Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313420 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 49 B


AbdulAziz  04 Noyabr 2009, 09:41:47

"œSariq matbuot"ni xushlamaydigan mamlakat

 Bu mamlakatda zamonaviy matbuotning tamal toshi qo‘yilgan: 1631 yili nashr etila boshlagan "La Gazzette" dunyodagi ilk ko‘padadli gazeta sifatida tan olinadi. Bu mamlakat dastlabki axborot agentligi vatani sanaladi: 1835 yili Sharl Gavas tomonidan tashkil etilgan "Frans press" agentligi bugun ham jahonning yetakchi axborot shirkatlari safida turadi.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2009, 09:42:11

Po‘lat Saidqosimov: "œSan’at faqat tirikchilik vositasi emas!"

 O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov psixologik murakkab rollar ustasi sifatida nom qozongan. O‘ziga xos ovoz egasi bo‘lgan san'atkor yarim asrdan oshiq vaqt mobaynida kino va teatrda yuzlab rollarni maromiga yetkazib ijro etdi. U talqin etgan obrazlar sodda va samimiyligi, hayotiyligi, betakror nutqi bilan ajralib turadi. Aktyor ijrosidagi Abu Rayhon Beruniy, Abdullatif, Avrangzeb, Mirzakarimboy, Muhammad chatoq kabi rollar kino va teatrimizning yorqin obrazlari deya e'tirof etiladi.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Noyabr 2009, 11:00:07

Bitmas xazina

 Besh jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" chop etildi

Ollohning eng buyuk ixtirosi nima? - Odam.
Odamning eng buyuk ixtirosi-chi? - Til.
Tilning eng buyuk ixtirosi nima? - So‘z.
So‘zning eng mukammal xazinasi-chi? - Lug‘at.
Lug‘atning eng buyuk xazinasi nima? - Izohli lug‘at...
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu - uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya'ni xalqni - xalq, millatni - millat qiladi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Noyabr 2009, 11:00:31

Mexanik sivilizatsiya ajoyibotlari
 Ilm-fanning taraqqiyoti bashariyat duch keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga xizmat qilishi, shubhasiz. So‘nggi paytlarda ayrim mamlakatlarda odamlarning og‘irini yengillashtirayotgan robotlar va ularning xilma-xil olami haqida alohida to‘xtalib o‘tish odat tusiga kirdi. Robot aslida chex tilidagi "robota" so‘zidan olingan bo‘lib, erksiz ishchi ma'nosini beradi. Unga entsiklopediyada shunday izoh berilgan: "insonning hayoti uchun xavf­li sharoitlar, borish qiyin bo‘lgan ob'ektlar (suv osti, kosmos)da kishi funktsiyasini qisman yoki to‘la bajaruvchi mashina".
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2009, 09:39:02

Xorijiy tillarni bilish kerak(mi)?
 Agar odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi "yo‘q" deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi tilni o‘rganish shart emas, deb o‘ylaydi. Ammo biron-bir tilni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo‘lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so‘rab ko‘ring.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2009, 09:39:24

Ohular oh chekmasin
 Sharq mumtoz she'riyatida ohu, kiyik singari atamalar ko‘plab ishlatiladi. Ularning har biri o‘z o‘rnida nafosat va go‘zallik, qo‘rquv va hadikni anglatadi. Qadimdan kiyiklar haqida kuy-qo‘shiqlar, afsonalar ko‘plab yaratilgan va keng tarqalgan. Terisi va go‘shtining qimmatbaholigi tufayli bundan bir necha yillar oldin ayovsiz qirilgan jonivorlar allaqachon xalqaro muhofaza hujjati - "Qizil kitob"ga ham kiritilgan. Bugungi avlod, afsuski, ularning ayrim yorqin turlari bilan faqatgina surati orqali tanishishga majbur.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2009, 14:22:39

Yozuvchi va noshir: turli manfaatli hamkorlik
 Mana, oradan yuz yildan ziyod vaqt o‘tibdiki, buyuk frantsuz fantast yozuvchisi Jyul Vern yaratgan ajoyib, betakror asarlar butun jahon bo‘ylab kitobxonlarning yangi-yangi avlodini jalb qilgan holda dovrug‘ qozonib kelmoqda. Adib ijodi inson tafakkuri va qo‘li yaratayotgan olamshumul ulkan ishlarni oldindan bashorat qilganday, uning aqlu zakovatiga madhiya o‘qiganday bo‘ladi. Jyul Vern o‘z ijodida mehr-muhabbat, ishonch, do‘stlik kabi umrboqiy insoniy tuyg‘ularni tarannum etadi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2009, 14:24:06

Toshkentlik shoirlar
 XVI asr boshida Bobur mirzoning buvasi Yunusxon, keyinchalik esa shayboniylarning ona(Robiya sulton begim binta Ulug‘bek mirzo) tomondan Ulug‘bek mirzo avlodlari bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon(Baroqxon) bin Sevinchxojaxon va uning o‘g‘illari hamda Do‘stum sulton bin Iskandarxon hukumat yurgizgan Toshkent shahri ilm-fan sohalaridagi olimlar, me'morlar, musiqa va tasviriy san'at namoyandalari, shoirlar faoliyat ko‘rsatayotgan madaniy, adabiy markaz ham edi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2009, 14:34:57

Insonparvar adib
 Hayotligidayoq jahon adabiyoti klassigi deb tan olingan buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov «Jamila», «Alvido, Gulsari», «Oq kema», «Dengiz sohili bo‘ylab chopayotgan Olapar», «Asrga tatigulik kun», «Kunda», «Oxirzamon nishonalari» («Kassandra tamg‘asi»), «Qulayotgan tog‘lar» («Mangu qayliq») kabi shoh asarlar muallifidir. Ko‘plab xalqaro sovrinlar, nufuzli mukofotlar, faxriy unvonlar sohibi, bir qancha xalqaro akademiyalar akademigi Chingiz Aytmatovning adabiy saltanati butun dunyoni zabt etdi: yozuvchi asarlari jahondagi 180 dan ortiq tilda 860 marta, 77 million nusxada nashr etilgan.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2009, 09:44:11

Komputer lingvistikasi: muammo, vazifa hamda istiqbol
 Jahon miqyosida kechayotgan integratsiya va globallashuv jarayonida o‘zbek tilini dunyoviy tillar darajasiga olib chiqish hayotiy zaruratlardan biri bo‘lib qoldi. Mazkur katta, mas'uliyatli, o‘ta muhim maqsadni amalga oshirishda kompyuter texnologiyalariga, xususan, kompyuter lingvistikasi (KL)ga bo‘lgan ehtiyoj yana ham ortib bormoqda. Chunki aynan KL o‘zbek tilining jahon miqyosiga olib chiqilishi, o‘zbek tilining ham dunyoviy tillardan biriga aylanishi, uni o‘rganish va o‘rgatish ishlarining takomillashuvi uchun zarur imkoniyat yaratadi.
davomi...
 

Qayd etilgan