Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313619 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 49 B


AbdulAziz  02 Dekabr 2009, 09:34:02

Dunyoni titratgan vodiy



Mafiya ichida yashash

Bundan besh yil ilgari bir turk tanishim bilan suhbat qurganim esimda. Gap kino xususida ketganida, u allaqanday serial haqida maroq bilan gapira ketdi. Har kuni namoyish etiladigan yengil-elpi seriallar kinoning ushbu ko‘rinishidan ixlosimni qaytargani tufayli uning so‘zlariga jiddiy e’tibor qilmagan esamda, harna qiziqish g‘olib keldi – DVD magazinlardan surishtira-surishtira axiyri o‘sha serialni topdim.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Dekabr 2009, 09:18:39

Nanotexnologiya nima? kvant chuqurliklar, kvant simlar va kvant nuqtalar-chi?

 Muhandislik faniga aylanmoqda

Ma'lumki, klassik mexanika moddiy zarralarning aniq chiziqlar, ya'ni traektoriyalar bo‘ylab harakat qilishini miqdoriy qonuniyatlar yordamida o‘rganadi. Bunda zarraning boshlang‘ich holatini ifodalovchi shartlar ma'lum bo‘lsa, kelgusida uning qanday bo‘lishi ham aniqlanadi. Oqibat, fanda chuqur iz qoldiradigan va olamning mexanik manzarasini yaratish (barcha hodisalarni mexanika qonunlari asosida tushuntirish)ga intilish paydo bo‘ldi.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Dekabr 2009, 09:29:11

"œMunajjim bashorati"ga kimlar ishonadi?
 "Kiyimlarning ochiq va tarangini tanlang. Sevgi mojarolari bilan band bo‘lishingiz mumkin". Bu radio orqali berilayotgan "munajjimlar bashorati"dan parcha. Muhtaram munajjimlar mazkur so‘zlari bilan nimani targ‘ib qilayotganlari tahlilini biroz keyinga qo‘yib turaylik-da, avvalo, hozirda alohida ilm sifatida e'tirof etilayotgan bu sohaning aslida qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga e'tibor qarataylik.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Dekabr 2009, 10:50:42

Amudaryo Kaspiyga oqqanmi?
 Darhaqiqat, Amudaryo Osiyoning, nafaqat Osiyoning, balki butun kurrai zaminning eng baland tog‘liklari - Himolaydan boshlanadi. Amu dastlab suv oladigan Vahjir darasi garchand Afg‘oniston hududiga kirsa-da, bu tor yo‘lak janubda - Hindiston, sharqda - Xitoy bilan tutashib turadi. Vahon vodiysining yuqori qismi yozin-qishin to‘nglab yotuvchi muzlik bilan qoplangan. Muzlikning quyi qismida esa Zar nomi bilan ataluvchi bir go‘zal, ammo mo‘'jazgina ko‘l mavjud.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 08:37:54

Kvant mexanikasidan ham ulkan qadam
 Insoniyat XX asrga kelib kvant mexanikasi tufayli misli ko‘rilmagan ravnaqlarga erishdi. XXI asr esa ilg‘or davlatlar tomonidan nanotexnologiya uchun milliardlab sarmoyalarni ayamay, shiddat bilan izlanishlar qilish va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish bilan boshlandi. Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlar amalga oshsa, insoniyatning ming yillar davomidagi barcha orzulari ro‘yobga chiqishiga hech qanday shubha qolmaydi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Dekabr 2009, 07:52:36

Tanqidga uchragan minora dovrug’i
 ... Uning bitta orzusi bor edi. Ushbu niyatning qanday yuzaga kelgani noma'lum. Ammo, qaerda, kim bilan ko‘rishmasin, chuqur entikib, o‘sha orzusini takrorlayveradi. Ko‘zlarida o‘sha mo‘'jizani umri davomida jonli, yonginasidan tomosha qilishga bo‘lgan umid lovullab turganini his qilish qiyin emas. Kunlardan bir kuni ko‘zgu qarshisida uning bunday g‘alati holatining yaqqol guvohi bo‘ldim-u, chin dildan biror yordam berish, orzusining bir qadar bo‘lsa-da, ro‘yobga chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan shubhalarni haydab, aksincha, maqsadining qat'iylashishi payiga tushib qoldim.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Dekabr 2009, 08:14:42

Daftar jildidagi "œmadaniyat"
 O‘zaro suhbatlarda, gurunglarda tez-tez tilga olinayotgan mavzulardan biri - "ommaviy madaniyat" bo‘lib qoldi. Davrning shiddat bilan o‘zgarib, fan-texnikaning jadallik bilan taraqqiy etishi, tabiiyki, ko‘plab muvaffaqiyatlarga zamin yaratdi va bu jarayon uzluksiz davom etmoqda. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borki, u bashariyatni fikrlashga, chuqurroq mushohada yuritishga majbur qiladi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Dekabr 2009, 07:48:49

Ilk avval ko’zimni ishq bilan ochdim
 Sarlavhaga chiqarilgan Cho‘lpon misrasida "Anodin qay kuni tug‘dim, sening ishqing bilan yondim" deya fig‘on chekkan hijronzada Mashrab, umuman, Haq ishqini kuylab o‘tgan salaflar an'anasining ta'siri yo‘q emas. Biroq mudom "ko‘ngli yangilik qidirib" yashagan Cho‘lpon salaflari faol qo‘llagan "ishq", "oshiq", "yor" obrazlariga yangicha ma'no yukladi: uning talqinida "yor" yurt ozodligiyu, "oshiq" erkka tashna ko‘ngildir...
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 07:36:35

Ezop masallari
 TULKI VA ECHKI

Baxtsiz tasodif tufayli bir Tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan Echki o‘tib qolibdi. U Tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi.
— Ey, hali eshitmadingmi? — debdi Tulki. — Yaqinda qurg‘oqchilik bo‘larmish, shuning uchun men bu yerga suv borligiga ishonch hosil qilish uchun tushdim. Balki sen ham tusharsan?
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 07:36:53

Asl farzand

 O‘zbekiston zaminida tug‘ilib, uning tarixida unutilmas sahifalarni muhrlagan ajdodlarimizdan biri ulug‘ ma'rifatparvar, takrorlanmas salohiyat va taqdir sohibi Mahmudxo‘ja Behbudiydir. U tug‘ilgan paytda yurt chor Rossiyasi mustamlakasiga aylanib ulgurgan edi.

Azaldan Samarqand madrasalarida tolibi ilmlarga tahsil berib kelgan mudarrislarning aksariyati bosqin sababli Zarafshon daryosi va uning irmoqlari hisoblangan Siyob va Dar­g‘om kanallari bo‘ylaridagi vaqf yerlarga ko‘chirilgandi.
davomi...
 

Qayd etilgan