Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312823 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 49 B


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:33:14

Komputerda terasizmi yo qo’lda?



Zamonaviy odamlar qo‘lda emas, ko‘proq kompyuterda yozishga intilishadi. Yangi texnologiya vositalarini bilganlar uchun bu nihoyatda oson va qulay usul. Bir tekisdagi harflar ish natijasini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatadi. XX asrda yozuv mashinkalari va kompyuterlar kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib keldi. Yozish va nashr qilish jarayonlari bir necha baravar osonlashdi, tezlashdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Fevral 2008, 15:37:59

Ossuriya kabutari



Bag‘doddan 90 km. uzoqlikda ko‘hna Vavilonning qoldiqlari mangu qo‘nim topgan. Shahar degan maqomni allaqachon yo‘qotgan bo‘lsa-da, mazkur yodgorlik hali ham uning shonli tarixidan mujda berib turibdi. Uning asoschisi - moziy malikalaridan biri Semiramida hisoblanadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Fevral 2008, 15:39:44

O’zbek dasturxoniga marhamat!



NAHORGA OSH

... Deylik, ko‘z o‘ngimizda bezatilgan dasturxon. Aqlu zakovat mahsuli — non, shirinlik, meva-chevayu ichimliklar, quyuq-suyuq taomlarning kishi tanasini quvvatlantirish, sog‘lomlantirish, turli xiltlardan poklash va tozalash xususiyati borligi ayni haqiqatdir. Noz-ne’matlarning nimadan, qanday qilib tayyorlanishi haqida fikrlash lozim bo‘lsa, bu manzaraning davomini pazandalik san’atiga ulash o‘rinlidir.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Fevral 2008, 07:56:09

Fan, koinot va taqdiri azal



Ikkinchi jahon urushi boshlanishi arafasida dushman samolyotlarini payqashda ish beradigan radiolokator qurilmasi bunyod qilindi. Ushbu qurilmani takomillashtirish urush tugaganidan keyin ham izchil davom ettirildi. Fikri-zikri urush g‘alvalari bilan band olimlar sekin-asta kundalik turmush ishlariga qayta boshladilar va radiolokatorlar orqali koinotni o‘rganishga bel bog‘ladilar.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Fevral 2008, 07:57:31

Hayotbahsh "œsharbat"



Tanimiz otashi, jonimizdir qon,
Nechun uning joyi misoli zindon?
Nechun to‘kiladi u juda oson,
Nechun arzon bo‘ldi bu arzanda jon.
Abu Ali ibn Sino

Inson tanasida kechayu-kunduz oqib turuvchi qon chindan ham jon kabi aziz ne'matdir. Qadimdan uning o‘ziga xos sirli xususiyatlarini kishilar turlicha talqin qilganlar, jumladan,  tiriklik belgisi deb, hayvon so‘yib, qon chiqarish, «qurbonlik qilish» yo‘li bilan esa har xil falokatlarning oldini olish mumkin, deb o‘ylashgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Fevral 2008, 07:17:20

Nafs...



Sinov (Ertak)

Qadim zamonda bir shahri azim chetidagi katta ko‘lda juda ko‘p baliqlar bo‘lgan ekan. Lekin ko‘l jonzotlarini tutib yeyish xavfli hisoblanarkan, ba'zi kunlari zaharli, ba'zi kunlari esa zaharsiz bo‘lib qolar ekan. Qaysi vaqtda zaharli bo‘lishini hech kim bilmasmish. Ochko‘z bir boy nafsi hakalak otib, o‘sha baliqlarni tutib yegisi kelibdi. Har qanday xavf-xatarni unutib, o‘z xizmatkorlariga bu baliqlardan keltirib, qovurishni buyuribdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Mart 2008, 08:23:29

Davlat rahbarlari qancha maosh oladi? - Hay Group 2008



Davlat va hukumat boshliqlarning siyosiy faoliyati, shaxsiy  hayoti keng omma nigohi va kuzatuvida bo‘lishi tabiiy. Xususan, siyosiy arboblarning moliyaviy imkoniyatlari, qancha daromad topishiyu nimalarga sarf etishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham jamiyatdagi turli toifa vakillarini birday qiziqtiradi, e'tiborini jalb etadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Mart 2008, 08:24:43

Halol...



Barcha ezguliklarning, xayr­li ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik... Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar... Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Mart 2008, 08:01:10

G’alati ssenaritli to’y



To‘y - millat ko‘rki, ta'bir joiz bo‘lsa, uning yuzi. Unda millatning  o‘tmishi bugungi ahvoli, moddiylikdan to ma'naviy qiyofasigacha aks etadi. Bu ko‘zgudan eng avvalo to‘y «aybdorlari» - kelin va kuyov joy oladilar. Kelinning qarindoshlari kuyovni kuzatsa, kuyov tomon kelinga qiziqadi. Ko‘zgu - baribir ko‘zguda. Unda hamma narsa bor holicha ko‘rinadi. Men ham yaqinda ko‘zgudagi juda ajablanarli holatga guvoh bo‘ldim.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Mart 2008, 08:02:24

Dunyo tillari ikki baravar qisqaradi



Yashash uchun turli tillar o‘ylab topilgan edi. Odamlar yana yashash uchun ularni o‘zlari qisqartirmoqda. "Qachonlardir odamlar Yer yuzida juda baxtli hayot kechira boshlashibdi. Ular shu qadar farovonlik va to‘kislikda yashabdilarki, o‘z imkoniyatlaridagi deyarli barcha narsalarga erishibdilar. Shunda chegara bilmas inson istaklari yettinchi osmonga yetishmoqni xohlab qolibdi va insoniyat buning uchun osmono‘par minora bino qilishga kirishibdi.

davomi...

Qayd etilgan