Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313385 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 49 B


AbdulAziz  02 Noyabr 2009, 09:53:26

Assalomu alaykum!
 Salom Allohning ismlaridan biridir. O‘rtalaringizda salomni yoyingiz.
Hadisdan

Millat ma'naviyatiga daxldor neki bor, unga befarq qarab bo‘lmaydi. Salomlashish borasida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Salom insoniylikning boshidir. Dunyo­dagi barcha xalqlar o‘zaro munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z urf-odatlari bor.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2009, 09:54:19

Shukur Burhon: uning shirin tashvishlariyu ushalmagan orzulari
 Shukur Burhonovning Qorabayiridan («Tohir va Zuhra» filmi), G‘ofiriyu («Boy ila xizmatchi» spektakli) Yo‘lchisidan («Qutlug‘ qon») hayratga kelib, u kishi bilan tanishish, suhbat qurish orzusida yurardik. Moskva­da aspiranturada o‘qib yurgan kezlarim u bir qo‘ng‘iroq bilan menga yordam bergandek bo‘ldi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2009, 09:55:02

Siz bibliofilmisiz?

 So‘nggi yillarda texnikaning jadal rivojlanishi natijasida hayot ham tezlashib, hamma narsa vaqt bilan o‘lchanmoqda. Odamlar ishning ko‘pligidan, agar ish bo‘lmasa, uni o‘ylab topish bilan mashg‘ul bo‘lganidan, azaldan insoniyatning kundalik faoliyatlaridan biri bo‘lgan kitob o‘qishdek maroqli mashg‘ulot uchun vaqt topishga qiynalayotganday, go‘yo.

Har kuni minglab kitoblar bosmaxonadan chiqadi. Biz ularning eng kam qismini ham o‘qishga ulgurmayapmiz, ba'zida esa umuman kitob o‘qishni unutib qo‘ymoqdamiz. Bibliofil, ya'ni kitobni sevuvchilarni esa deyarli uchratmay qo‘ydik.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2009, 09:32:22

Amerikada o’qish uchun imkoniyat!

 Dasturlar o‘quvchi, talaba, aspirant va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan

Okean orti mamlakatida o‘z bilim va malakasini oshirishni ko‘zlagan yurtdoshlarimiz bir qator dasturlarda ishtirok etishlari mumkin. Bu borada AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bir necha yo‘nalishdagi ta'lim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Quyida AQSH Davlat departamentining ta'lim va madaniyat ishlari byurosi tomonidan tashkil etilgan ayrim dasturlar haqida ma'lumot beramiz.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2009, 09:33:02

Dunyoni o’zgartirayotgan kashfiyotlar
 Bugunimiz o‘tmishga aylanayotgani kabi o‘tmishda ham xuddi hozirgi davr singari kun, oy, yillar silsilasida ajdodlarimiz umrguzaronlik qilgan. Har qaysi davrning o‘z buyuk shaxslari bo‘lganki, ular olamshumul kashfiyotlari bilan insoniyat tarixida iz qoldirishgan. Hayotdagi qaysi sohani olib qaramaylik, uning ilk asoslari qaysidir zamonda yaratilgan bo‘lib, asrlar osha takomillashgan va bugungi darajasiga yetgan. Quyida shunday ixtirolardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Noyabr 2009, 09:33:25

Davlat tili: yigirma yildan so’ng"¦

 21 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga yigirma yil to‘ldi. Mustaqillik kurashi debochasi sifatida 1989 yilning 21 oktyabrida «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilin edi. 1995 yil 21 dekabrda mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. O'tgan yillar mobaynida ona tilimizning nufuzi qay darajada o‘zgardi? O'zbek tilining maqomini yanada oshirish, jahon tillari darajasiga olib chiqish uchun nimalar qilish kerak? Mazkur savollarga adabiyot, ilm-fan va san'at vakillari javob beradilar.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2009, 09:33:23

Saodat Qobulova: Tabiati nozik, talablari yuksak



Necha avlodning bolaligi Saodat Qobulovaning «Alla»sini eshitish bilan o‘tgan. Xonanda ijro etgan «Dugoh», «Ko‘ngil», «Qalamlar» esa hanuz muhabbat ahlining yurak so‘zlari bo‘lib yangrab kelmoqda. Saodatxon qo‘llariga likopcha olib ochiq chehra bilan «Dugonalar»ni ayta boshlaganlarida esa xonadonlari, dala shiyponi, mehmonlarga yozilgan dasturxon atrofi bir-biridan go‘zal, bir-biridan sho‘x raqqosalar, xonandalar va san'at shaydolari - mehr-oqibatli dugonalar bilan jamuljam bo‘lgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2009, 09:34:30

Rahim Pirmuhamedov: Qahqaha darg’asi



Qahqaha darg‘asi. Rahim Pirmuhamedovni shunday atashardi. Lekin u chuqur psixologik rollarni o‘ynab («Tohir va Zuhra»dagi soqchi, Tohirning fikrdosh do‘sti rolini eslang), tomoshabinni chuqur mushohadaga undar ham edi. U ekranda va sahnada o‘z qahramonlarining xushfe'lligini, hazil-mutoyibaga o‘chligini ko‘rsatib, millionlab kishining dilini xushnud etgan edi. Shu bilan birga lirik qahramonining ishq o‘tida yonishini («Oddiy voqea» kinonovellasi, oshiq yigit), katta dramatik kuchga ega bo‘lgan obrazni namoyon etib («Hamza» filmidagi G‘iyosxo‘ja roli), tomoshabinni ham, kino ahlini ham lol qoldirganini bilamiz.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2009, 09:36:45

Internetni nega yomon ko’rasiz?



Televideniye chiqqanda, endi gazetalar yo'q bo'lib ketadi, degan tahminlar bo'lgan. Insoniyat bir yangilikni har doim ham xursandchilik bilan kutib olavermaydi. Tanqidlar, xavfsirashlar girdobida yangilik kirib keladi. O'zbekiston internet tarmog'iga ulanganini sarhisob qilib, "atigi" so'zini ishlatolmaymiz. Bunga 10 yildan oshdi, biz bu mehmonni kutib olib, allaqachon mezbonga aylantirishimiz kerak edi. Lekin hali ham eshikni ochaymi - yo'qmi, deb ikkilanib turibmiz.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2009, 09:40:56

Bola va pul

 Biz uchun pul muammolar «manbai» hisoblanadi. Buni birgina oilada pulga bo‘lgan munosabatda ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda kattalarning munosabatini qo‘yib turaylik-da, hali hayot qiyinchiliklarini to‘liq tushunib yetmagan bolalarning pulga bo‘lgan munosabatiga e'tibor qaratsak.

Pul hech kimni, tabiiyki, bolalarni ham befarq qoldirmaydi. Pul topish va uni sarflash qanchalik turlicha bo‘lishiga qaramay, oilalarda pul yuzasidan tug‘iladigan muammolar bir-biriga judayam o‘xshash.
davomi...
 

Qayd etilgan