Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313722 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 49 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2010, 08:06:56

Qisqa hikoyalar qiroli
 Jahon adabiyoti - bitmas-tuganmas xazina. Undan foydalanish, boyliklarini o‘zlashtirish - yuksak fazilat. Yillar o‘tgani sari bu noyob xazinaning salmog‘i oshib, osori-atiqalari ko‘payib boraveradi. Mashhur amerikalik hikoyanavis adib O'Henrining ijodiyoti ana shu xazinada alohida fusun va tarovatga egadir. Uning favqulloda noyob iste'dodi, hajviyot bobidagi betakror qobiliyati hali-hanuz yirik-yirik adabiy kechalarda, xalqaro simpoziumlarda e'tirof etiladi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2010, 07:46:03

Ona sayyoramizni asraylik
 XXI asrning katta muammolardan biri bu - atrof-muhitning ifloslanishi hamda iqlim isishi bilan bog‘liq holda ekologiyaning global tarzda buzilishidir. Ekologik inqiroz davomiyligi va talofat ko‘lamiga ko‘ra turli xil ko‘rinishda yuz beradi. Ayrimlari bir necha kun ichidayoq sodir bo‘lib, tezkor talofatlarni keltirib chiqarsa, ba'zilarining yuzaga chiqishi uchun millionlab yil kerak bo‘ladi. Shuningdek, ekologik inqiroz biror hudud doirasida yoxud global miqyosda bo‘lishi mumkin.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2010, 08:39:37

Ikki yuzta roman muallifi
 2008 yili tavalludiga 105 yil to‘lgan mashhur fransuz yozuvchisi Jorj Simenon asarlari jahondagi yuzdan ortiq tilga tarjima qilingan. Turli mamlakatlar va turli avlod kitobxonlari orasida Jorj Simenon nomining keng dovruq qozonishiga asosiy sabab - yozuvchi barakali ijod qilgan detektiv janrining kishini o‘ziga tortuvchi jozibasigina emas, balki "kichik odam"ga bo‘lgan e'tibor, huquqbuzarliklarning ijtimoiy tub ildizlarini ko‘ra bilish va ularni fosh eta olishida hamdir.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Yanvar 2010, 07:50:56

Germaniya: zamonaviy jurnalistikaning yangi mezonlari
 Germaniya - matbuot vatani. Shu mamlakatda ilk bor bosma dastgoh ixtiro qilingan. Iogan Gutenbergning XV asrdagi kashfiyoti jahon taraqqiyotini bir necha asr ilgariga boshladi. Ushbu zaminda dastlabki ko‘p adadli gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi, birinchilardan bo‘lib "to‘rtinchi hokimiyat" maqomiga ega bo‘lgan, demokratik tamoyillarga asoslangan erkin jurnalistika shakllandi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Yanvar 2010, 07:52:06

Internet hamlasi: xavf va himoya
 Ayonki, texnik taraqqiyotni to‘xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo‘qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o‘ringa ega, kompyuter savodxonligi ko‘rsatkichi esa ko‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Yanvar 2010, 08:00:41

Hayot yashab o’tish uchun berilgan
 Bir ulug‘ odam «Dunyoda ikki narsa abadiy qoladi: dononing so‘zi-yu botirning ishi», degan edi. Insoniyat tarixida dono so‘zlar aytgan donishmandlar ham, unutilmas mardliklar ko‘rsatgan botirlar ham son-sanoqsiz. Ular butun bashariyatning farzandlari, bashariyat yulduzlaridir. Mazkur ruknimizni o‘tgan yili tarixda o‘chmas izlar qoldirgan bobokalonimiz, barcha zamonlarning qahramoni Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan adabiy portret bilan boshlagan edik.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2010, 08:01:56

Beruniyning aql mash’alasi
 Har bir kun uchun Haq va haqiqat hozirdir.
Beruniy
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973, 4 sentyabr - 1048, 11 dekabr) o‘z zamonasidagi mavjud fanlarni puxta egallab, dunyo­da ungacha hech kim zabt etolmagan yuksak cho‘qqilarga ko‘tarildi. Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya, farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug‘atshunoslik kabi sohalarda tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk samaralarga erishdi.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 10:01:06

"œMakorimul-axloq"da Navoiy ma’naviyati

 Bu so‘zlar meni Alisher Navoiyni daho sifatida tavsiflagan Xondamirning «Makorim ul-axloq» (yaxshi xulqlar) asarini yana bir marta o‘qib chiqishga yo‘lladi.

Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot beradi.

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 10:03:34

Layli va Majnun — oshiq-ma'shuqlarmi?
 Tohir va Zuhra, Yusuf va Zulayho, Otabek va Kumush, Romeo va Juletta ... Buyuk sevgi qahramonlari nomlarini keltirib, ular orasida Layli va Majnunni ham sanab ketamiz. Ularni juftliklarga qiyoslaymiz: "Hozir ular Layliyu Majnun!", "Layli-Majnun bo‘lib ketibsizlar!", "Ikkisi Layli va Majnunlardek!". Kimdir ko‘chada qo‘l ushlashib yurib, o‘ziga Layli va Majnun deb nom bersa, televizorda kino reklamasi bong uradi: "Layli va Majnun muhabbati bugungi kunda". Shunday ta'riflar bilan gap nima haqida ketayotgnini tez tushnib olasiz. Tez va noto‘g‘ri!
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2010, 10:19:27

Navoiy yaratgan kuy
 Xondamir, Vosifiy, Bobur kabi mualliflar hazrat Alisher Navoiyning musiqadagi ilmiy va amaliy faoliyati, ya'ni risola bitib, o‘zi ham ko‘pgina kuylar bastalagani, ijrochilik mahorati hamda yosh sozandalarga murabbiy-ustoz bo‘lgani haqida qimmatli ma'lumot berganlar. Biroq ular ichida Alisher Navoiy bastalagan kuylardan hech birining nomi maxsus qayd etilmagan. Shu sababli ko‘pdan beri olimlarimizni Navoiy yaratgan kuylardan birontasining nomi qo‘lyozma manbalarda uchrab qolishi masalasi qiziqtirib kelardi.
davomi...
 

Qayd etilgan