Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 311011 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 49 B


AbdulAziz  30 May 2009, 18:12:16

Qalbga urilgan nishtar

XXI asrda axborot bilan zombilashtirish



Sarmoyadorlar muzokara olib borishayotganida yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashayotganida sodir bo‘ladigan tushunishimiz qiyin g‘ayritabiiy hodisalarni ko‘p marta kuzatganmiz. Juda puxta tayyorlangan va katta foyda kutilayotgan savdo sarmoyadorning hatti-harakati keskin o‘zgarib qolishi natijasida birdaniga fojeali darajada zararli oldi-sotdiga aylanib qoladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 May 2009, 18:13:13

Quyosh necha yoshda?



Allohdan o‘zga hech bir borliq azaliy emasdir. Undan o‘zga hamma narsaning boshlanishi bor. Quyosh ham Allohning bir asari bo‘lgani uchun u ham qachondir yaratilgan. U holda quyoshning yoshini hisoblash mumkinmi? Albatta-da! Olimlar quyosh 4 600 000 000 (to‘rt milliard olti yuz million) yoshda ekanini aytishmoqda. Keling, quyoshning kimyoviy reaktsiyalar natijasida qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqaylik.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Iyun 2009, 23:53:59

Haqsizlikning achchiq qismati



Fuqarolar urushida erishgan g‘alabalaridan mag‘rurlanib, jahon inqilobi vasvasasiga tushgan sovet Rusiyasi qonli tig‘ini Sharqqa qaratdi. Dastlab, xalqaro me'yorlarga zid ravishda, 1920 yil fevralida Xiva xonligi tugatildi va sovetlashtirildi. Sharqqa eltadigan muhim strategik makondagi Buxoroning mustaqil yashashi ham sovet Rusiyasiga yoqmadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Iyun 2009, 23:55:28

Kashfiyotchidan chiqqan ixtirochi



Bashariyat tarixidagi buyuk aql-zakovat sohiblaridan biri bo‘lgan Albert Eynshteynning olamshumul ilmiy kashfiyotlari ko‘pchilikka ma'lum. U yaratgan ikkita kashfiyot - maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalari ilm-fan dunyosidagi eng muhim ta'limotlar sirasiga kiradi. Agar muayyan tarixiy davrga o‘sha kezlarda yaratilgan yangiliklar nuqtai nazaridan baho beriladigan bo‘lsa, yigirmanchi yuz yillikni Eynshteyn yoki nisbiylik nazariyasi asri deb nomlash mumkin.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Iyun 2009, 23:01:56

Ixtilof davri o‘tdi. Endi muloqotga!



Bu hodisa ko‘pdan beri kutilayotgandi va u yaqin muddat ichida ro‘y berishi shart edi. Negaki, bir yarim milliardlik Islom dunyosi o‘z savollariga javob istayotgandi. Aks holda, G‘arb va Islom dunyosi o‘rtasidagi yuzaga kelgan jarlik chuqurlashishda davom etishi aniq edi. Tarixiy vazifani amalga oshirish esa Amerikaning birinchi qora tanli prezideti Barak Obama zimmasiga tushdi va u, kuzatuvchilarga ta'biriga ko‘ra, missiyani muvaffaqiyatli uddaladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyun 2009, 09:01:47

TV, bolalar va biz



Hozirgi kunda ko‘p ota-onalar bolalarni tinchitishning eng oson yo‘lini bilib olganlar. Savol bilan yonimizga kelgan farzandimizning jajji qo‘lchalariga pultni topshirib "Bor, televizor ko‘r", deya oq fotiha beramiz-da, uni ekran yoniga jo‘natamiz. Aksariyat bolalar televizorga kun bo‘yi tikilib o‘tirishdan ham charchashmaydi. Ular ko‘radigan kanallar ham ko‘p: Jetix, Nickelodeon.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2009, 00:52:57

Dahomi yoki zamondan o‘zib ketgan telba?



Nyu-York, Ist-Xyuston ko‘chasi, 48-uy. Bu manzilda g‘alati, ko‘zlari allaqanday nur sochuvchi odamovi olim yashardi. Uning graf Drakulaning qarindoshi va quyosh nuriga chiqa olmaydigan vampir ekanligi  haqida mish-mishlar yurar, uning yer sharini bo‘laklarga bo‘lib tashlashga qodir qurol yaratgani haqida gapirishardi. Bu shaxs Nikola Tesla edi. Aslida, Teslaning Drakulaga hech qanday aloqasi yo‘q, Quyoshdan esa qochishi rost edi, chunki u tez-tez elektromagnit maydoni ta'siriga tushib qolar, miyasi o‘ta sezgir qobiliyatga ega bo‘lardi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2009, 09:25:19

Moliyaviy inqiroz ildizi qayerda?



(Birinchi maqola)

Davom etayotgan iqtisodiy inqiroz oddiy odamlar uchun ko‘pam tushunarli bo‘lmagan ajabtovur iboralarni muomalaga kiritdiki, bu yanada ko‘proq vahimaga sabab bo‘lmoqda. «Real iqtisodiyot», «Chayqov kapitali», «moliyaviy pufak» singari g‘ayrioddiy iboralar to shu paytgacha ko‘pchilikka noma'lum edi, inqiroz tahliliga bag‘ishlangan maqolalar, nashrlar ko‘paygani uchun bu gaplar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2009, 09:26:43

Inqirozdan olingan saboq (yoxud G’arbning ko‘zi ochildimi?)



(Ikkinchi maqola)
 
Inqirozning ibtidosi

Global moliyaviy inqiroz Lehman Brothers deb nomlangan eng obro‘li moliya tashkilotining sinishi bilan boshlandi. Kompaniya rahbariyati tashkilot inqirozini 13-14 sentyabr, ya'ni dam olish kunlari rasman e'lon qildi. So‘ngra dushanba kuniyoq Bank of America boshqa bir mashhur bank -  Merril Lynch investitsiya bankini sotib olganligi to‘g‘risida bayonot berdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2009, 09:28:25

Suvlar bormi — bir tush aytsak... 



Bobom rahmatlining ibrat olsa arziydigan jihatlari, mo‘minga xos xislatlari bisyor edi. Ayniqsa hamma narsaning uvoli bor, isrofdan saqlanish kerak, deb ko‘p aytardilar. Ariqdan oqib kelgan non burdalarini chetga olib qo‘yarkanlar, boshlarini afsus bilan chayqardilar. Suvda mag‘zava, turli chiqindilar oqib kelsa, bizga ko‘rsatib nasihat qilardilar: "Suvni iflos qilgan, nojoiz narsalar tashlagan odam ko‘r bo‘ladi, hamma narsani o‘z joyiga qo‘yishga o‘rganinglar".

davomi...

Qayd etilgan