Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312861 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 49 B


AbdulAziz  05 May 2008, 02:55:55

Bethoven: Turfa zarbalarga munosib javob



To‘lqinlari sabrsizlik bilan jo‘sh urayotgan Reyn daryosining sohillarida qad rostlagan kichkinagina Bonn shahri. Chekka hududlarda har qanday rang-barangliklarsiz o‘tgan oddiy bolalik. Lyudvig va uning ukalari onasidan ancha erta ayrildilar. Ota o‘g‘illari uchun me'yoridan ortiq darajada qattiqqo‘l, buning ustiga sharobga mukkasidan ketgan, shu bois oilani tebratishga qodir emasdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2009, 09:36:58

G’arb tamadduni: inqiroz alomatlari



... jinsiy inqilobning ommalashuviga xizmat qilgan, "erkin qizlar" hayotini o‘ta jozibali tarzda ko‘rsatgan ommaviy madaniyat ta'sirida ayollarda jamoatchilik nazaridan qolish, Yaratganning nafratiga uchrash, obro‘-e'tibordan judo bo‘lish, gunohdan qo‘rqish hissi so‘na boshlaydi. Ayolning eri va bolalari bo‘lishi tabiiy hayotiy ehtiyoj ekani haqidagi tasavvurlar ustidan kulib kelindi. Bugungi kunda jamiyatimizda ayolni onalik vazifasidan butkul mahrum etishga intilayotgan kuchlar paydo bo‘ldi...

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2009, 09:39:07

Fan va din: qayta tirilish



U (Olloh) albatta sizlarni (Odam avlodlarini) hech shak-shubhasiz bo‘lgan qiyomat kuniga to‘playdi. (Qur'oni karim, "Al-Haaqqa"surasidan)

Qiyomatning muqarrarligi

Bas, qachon yulduzlar o‘chirilgach va qachon osmon yorilib-ochilgach va qachon tog‘lar sochilgach va qachon payg‘ambarlarga belgilangan vaqt kelgach... ("Val-Mursalot" surasidan)

Monoteistik (monoteizm - yakkaxudolik) dinlarning barchasida bir kun kelib Yer deb ataluvchi sayyorada qiyomat qo‘pishi bashorat qilinadi. Demak, bu dinlarga e'tiqod etuvchilar, jumladan, ahli islom uchun qiyomatning ro‘y berishi - shaksiz haqiqat.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Aprel 2009, 07:19:07

Turkiston xalqlari qo’llagan taqvimlar



Taqvim - vaqt o‘lchovlari-kun, hafta, oy, yilni xisoblash tizimi. Vaqt o‘lchovlarini belgilash tabiat xodisalarining samoviy yoritkichlar harakati bilan bog‘liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligiga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi mavjud.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Aprel 2009, 07:20:58

Tutanxamon xazinasi



1893 yil Frantsiya arxeologi Loret Amenofis II maqbarasini topgan va uning atrofida yana 13 ta boshqa jasadlar bo‘lganligini aniqlagan. Eng fantastik kashfiyot malakali misrshunos olim Karter va uning boy homiysi Lord Karnavonlar tomonidan 1922 yilda sodir bo‘lgan. 1903 yildan boshlab keyingi bir necha yillar davomida amerikalik sayyoh Teodor Devis Shohlar vodiysida qo‘l tegmagan birorta maqbara topish umidida tinmasdan qidiruv ishlari olib borgan, lekin natija bo‘lmagan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Aprel 2009, 07:24:22

Al-Hakim at-Termiziy



Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma'lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad'u sha'ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Aprel 2009, 07:30:10

Abu Iso at-Termiziy



Uning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam'oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham atalganini, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:15:16

Axborot jamiyati: xayolot emas, haqiqat

Muvozanat va murosa - yangi davr tamaddunining ikki mehvari



Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan xalqaro miqyosdagi anjumanlarning birida daniyalik jurnalist Maykl Andersen bilan tanishib qoldim. U Kopengagen radiosining Markaziy Osiyo bo‘yicha muxbiri ekan. Ma'lumki, aksariyat G'arb jurnalistlari biryoqlama tanqidga xiyla o‘ch bo‘ladi. Shov-shuv, sensatsiya hukmron bo‘lgan muhitda kimnidir badnom etish, sha'nini yerga urish odatiy hol o‘laroq qabul qilinadi. Ba'zida esa bunga xolislik va jonkuyarlikdan ko‘ra g‘arazgo‘ylik mayllari ko‘proq aralashadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2009, 18:09:56

Vujuddagi ikki dengiz



Kurrai zaminda ikki turli dengiz bor: biri - chuchuk suvli, ikkinchisi - sho‘r suvli, Ummonlar ostidagi bu dengizlar yonma-yon oqadi, ammo suvi bir-biriga qo‘shilmaydi. Olimlar sho‘r va chuchuk suvli dengizlarning o‘rtasida qandaydir ko‘z ilg‘amas parda-to‘siq mavjudligini yaqindagina kashf etishdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2009, 18:11:19

«Onasi o’pmagan qizlar» qani?



Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo‘qolsa, hech kimda vijdon ham qolmaydi. U holda dunyoda tartib buziladi. Kishilar bir-birlariga befarq qaraydigan bo‘lib qolishadi.
Husayn Voiz Koshifiy

Libos - millatning madaniyat belgisi, ma'naviyat timsoli, qadriyatning bir ko‘rinishi. Dunyoda hamma narsa qatori madaniyat va qadriyatlar ham globallashuvi xalqlarning milliy ma'rifati ramzi bo‘lmish liboslarga chang solyapti. Bu, ayniqsa, ayollarimizning kiyimlarida ko‘zga yaqqolroq tashlanyapti.

davomi...

Qayd etilgan