Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 310355 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 49 B


AbdulAziz  22 Iyul 2009, 09:30:00

Chimildiqsiz o‘tayotgan to‘ylar



Makoniga sodiq o‘rdaklar

Bir paytlar o‘g‘illarimiz qiziqib o‘rdak boqqandi. Yigirmatacha parrandadan o‘lib-netib, so‘yilib ketib, oxiri bir juft ona-bola o‘rdaklar qolishgandi. Shu jonivorlarni uyimizdan ancha naridagi dala hovli xizmatchisiga qopga solib berib yubordik. Xizmatchi ko‘p o‘tmay o‘rdaklar yo‘qolib qolganini aytdi. Ehtimol, bu mahalladagi sho‘x bolalarning ishlarimikin, degan taxminda e'tibor bermadik.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2009, 04:31:02

Millionlarga ishonmang!



Elektron pochtangizni tekshirasiz. Sizga xat kelibdi. Yo'q, spam ekan. O'chirishga chog'lanasizu, beixtiyor o'sha spamga qo'yilgan sarlavhalar e'tiboringizni tortadi. Ingliz tilida "Tabriklayman, siz yutdingiz!", "Pul yutug'ingizni oling!", "Mana sizga millionlar!", "Siz lotoreya g'olibisiz!", "Bu juda muhim!", "Eng yaxshi biznes-taklif" so'zlari katta harflar bilan yozilgan. Iye, bunisi qanday bo'ldi, qachon, nimada g'olib bo'libman, deb xatni ochasiz. Xabar qisqa. "Sizning e-mail adresingiz lotoreyada g'olib bo'ldi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2009, 04:33:05

Internet injiqliklari yoxud blok qilingan saytlar xususida



Internet yordamida ma'lumot topish kerak bo'lganda ko'pincha "google" qidiruvidan foydalanaman. Ba'zan ish osonga ko'chadiyu, ba'zan umuman boshqa ma'lumotlarni taqdim etishi asabni buzadi. Mana, topdim, deb navbatdagi manzilga kirmoqchi bo'lganimda u qolib, qandaydir msn.com ga tushib qolaman. Sabab - u saytga blok qo'yilgani, ya'ni kirish va foydalanish taqiqlangani!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Sentyabr 2009, 04:27:31

O’rta asrlar robot ustasi - Abul-Iz al-Jazariy



Ma'lumki, atropomorf, ya'ni odamlarnikiga o‘xshash harakatlarni, yoki biror tirik organizmning ba'zi funktsiyalarini qisman yoki to‘liq bajara oladigan mashinalarni - robotlar deb ataymiz. Robot atamasi ilk bor 1920 yilda chex yozuvchisi K.Chapekning «R.V.R.» pesasida mexanik odamlarga nisbatan ishlatilgan. Mashina va tirik organizm orasidagi aloqa hamda nazorat va boshqaruvni o‘rganuvchi fan - kibernetikaga esa 1948 yilda ingliz matematigi Viner asos solgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2009, 05:23:55

Mo’jaz koshona



O'zbek xonadonida intizorlik bilan kutilgan va hammaga xursandchilik ulashgan jajjigina chaqaloqning dunyoga kelishi o‘z navbatida ota-onasiga jiddiy mas'uliyat ham yuklaydi. Yangi mexmonni ma'nan va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazish ana shunday vazifalardan hisoblanadi. Bolani jismonan yetuk qilib voyaga yetkazishda o‘zbek millati asrlardan beri beshikka tayanib kelmoqda.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2009, 05:11:53

Manfaat va xolislik muammosi



Nega bashoratlar hamisha ham  o‘ng kelmaydi?

Xalqini farovon, Vatanini obod ko‘rish orzuligicha qolib ketsa, boshqa birov uni hayotining mazmuniga, dasturilamaliga aylantiradi: rejalar tuzadi; tavsiyalar ishlab chiqadi; eng muhimi, sinchi sifatida tahlil va voqealar rivojiga asoslangan holda muayyan bashoratlar qiladi. Mabodo, ular ko‘ngildagidek chiqmasa, jug‘rofiy-siyosiy jarayonlarni xalqi, Vatani manfaatiga mos o‘zanga burish taraddudiga tushadi. Bu - tabiiy.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2009, 11:17:24

"œSaddi Iskandariy"ning bosh qahramoni kim?



Hazrat Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostoni prototipi aslida bizning ajdodlarimizdan biri emasmikan, degan fikr ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Negaki, har bir asarida milliylik ufurib turgan, turkiylar sha'nini yuksaltirishdek oliyjanob maqsad yo‘lida butun umrini sarflagan buyuk shoir "Xamsa"dek yirik asarida o‘z maslagini yanada kengroq amalga oshirishga intilgan bo‘lishi tabiiy.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2009, 11:18:25

Germaniya: konservatorlar va liberallar ko‘chasida bayram...

 Yoxud yangi hukumat taraddudi

   27 sentabr kuni Germaniya bundestagi uchun o‘tgan saylovda mo‘'jiza ro‘y bermadi, voqealar kutilmagan o‘zanga burilib ketmadi. Taxmin qilinganidek, kantsler Angela Merkel boshchiligidagi xristian-demokratik ittifoq/xristian-sotsialistlar ittifoqi, ya'ni konservatorlar g‘alaba qozondi. Ikkinchi yirik siyosiy kuch sanalgan sotsial-demokratlar va ular nomzodi Frank-Valter Shtaynmayer mag‘lubiyatga uchradi. Saylovda omadli ishtirok etgan erkin demokratik partiya - liberallar boshiga esa davlat qushi qo‘ndi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2009, 11:19:13

Tarmoqli marketing: kimga omad, kimga nadomat
 Avtobusda edim. Bekatdan bir ayol chiqib, oldimda o’tirgan hamrohim bilan quyuq so’rashib ketdi. Keyin menga yuzlandi:
- O’qiysizmi-ishlaysizmi? Uyda o’tirib pul topadigan ishni bilaman, kirmaysizmi? Shuncha yil o’qishga to’lagan pulingizni ham chiqarib olardingiz.
- Qanday ish ekan? (ko’z oldimga 4 yil to’lagan shartnoma pulim keldi)
- A’zo bo’lasiz — bo’ldi! Pul topaverasiz. Ishingiz qiyin emas, also qiyin emas.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2009, 11:19:55

Radioning haqiqiy asoschisi kim?
 XIX asr oxiri insoniyat tarixida aloqa vositalarining taraqqiyotida sezilarli siljishlar bo‘lgani bilan sharaflanadi. An'anaviy pochta aloqalari temiryo‘l va avtomobil transportining tatbiq etilishi bilan ancha jadallashdi. XIX asr birinchi choragi yutug‘i bo‘lgan elektromagnit telegraf elektr aloqasi tarixida muhim kashfiyot bo‘ldi. U 80-yillarda akustik aloqa - telefonning vujudga kelishiga olib keldi.
davomi...
 

Qayd etilgan