Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313683 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 49 B


AbdulAziz  29 Mart 2010, 14:48:47


Rigo o‘z tajribasini butun nozikligigacha oshkor qilishni istamadi, ammo uning aytishicha, bu nurlar faqat qorong‘ulikdagina ko‘zga tashlanmaydi. Tasavvur qiling, do‘konlarda nur shishalab, bochkalab sotilsa yoki olib borgan pulingizga yarasha idishingizga quyib berishsa. Bir xayolga beriling, uzoq safarga chiqishdan oldin avtomobilingiz bakini yoqilg‘i bilan to‘ldirishdan tashqari, yoritkichlariga yetarli darajada suyuq nur solsangiz, xuddi suv kabi quvurlarda nur oqsa... davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2010, 14:49:44


«Alpomish» dostoni o‘zbek xalqining jahon xalqlari madaniy merosiga qo‘shgan eng munosib javohirlaridan biridir. «Manas», «Kalevala», «Qirq qiz», «Ramayana» deb atalmish turli millatlar og‘zaki ijodi namunalari dunyo bo‘yicha inson badiiy tafakkuri ko‘lamining nodir asarlari sifatida baholangan. O‘zbek xalqi bu sohada ham taqdir saxovatidan bebahra qolmagan. Chunki turkiy xalqlarning o‘nga yaqin vakillarida «Alpomish» bilan aloqador doston, ertak, afsona, rivoyatlar bo‘lsa, ular orasida g‘oyaviy, badiiy jihatdan eng mukammali Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijro etgan nusxa deb tan olindi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Mart 2010, 14:51:12


Uyg‘onish davrining yorqin vakillaridan biri, mashhur italyan rassomi Leonardo da Vinchining jahon san'ati durdonasiga aylangan ushbu asariga juda ko‘p tadqiqotlar, romanlar va she'rlar bag‘ishlangan bo‘lsa-da, hamon mazkur rasm qandaydir sir og‘ushida hamon millionlab kishilarni jalb etmoqda. Asarda tasvirlangan xonim - Jakondaning sirli tabassumi barchani mahliyo etmoqda, hamon portreti yaratilgan ayol ismi yashirinligicha qolmoqda. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Aprel 2010, 08:54:22


An'anaviy matbuotning muayyan ma'noda "nonini yarimta qilgan" "sariq matbuot" qanday yuzaga kelganiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Bugun Nyu-York ostonasida savlat to‘kib turgan mashhur "Ozodlik" haykali homiysi aynan gazeta ekanidan boxabarmisiz? Kolumbiya universitetidagi jurnalistlar tayyorlovchi nomdor markaz haqida bilasizmi? Adabiyot, drama, matbuot, musiqa, ta'lim yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlarni rag‘batlantiruvchi nufuzli mukofotni-chi?.. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Aprel 2010, 13:28:08


Abdulla Qodiriy... O'zbek nasrini yuksak rutbalarga ko‘targan, kitobiylashgan tilimizga jonli xalq ohanglarini olib kirgan qilqalam adib. Jahon adabiyotida dovruq qozongan zabardast romannavislar panjasiga dadil panja urib, o‘zbek romanchiligiga asos solgan nuktadon ijodkor, sohir san'atkor. Zulmdan qaddi dol bo‘lgan millat ma'rifatini hayotiy a'mol deb bilgan, bu yo‘lda borini nisor etgan ulug‘qalb shaxs. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Aprel 2010, 14:03:03


Elektron va komputer texnikasi sanoati ob'ektlari, ta'lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning borligi allaqachon haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu makon - ilm ahli tomonidan Silikon vodiysi nomi bilan yuritiladi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Aprel 2010, 14:04:00


«Dunyoning beshta oliy ta'lim dargohi borki, ular uzoq o‘tmishdan bugungi kungacha eng nufuzli deb tan olinadi. Bu Kembrij, Oksford, Garvard, Sorbonna va MDU universitetlaridir», degan gap-so‘zlarga duch kelganimdan so‘ng ular haqiqatga qanchalik yaqinligini bilmoqchi bo‘ldim. Lekin bir qancha manbalarda bu gaplar u darajada haqiqatga yaqin emasligi ma'lum bo‘ldi. Dunyo miqyosidagi oliy o‘quv yurtlar nufuzini belgilab beruvchi quyidagi ikkita eng mashhur ro‘yxatlarni o‘rganish asosida zamonamizning yetakchi universitetlari aslida qaysilari ekanini bilishga imkon tug‘ildi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2010, 18:18:20


Marhum ustoz, professor Homil Yoqubov domlaning adabiyotshunoslikka oid asarlarini talabalik davrimdayoq o‘qigan bo‘lsam-da, u kishi bilan 1957 yili O‘rta Osiyo davlat universitetining(hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini bitirish arafasida ko‘rishdim. Shu vaqtdagi domlam Subutoy Dolimov rahbarligida tayyorlagan "Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani" mavzusidagi diplom ishimga kafedrada endigina ish boshlagan Homil Yoqubov taqrizchi qilib tayinlangan ekan. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2010, 18:34:20


Insoniyatning o‘zaro aloqa o‘rnatishga, axborot izlash va topishga bo‘lgan katta ehtiyojlari internetni bugungi kun tsivilizatsiyasining ajralmas qismiga aylantirib qo‘ydi. Ilk davrda «fikr daholari»ning murakkab ish faoliyatida ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan global tarmoq qisqa fursat ichida mutaxassislar nazoratidan chiqib ketib, oddiy foydalanuvchilar «qo‘liga o‘tdi». davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2010, 18:35:47

Kalkulyatordan tezroq mo‘jiza



Miyamizning hech bir imkoniyati mo‘jiza-hisoblagichlardek ajoyib va sirli emas

Iste'dod
imkonsizlikdan ustun

Tomoshalar zalida chiroq yondi. Sahnaga tim qora kostyum kiygan, na tsirk artisti, na konferense va na mashhur qo‘shiqchini eslatadigan kishi chiqib keldi. Qo‘lida bunday joylarda ko‘rish unchalik odat bo‘lmagan bo‘r va latta.
davomi...

Qayd etilgan