Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313059 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 49 B


AbdulAziz  05 Fevral 2008, 02:18:11

Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi...



2007 yilning muhim siyosiy hodisalariga nazar

Turli ixtilof va ziddiyatlar makoniga aylangan ko‘hna zamin o‘tgan 2007 yilda ham turfa voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, yarim asrdan buyon dunyo hamjamiyatini o‘ylantirib kelayotgan Yaqin Sharq masalasi o‘tgan yilda yanada chigallashdi. Falastin-Isroil tortishuvi, Iroqdagi harbiy harakatlar, Eron yadro tadqiqotlari bilan bog‘liq mojaro ustiga Livan va Pokistondagi siyosiy inqiroz qo‘shildi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2008, 10:42:41

Do‘ppi afzalmi yoki beretka?



Bir birodarim bor. Goh-gohida o‘ziga mehr qo‘ygan birodarining arzimas mayda-chuyda narsalarni deb "devor suyatib" ketishini hisobga olmasak, o‘zi ochiqko‘ngil odam. Bir zamonlar hammamiz ham-ku shunday edik, biroq bu muhtaram zot o‘zini chinakam baynalmilal daholar kabi tutadi. Qachon qaramang, boshida yortiqalpoq (beretka)! Do‘ppi yoki qirrali shapka, yo bo‘lmasa soyaboni kengroq shlyapa kiyishni maslahat bersang, baloga qolasan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2008, 10:43:57

Kitobning o‘rniga... «sotka»



Yaqinda sartaroshxonaga kirib besh-olti nafar yoshlarga ko‘zim tushdi. Ular uyali telefonda gaplashardi. Beo‘xshov, nodonlarcha hazil qilishib kulishlari g‘ashimga tegdi. Noiloj ularga so‘z aytishga botindim:

- Ukalarim, o‘quvchi yo talaba bo‘lsalaring kerak. Bir narsa so‘rasam maylimi?

- So‘rayvering, - deyishdi ular birvarakayiga.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2008, 10:45:05

Fillar haqida gaplashamiz



Sayyoramiz ajoyib va g‘aroyib hayvonot olamiga boy. Iqlim sharoiti va boshqa sabablarga ko‘ra­ ularning ko‘pchiligi mamlakatimiz hududida uchramaydi. Odamlarni hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishtirish, qolaversa, yoshlarga bu jonivorlar xususida tasavvurni shakllantirish maqsadida hayvonot bog‘lari tashkil etiladi. Ana shunday maskanlardan biri poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2008, 10:46:45

Samarqandlik mutafakkir



"œShu yerning ob-havosidan bahramand bo‘lib kamol topsangu uning sharafini himoya qilmasang, (ona diyoring) oyoq osti bo‘lishi, qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ysang, nobakor ajnabiy o‘z vatani shon-shavkati uchun sening ota-bobolaringning qoni to‘kilgan yeringni vahshiylarcha toptab, qoningni simirsa va uni o‘zining axlatxonasiga aylantirsayu sen hissizlarcha qarab tursang yoki undan qochsang, o‘zing uning g‘oratlanishiga ko‘maklashsang, unda sen bu vatanning nomusli va sodiq farzandi emassan".
Saidrizo Alizoda, "œTurkiston — bizning vatanimiz", 1920 yil.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2008, 10:47:46

Jyul Vern... O‘zbekistonda



Bolaligimizda Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan», «Kapitan Grant bolalari» asarlarini sevib o‘qiganmiz, Nemo bilan suv ostida 80 ming lyolik safarlarga chiqqanmiz. «Sirli orollar»ga borib qolganmiz, ajoyib sarguzashtlar guvohi bo‘lganmiz. Bu haqdagi filmlarni televizor orqali qayta-qayta ko‘rib to‘ymaymiz. Odamlarni jasoratga, adolatga da'vat etuvchi bu qahramonlarning hammasi umr bo‘yi biz bilan birga.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:35:24

Tanganing ikkinchi tomoni



"Demokratiyani ko‘rsatma bilan emas, shaxsiy namuna orqali tashviq etgan ma'qul"

So‘nggi paytlarda dunyo maydonida ro‘y berayotgan ziddiyatlar va siyosiy mojarolar demokratiya borasidagi munozaralarni yana ham kuchaytirmoqda. Bunga esa ixtiloflar davrida demokratiya da'vosidagi davlatlar tomonidan olib borilayotgan ikki tomonlama siyosat sabab bo‘lmoqda. Buyuk Britaniyaning "The Guardian" gazetasida e'lon qilingan quyidagi maqolada ham ana shu munozarali mavzuda so‘z yuritilgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:36:45

Livan urushi aybdori kim?



Oradan ikki yilga yaqin vaqt o‘tsa-da, Isroil mag‘lubiyat sababchisini topa olmayapti

Nihoyat, Isroil jamoatchiligi bir yildan oshiqroq kutgan hodisa ro‘y berdi: mamlakat armiyasi tomonidan Livanga qarshi olib borilgan urush bo‘yicha tekshiruv olib borgan komissiya yakuniy xulosalarini e'lon qildi. Sobiq sudya E. Vinograd boshchiligidagi mustaqil komissiya xulosalarini mamlakatdagi siyosatdonlar ham, oddiy fuqarolar ham intiqlik bilan kutishayotgandi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:37:20

Axborot asosiga qurilgan "œimperiya"



G‘arb davlatlarida axborot sohasi katta daromad keltiruvchi biznes faoliyatiga aylanganiga ko‘p vaqt bo‘ldi. Rivojlangan jamiyatlarda bir qator ommaviy axborot vositalarini o‘z nazoratiga olgan alohida davlatmand toifa — mediamagnatlar guruhi shakllandi.
Asli avstraliyalik Rupert Merdok dunyoga nom taratgan mediamagnatlardan biri. Uning faoliyati hozirga qadar ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:39:22

Qalblarni larzaga solgan xirgoyi



Tog‘ay Murodni shaxsan tanish, hamsuhbat bo‘lish nasib etmagan, lekin uni yozuvchi sifatida taniganimga ancha bo‘ldi. «Oydinda yurgan odamlar» qissasini o‘qiganimda ismsiz bir taassurot ichida qolganimni eslayman: mazza qilib o‘qiganim rost-u, birovga aytib bergudek voqeasi yo‘qdek edi-da!.. Qahramonlari ham binoyidek-u, insho yozganingda «Falonchiga o‘xshagim keladi» deydigan emas-da!..

davomi...

Qayd etilgan