Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 261713 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 49 B


AbdulAziz  11 Yanvar 2008, 22:19:17

Umar Xayyom mayni targ'ib qilgan...mi?



Umar Xayyom ruboiylari deb atalmish she’riy asarlar haqida keng miqyosda gapira boshlandi. Bu ruboiylar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi. Hamma joylarda o‘qila boshlandi. U ruboiylarga mashhur bastakorlar kuy bastalab, xonandalar qo‘shiq qilib aytishdi. Mazkur ruboiylarning odamlarning o‘ziga rom qilishining asosiy sababi, ulardagi mayxo‘rlikning madh etish va unga da’vat kilish, hayotlik chog‘ida maza kilib, iloji boricha lazzatlardan bahramand bo‘lish, bu borada hech kimga, hech narsaga etibor bermaslik kabi narsalar edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2008, 07:28:17

Ehtiyot bo'ling: Zalolatga dalolat qiluvchi kitob



Ko‘plar donishmand deb bildilar o‘zni,
Xudoning zotidan ochdilar so‘zni.
Hech biri bilolmay azal sirlarin,
Aljirab-valjirab, yumdilar ko‘zni
(Xayyom).

Keyingi yillarda "hurfikrlilik"ni niqob qilib olib, xalqimizning muqaddas qadriyatlariga putur yetkazishga, el ichida diniy parokandalik yuzaga keltirishga intilayotganlar paydo bo‘ldi. Bilib-bilmay, bu yo‘lda ularga qo‘shilib, hammaslak bo‘lib qolayotganlar ham yo‘q emas. Chunki ko‘pchiligimiz buning zimnida nima turganini o‘ylab ko‘rmaymiz.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2008, 07:29:16

Odamiylik ko‘rki yoxud salomlashish xususida



Atrofdagi kishilarga mutlaqo e'tibor bermay, o‘zlarining bachkana qiliqlaridan uyalmay bir-birini cho‘lp-cho‘lp o‘payotgan kishilarni ko‘p ko‘rganmiz. Qiziq, xalqimizning urf-odatlarida bunday salomlashish tarzi àvvaldan bormidi yoki madaniy saviyasi kundan-kunga "ortib" borayotgan ayrim zamondoshlarimizning o‘zlari bu odatni "kashf" etishdimi?

davomi...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Yanvar 2008, 12:14:55

Hurmatli Administrator, sizga "KOREYAGA ISLOMNING KIRIB KELISHI" nomli xronologik maqolani yubormoqchiman. Saytga joylash imkoniyati bormi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2008, 13:29:59

Hurmatli Administrator, sizga "KOREYAGA ISLOMNING KIRIB KELISHI" nomli xronologik maqolani yubormoqchiman. Saytga joylash imkoniyati bormi?

Ha, albatta, pochtamga rasmlari bilan birgalikda yuboring.
Inshaalloh saytga joylayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Yanvar 2008, 15:30:23

Koreyaga Islomning kirib kelishi (tarixiy sanalarga muhrlangan voqealar)



Arab musulmonlarining Koreya yarimoroliga kirib kelishi 9 asrning o'rtalariga to'g'ri keladi.Ular janubiy dengiz yo'llari orqali Xitoy va unga chegaradosh xududlarga savdo qilish uchun kirib kelishgan. Garchi bu davrda ularning Islom dini targ'ibot qilishlari hech qanday ta'sir kuchiga ega bo'lmagan esa-da,shu davrga oid arab buyumlari Koreya yarimorolidan topilganligi ko'p narsaga oydinlik kiritib turibdi. 13-14 asrlarga kelib, Koreya yarimoroliga arab savdogarlarining kirib kelishi faollashgani bilan yodda qoladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2008, 02:31:35

Bu maqolani o'qib qattiq ta'sirlandim .1995 yilda Toshkentning eski shahar dahasida mo'jazgina hovlida yashardik.Honadonimizda nonvoyhona bor edi....Bir kun kechasi yonimizdagi masjiddan yoqib yuborish uchun deb 6-7 qopda kitoblar olib chiqishdi.Nonvoylar ishlarini bitkazib bo'lgach bu kitoblarni hammasini yoqishdi.Turmush o'rtog'imdan qanday kitoblarni yoqdinglar deb soradim Tavrot va Injilni har turlisiz dedilar.Bu kitoblarni shunchasi qanday qilib masjidga kelib qolibdi deb hayron bo'lganimda masjid imomi kimni qo'lida shunday kitob bo'lsa bizga olibkelsalar o'rniga Quroni karim beramiz deb e'lon qilgan ekanlar ,ikki kunda shuncha yig'ilibdi deb alam bilan javob bergandilar...

Bu haqda bir mushtariyimizning yozganlari:

Assalomu alaykum hurmatli Ziyouz.com sayti xodimlari, Davronbek aka!
Men bu maktubni yo‘llashdan oldin Sizdan Umar Hayyom haqidagi fikrlarimni yozishni so‘ragan edim. Javob oldim. Bilasizmi, Xayyom to‘g‘risidagi manbalarni yana bir bor kuzatib chiqmoqdaman. Imkon topsam va dalillar keltira olsam xabar yetkazish ko‘nglimda bor.
Ammo meni qiziqtirgan, xushyorlikka chaqirgan maqola (muallifi Zuhriddin Isomiddinov.U kishini men kitoblarini o‘qib, adabiyotshunos-tarjimon sifatida bilaman) «Ehtiyot bo‘ling: zalolatga dalolat etuvchi kitob» ga munosabat bildirish bo‘ldi.
Men Navoiyda yashayman. Haftaning shanba kuni shahar markazida bozor-yarmarka bo‘ladi. Odam gavjum ko‘chada har hafta shanba kuni xristianlikni targ‘ib qiluvchi tekin kutubxona ham faoliyat olib boradi. Bilmadim, ular o‘z kitoblarini missionerlik maqsadida tarqatadimi yo boshqa maqsaddami"¦ Ulardan xushyor bo‘lish lozimligini talabalarga doim uqtirib boraman.
Endi maqolaga qaytadigan bo‘lsak. Maqolada tilga olingan asar va uning muallifi A.Abdurahmonovning go‘yoki Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asariga qiyosan yaratgan (nomi o‘zlashtirilgan) «Saodatga eltuvchi bilim» (Xos Hojib 
asari ham shu nomda tadbil etiladi) kitobi va uning salmoqdor hashamiyu, qimmat puli (usti yaltirog‘u, ichi qaltiroq) meni ajablantirib kelardi. Bu katta ko‘rinishga ega bo‘lgan kitobni sotuvda ko‘rib xalqimizning va adabiyotimizning ilk badiiy dostoni «Qutadg‘u bilig» nashr etilibdi, deb quvongan edim.
Men A.Abdurahmonov haqida biror bir ma’lumotga ega emasman. Maqolani o‘qib yozuvchi O’tkir Hoshimovning bir hajviy hikoyasi yodimga tushdi. Hikoyada bir «iste’dodli yozuvchi» va uning «o‘qimishli asarlari» hamda nashriyotni bezor qilib yuborgani bayon etiladi. Nashriyot direktori «yozuvchi»dan agar asar yozmasangiz, shunga ketadigan harajatlarni sizga beramiz, deb iltimos qiladi. Negaki, o‘sha yozuvchining asari uchun ketgan qog‘oz, sarfu harajatlar"¦ Xullas, keyingi paytlarda bunday «ijodlar»ko‘payib ketayotganligi maqolada o‘rinli qayd etilgan.
«Tafakkur» urnalida olim A.A’zamovning «Fan va din: odamning yaratilishi» deb nomlangan turkum maqolalari e’lon etilgan edi. Olim olam va odam to‘g‘risidagi fan va diniy qarashlarni dalillar orqali isbotlab bergandi.
Hurmatli tahririyat xodimlari, agar imkoni bo‘lsa, maqola muallifi Z.Isomiddinovga mening cheksiz tashakkurimni yetkazsangiz. Negaki, ushbu maqola yoshlarimiz ongida diniy qarashlarga , har kitoblarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi, shubhasiz.
Ziyouz.com saytidan doim ana shunday dolzarb mavzudagi maqolalarni kutib qolamiz. Aytadirku, bolani piyolani sindirib qo‘ygandan keyin urishning foydasi yo‘q.
Sizlarga ehtirom bilan Zarif Quvonov.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2008, 08:19:32

Yevropa papirusga yozayotganda



Nafaqat kitobatchilik sohasi, balki umumbashariy madaniyatning shakllanishi va rivojlanishida qog‘ozning kashf etilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qog‘oz ixtiro etilgunga qadar qadimda qo‘lyozma kitob uchun ashyo sifatida papirus, teri, pergament, gazlama-mato, suyak, sopol, daraxt po‘stlog‘i va taxta kabilardan foydalanilardi. Har biri muayyan davr uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu yozuv vositalari ba'zi bir kamchilik va nuqsonlardan ham xoli emasdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2008, 08:20:21

"œShohnoma"ning qalam haqi



O‘tmish ajdodlarning hikoyalariga ko‘ra, Firdavsiy "œShohnoma"ni 40 yoshida boshlagan. Bu milodiy 980 yillarga to‘g‘ri keladi. Unga o‘sha paytdagi Tus viloyatining hokimi Qutayba kitob yozish uchun barcha  sharoitni muhayyo qilib beradi. Uni barcha soliqlardan ozod qilib qo‘yadi. Firdavsiy "œShohnoma"ni yozayotganda uning yonida hamisha Abu Do‘laf degan kishi roviylik qilib turadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Fevral 2008, 02:18:04

Har yerda hozir «ko‘lanka»



Italiya mafiyasi mamlakat taraqqiyotiga hamon g‘ov bo‘lib qolmoqda

Mafiya haqida so‘z ketsa, ko‘pchilik tasavvurida tsezarlar yurti Italiya gavdalanadi. Bu holatni birgina mamlakatning mafiya vatani bo‘lgani bilan izohlash yetarli emas. Yevropaning «yuragi»da joylashgan Italiyada, yana deng, ma’rifat asri sanalgan yangi yuz yillikda, hali ham mafiyaning, ya’ni noqonuniy jinoiy to‘dalarning ta’siri kuchli ekanini ko‘rish mumkin.

davomi...

Qayd etilgan