Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313702 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 49 B


AbdulAziz  08 Fevral 2010, 10:19:43

Munshaot — xazina

 Til, tarix, madaniyat bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda turli davrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar, buyuk mutafakkirlarning asarlari tilini o‘rganish doimo dolzarbdir.

Har qanday til hodisasini tarixiy jihatdan o‘rganishning yagona ilmiy yo‘li, avvalo, dastlabki manbaga asoslanish, yetuk asarlar tilini qiyoslash, ular o‘rtasidagi farq va umumiyliklarni aniqlashdan iboratdir.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2010, 09:46:04

Havoga sovurilayotgan boylik
 Hozirgi kunda yurtimizning deyarli barcha tuman va shaharlarida choyxona va pivaxonalar, turli spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kafe, restoranlarni uchratishimiz mumkin. Yaqin do‘st va qadrdonlarning bir piyola choy ustida diydorlashishi, shirin suhbatlar qurishiga nima yetsin! Dunyoda ko‘pdan beri yuz ko‘rishmagan qadrdonlarning uchrashuvidan ham yoqimliroq uchrashuv bo‘lmasak kerak. Ammo shunisi ham borki, bu kabi maskanlarga yig‘ilayotgan yosh-yalang har doim ham me'yor deb atalgan oltin qoidaga amal qilavermaydi...
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2010, 09:46:33

Ilohiy diydor yoki bir g‘azal sharhi
O'n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.

Hazrat Navoiyning bu mashhur g‘azali haqida suhbatlashishdan avval, ota-bobolarimiz koinotni o‘n sakkiz ming olamdan iborat, deb anglaganliklarini eslab o‘tishimiz joiz. «Oshub» - g‘avg‘o, to‘polon degani. Xo‘sh, nima uchun shoir «O'n sakkiz ming olam oshubi» deydi?

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2010, 09:47:33

Akademik Aziz Qayumov: "œHayot jumboqlariga Navoiydan javob olaman"
 O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi, akademik Aziz Qayumov butun umrini adabiyotga bag‘ishlagan fidoyi olimlardan. Uning sa'y-harakati bilan tarix qatlarida yashirin ijodkorlar nomi kashf etildi, qator nodir qo‘lyozmalar o‘rganildi. Olimning Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha qilgan ishlari ham tahsinga sazovor. 84 yoshni qarshilagan navoiyshunos olim hozir ham yigitlarga ibrat bo‘lgudek g‘ayrat-shijoat bilan izlanishlarni davom ettiryapti.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2010, 10:14:09


Ko‘pchiligimiz «qush suti» deganda, tuxum ko‘pirtirib tayyorlangan konditer pishiriqni tushunamiz. Holbuki, tabiatda ko‘chma ma'noda emas, o‘z ma'nosida ham qush suti mavjud. Parrandalar orasida polaponini sut bilan boqadiganlari ham ko‘p. Ayrim qushlarning hazm qilish tizimi tekshirilganda, jig‘ildonlarida sutga o‘xshash suyuqlik ishlab chiqarish jarayoni kuzatilgan.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Fevral 2010, 10:25:42

O’tkir xotira sirlari
 Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so‘zni eslab qolishi mumkin.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Fevral 2010, 10:27:04

Toshkent Bobur taqdirida
 Zahiriddin Boburning Toshkent shahriga doir qarashlari uning toj-taxt uchun kurash va yashash davri bilan bevosita bog‘liq. "Boburnoma"dagi 1502-1503 yillar voqealari tasvirida jami 21 marta Toshkent nomi zikr etiladi, faqat ikki marta 1510 va 1528 yillar voqealari bayonida Bobur shaxsiyatiga daxldor bo‘lmagan holda - tarixiy joy nomi tariqasida keltirilgan.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Fevral 2010, 10:27:58

G’ururi tog’lardan yuksak

 «Tengri taoloning inoyati bilan va hazrati on Sarvari koinotning shafoati bilan va chahoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz to‘qson to‘qqizda Farg‘ona viloyatida 12 yoshda podsho bo‘ldi» u.

 Atigi 12 yosh. Darvoqe, bu yoshda Navoiy mavlono Lutfiy lutfiga sazovor bo‘lgan o‘sha «Orazin yopqoch, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh...» matla'li g‘azalining qofiyalarini she'rda tizayotgan edi. Bugungi kun muchal ko‘rgan bola-chi? Imkon tug‘ilganda unda ham Navoiydagi ta'bi nazm yoki Bobur shiddati, shijoati paydo bo‘larmikin?..

davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2010, 09:15:26

Tunda ko‘rish texnikasi
 Inson ko‘zining boshqa sezgi a'zolari kabi imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, belgilangan to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi nurlarnigina ko‘ra oladi. Bu chegarani kengaytirishning iloji bormi? Nega hamma nurlarni ko‘rolmaymiz? Infraqizil nurlarni ko‘rsatuvchi texnik vositalar qanday ishlaydi? Ularning vazifasi nimalardan iborat? O'ylaymizki, bu kabi qator savollarga ushbu maqoladan javob topasiz.
davomi...
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2010, 09:15:42

Pyotr birinchining O’rta Osiyo qayg‘usi
 «Rivoyat qilinishicha, Pyotr I o‘lim to‘shagida ikkita narsadan: Turkiyadagi chiviq omadsizligi hamda Bekovichning Xivada qatl qilinishi qasosini ololmaganiga armon bilan ketgan ekan», deb yozadi rus shoiri Pushkin. Nima bo‘lgan ediki, ulkan saltanatning shohanshohi Pyotr, hattoki, o‘lim to‘shagida ham qanchadan-qancha zarur narsalarni eslash o‘rniga, Xivadan qasd olishni vasiyat sifatida eslab o‘tadi? Buyuk shoir qalami orqali esa, ushbu vasiyat asrlar osha keyingi avlodlarga yetib keladi.
davomi...
 

Qayd etilgan