoasi o‘z o‘rnini topish va omon qolishga urinmoqda. Madaniyatlar to‘qnashuv taraflar uchun o‘zlikni anglash ma'nosida muhim hayotiy ahamiyatga ega, bugungi kunda hech kim bu jarayondan chetda tura olmaydi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:50:52

Lev Tolstoy musulmon bo'lganmi?



Musulmonlarning «Ollohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad Uning payg‘ambaridir» degan hikmatida hech qanday muammo va sir yo‘q.
Lev Nikolaevich Tolstoy


Lev Tolstoyni O‘zbek kitobxonlariga tanitishga ehtiyoj yo‘q. «Bo‘yi baravar kitob yozgan» (Abdulla Qahhor) ulug‘ adib o‘zidan keyingi davrda yashagan barcha adiblarga o‘z ta'sirini o‘tkazgani ilmda tan olingan hodisa. G‘afur G‘ulom uning «Pervaya kniga»sidan ruscha ilk saboqni olgan bo‘lsa, Abdulla Qahhor Tolstoyning ijodini o‘ziga mahorat maktabi deb bilgan edi.

davomi...

Qayd etilgan