Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313710 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 49 B


AbdulAziz  10 May 2010, 11:00:39


Kinematografiya sohasida qanchadan-qancha mukofotlar borligi hech ko’pchilikka ma’lum. Britaniya kinoakademiyasi mukofoti, Kann festivali "œoltin palma yaprog‘i", MTV awards va hokazo. Lekin har qanday kinoijodkorning bir umrlik orzusi Oskar mukofotini qo‘lga kiritish bo‘lsa kerak, nazarimda. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2010, 11:01:56


Insoniyat tamaddunida fazoni zabt etish tarixi siru sinoatlarga shunchalik to‘laki, haligacha bu bilan bog‘liq ma'lumotlar va hujjatlarning yuqori qismidan «Maxfiy» degan yozuv tushmaydi. Mana, yaqinda o‘tgan asr*ning 50-yillarida orbitaga chiqarilgan itlar u yerda uzoq azobli o‘lim topganligi ma'lum bo‘ldi. O‘tmishning yana bir fosh etilgan sirlaridan biri bu Yuriy Gagarinning fazoga parvozini maxsus tushish apparatida emas, balki oddiy parashyutda yakunlaganidir. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 08:23:35


Beshik ko‘p asrlar avval hunarmandlarning aql-zakovati bilan ixtiro etilgan bo‘lib, u haqidagi ma'lumotlar o‘rta asr manbalarida, xususan, Mahmud Koshg‘ariyning "Devoni lug‘atit-turk" asarida, shuningdek, Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida ham ta'riflangan. Uning kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bu kashfiyot, ko‘chib yurgan paytda onalarga ancha-muncha qulayligi bilan afzal sanalgan. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 08:31:56


Odatda yaqinlaringizni uzoq vaqt ko‘rmay turib uchrashganingizda ular bilan qanday salomlashasiz? To‘g‘ri, ko‘pincha qo‘l berib, quchoqlashib, ba'zi hollarda hatto yengilgina o‘pib ham. Salomlashishning mazkur turlari shu darajada ommalashib, odat tusiga kirganki, agar kimsasiz orolda bo‘lmasangiz, bundan qochib qutulishning hech iloji yo‘q. Lekin dunyo bo‘ylab turli epidemiyalar keng tarqalgan ayni kunda tibbiyot mutaxassislari biz, beparvo insonlarga ikkita - biri yaxshi, biri noxush bo‘lgan yangiliklarni e'lon qilishdi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 08:33:16


«Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar vaqtdan qo‘rqadi, vaqt*ning o‘zi esa - piramidalardan», degan ibora bor. Darhaqiqat, qancha suvlar oqib o‘tmasin, qancha asrlar hukmronlik qilmasin, bahaybat toshli osori atiqalar hali hamon ilk davridagiday Yer yuzida savlat to‘kib turibdi. Va hanuzgacha ular insoniyat uchun jumboqligicha qolmoqda. Ba'zilar ularni o‘tmish tsivilizatsiyalarining yashirin nomalari, yana birlari piramidalarni o‘zga sayyoraliklarning «ijod mahsuli» deyishsa, qolganlar ushbu ulkan mo‘jizalarning paydo bo‘lish tarixini afsonaviy Atlantida bilan bog‘lashga harakat qilishadi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 May 2010, 08:34:15


... Suhbatlarimizning birida u: "Bolamni g‘arbcha tarbiyalayapman!", deb qoldi maqtangannamo. O‘shanda xayolimga nima keldi, aytaymi?! Pingvinlar haqidagi eski multfilm yodimga tushib ketdi: kichkintoy Lolo uzoq qarindoshlari bo‘lmish - qushlarga o‘xshab uchishga jon-jahdi bilan tirishadi, ammo u baribir ucholmaydi. Hech qachon ucholmaydi. Qushlar esa pingvinlardek chuqur suzolmaydi. Hech qachon. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 08:55:16


Mantiqiy masalalar, intellektual o‘yinlar aqlni charxlash, fikrlashni yanada teranlashtirishga xizmat qiladi. Shaxmat, shashka, Rubikning kubiklari, sonlarni ketma-ket yig‘ish, aralash parchalardan yaxlit tasvir hosil qilish kabi ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar odamlarni mudom o‘ziga tortib kelgan. Yaqinda britaniyalik olimlardan biri tafakkur olamiga yana bir oddiy buyum va unga yashiringan ajoyib o‘yinni taqdim etdi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 08:56:21


Bugun mashina haydovchisi kutilmaganda benzin tugab qolishidan u qadar ham cho‘chimaydi. Sababi, yoqilg‘i quyish shaxobchalarini topish unchalik muammo emas. Shunday bo‘lsa-da, haydovchilar yaqinginasida otini o‘ynatib ketayotgan chavandozga bir jihatdan havas qilishi tabiiy. Sababi, jonivorga bir g‘aram o‘t yoki yem berish ham arzon, ham oson. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 08:57:23


XXI asr ko‘plab kutilmagan voqealar, qator yangi kashfiyotlarga boy bo‘lishi bilan birgalikda bir haqiqatni yana bir marotaba tasdiqladi. U ham bo‘lsa, zamonaviy ilm-fan yutuqlari aslida insoniyat qachonlardir ega bo‘lgan qadimiy va deyarli unutilgan bilimlarining qaysidir jihatdan takomillashgan aksi ekanligidir. Mazkur fikrga darhol e'tiroz bildirishdan avval biroz shoshilmang. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 08:58:39


Aslida ushbu texnologik jamiyatda insonlarga foyda keltirish uchun yaratilgan buyumlar ayrim paytlarda muammo keltirib chiqaruvchi omilga ham aylanib qolayotganday, go‘yo. Darsda biroz zerikkan o‘quvchi uchun "sotka"dan yaxshi ovunchoq yo‘q. O‘qituvchi o‘ziga-o‘zi gapiravermaydimi? Nima qilibdi, uy ishlaridan ortib, kechasi bilan dars rejasini tuzib kelgan bo‘lsa?! Telefondagi o‘yinlar, videokliplar, qo‘shiq va rasmlar matematika, geografiya yoki fizikaning «tushunarsiz» formula va masalalariga qaraganda qiziqarliroq... davomi...

Qayd etilgan