Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313386 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 49 B


AbdulAziz  10 Noyabr 2009, 09:44:38

Talabaning karmoni: kim, nimaga, qancha sarflaydi?
 Talabaning karmoni - bu buyum gohida to‘ladi, gohida bo‘m-bo‘sh qolishi mumkin. Biroq, har oyning boshida talaba karmoni to‘lishi aniq. Chunki, u bilim darajasiga qarab stipendiya oladi. Ya'ni «qoniqarli» o‘qib, 56-70 foizgacha ball to‘plagan talaba 44.600 so‘m, «yaxshi» o‘qib, 71-85 foizgacha fanlar so‘rog‘iga javob berganlar 67.700 so‘m, savollardan «a'lo» (86-100 foiz) o‘tganlar esa 89.900 so‘m stipendiyaga egalik qiladi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Noyabr 2009, 08:30:46

Bashoratchi yozuvchi
 Chet el adabiyotining mumtoz asarlarini o‘rganish boshqa xalqlar, millatlar adabiyoti haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishimizda muhim manbadir. Shu maqsadda jahon adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan yozuvchi va shoirlar hayoti - bolaligi va ayniqsa, ijodi bilan qiziqdik, ularni sizlarga ham ilindik. Dastlabki ma'lumot mash­hur ingliz fantastik yozuvchisi - Gerbert Uells xususida.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Noyabr 2009, 08:31:22

Munis xilqat

 Ayollarni e'zozlash, jamiyatda ularga o‘zlarining mos o‘rinlarini berish bizning nafaqat farzandlik, balki insoniylik burchimiz hamdir.

Yurtimizda, Sharq musulmon xalqlarida ayollarni hurmat qilish, ularni nafaqat moddiy-jismoniy, balki ma'naviy himoyalash an'anasi chuqur ildiz otgan. Ularga ko‘rsatish lozim bo‘lgan oliy hurmat namunasi payg‘ambarimizning «Jannat - onalar oyog‘i ostidadir» hadisida o‘zining yuksak e'tirofini topgan.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Noyabr 2009, 09:40:38

Mirzo Ulug’bek va uning akademiyasi
 Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o‘rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo‘yicha O‘rta Osiyo, xususan, o‘zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarining yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Noyabr 2009, 10:02:51

Dunyoning eng toza mamlakati (Forbes 2009)
 Qo‘shma Shtatlarning The Forbes nashri dunyoning eng toza davlatlari ro‘yxatini chop etdi. Bunda Kolumbiya va Yels universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan The Environmental Performance Index metodiga amal qilingan holda 140 davlat o‘rganib chiqildi. Ushbu baholash mezoni ekologiyaning 25 jabhasini qamragan (havo tozaligi va ichimlik suvi sifatidan tortib, biologik o‘zgarishlaru pestitsid - zararkunandalarga qarshi qo‘llanuvchi dori vositasidan foydalanish darajasigacha).
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Noyabr 2009, 10:04:25

Dunyoni axborot boshqaradi
 Azal-azaldan insoniyatdagi olamni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ajoyib ixtirolar qilishga undagan. Shu yaratuvchanlik qobiliyati vositasida ko‘plab ilm sohiblarining nomi manguga bitildi. Tarixchilar har bir asrning odamzot uchun alohida o‘rni, boshqasini takrorlamaydigan ahamiyati borligini ta'kidlaydi. Dar­haqiqat, qadim chinliklarning qog‘ozni kashf etishidan boshlangan madaniyat olmoniyalik muhandis Guttenbergning bosma dastgoh yaratguniga qadar ming bor takomillashib, zamonlar chig‘irig‘ida elandi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 07:55:19

Maqsud muallim
 Men davrimizning buyuk adibi Maqsud Shayxzodadan bevosita tahsil ko‘rganman, ilmiy tad­qiqotim bo‘yicha ko‘p saboq olganman. 1958 yildan umrlarining oxirigacha ustod Shayxzoda bilan ko‘p hamroh yurganman, uylarida bo‘lib, Sokina opa pishirgan, «ozarcha holvayu oshlarini» yeganman. Ustod shogirdlariga o‘ta mehribon, g‘amxo‘r, homiy edilar. Aksariyat paytlari bizlarga tushlik olib berib, choychaqa ehson qilib yurardilar. U kishi haqidagi shirin tuyg‘ular hamisha go‘shai xotiramda. Ulardan bir nechasi qog‘ozga tushdi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Noyabr 2009, 09:44:31

Axborotni inson boshqaradi
 Global makonda, ming-minglab elu elatlarga bo‘lingan zaminni umumiylashtirishga kirishgan axborotni kim bosh­qaradi? To‘g‘ri, o‘sha maqolada bu so‘roqqa qisman javob berib o‘tilgandek edi, ya'ni kim unga egalik qilsa, o‘sha dunyoni boshqaradi, qabilida. Chindan ham axborotni jilovlay olgan tomon axborot bugungi kunda boshqarayotgan dunyoni o‘z izmiga bo‘ysundiradi. Ya'ni, mitti quticha ichidagi gugurt donasi nechog‘lik dahshatlar sodir etishga qodir bo‘lmasin, tashqariga chiqquncha hech qanday xavfga ega emasdek.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2009, 09:37:09

Til (parcha). Rasul Hamzatov

 Tilni o‘rganmasdan she'r yozishga uringan odam suzishni bilmasdan cho‘milish uchun o‘zini sarkash daryoga tashlagan telbaga o‘xshaydi.

Ba'zan odamlar miyasida fikr bo‘lgani uchun emas, shunchaki tili qichib turgani uchun gapiradi. Ba'zan odamlar yuragiga tuyg‘ular sig‘mayotgani uchun she'r yozishmaydi, balki... To‘g‘risi, ularning nima uchun she'r yozishayotganini ham tushuntirish qiyin... 

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Noyabr 2009, 09:49:15

Sharsharaning qo’shiqlari: ular bizga nimalar haqida so‘ylaydi?
 Inson fikr yuritish, ixtiro qilish, ijodkorlik borasida mavjudotlar ichida eng sarasi bo‘lmasin, ona tabiat nafosati, mo‘'jizasi oldida lolu hayron qolaveradi. Eng kichik zarradan tortib, to ulkan osmon jismlari - meteoritlargacha biz anglashga uringan, biroq to‘liq o‘rganishning iloji bo‘lmagan tilsimotlardir. Shuning uchun ham tabiatni alloma bobolarimiz buyuk ustoz deya e'tirof etishadi.
davomi...
 

Qayd etilgan