Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313697 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 49 B


AbdulAziz  24 May 2010, 09:49:14


Amerika adabiyotiga va shu orqali mahalliy siyosat ahli shuuriga "tinchlik" degan bebaho so‘zni olib kirgan yozuvchi Ernest Xemingueyning mashhur hikmatlari ko‘p. Masalan, o‘z hayotidan xulosa qilib: "Buyuk yozuvchi bo‘lish uchun ijodkorning buyuk bolaligi bo‘lishi kerak", degandi u. Yasunari Kavabata ham, ta'bir joiz bo‘lsa, bolaligi yozuvchi qilib tarbiyalagan yuksak ijodkorlardan biri hisoblanadi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 May 2010, 09:50:08


"Agar televidenie xuddi hozirgidek rivojlanishda davom etsa, bugun tug‘ilgan bola 18 yoshga to‘lgach, eng ko‘p vaqtini uyquda va televizor qarshisida o‘tkazadi", deb yozgan edi Entoni Giddens "Sotsiologiya" asarida. Olimning qanchalik haq ekanligi vaqt o‘tgach ma'lum bo‘ladi. Umuman olganda, kutishga hojat ham yo‘q, negaki Grabovskiy kashf etgan "qora quti" o‘zining nimalarga qodirligini ancha ilgariroq ko‘rsata boshladi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyun 2010, 15:44:33


Boburpodshohning opasi Xonzodabegim va uning o‘g‘li, ya'ni Boburning shayboniyzoda jiyani Xurramshoh taqdiri haqidagi ma'lumotlar talqini tarixiy manbalar hamda hozirgi zamon badiiy adabiyoti, ilmiy tadqiqotlarda turli-tumanligini ko‘ramiz. Shu sababli, goho o‘quvchilarimizni "Boburnoma" yoki Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" kabi o‘zbek tilida nashr qilingan asarlardan tashqari, hozircha chop etilmagan boshqa yozma manbalarda Boburning bu qarindoshlari to‘g‘risida yana qanday xabarlar borligi qiziqtirishi tabiiy hol. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyun 2010, 15:53:26



Nima sababdan odamlar qush kabi ucha olmaydilar? Mazkur savol insoniyatni uzoq davrlardan beri qiziqtirib keladi. Shu sabab bo‘lsa kerak, insonlar endigina texnikani o‘zlashtirayotgan paytlardanoq qushlarday parvoz qilish imkonini beradigan uskunalar yaratish harakatlarini boshlaganlar. Moziy ustalari dastavval qushlarning qanotlariga o‘xshash biror narsa yasalsa bo‘lgani, shundan so‘ng osonlik bilan bir hududdan ikkinchisiga ko‘chib yurish mumkin, degan fikrda edilar.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyun 2010, 16:26:18


Agar shifokor xatoga yo‘l qo‘ysa, majburiyatlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashsa, uni Gippokrat qasamyodiga zid ravishda ish tutganlikda ayblashadi. Barcha xabardor bo‘lgan, ammo uning to‘liq mazmuni haqida ozchilik biladigan o‘sha mashhur qasamyod aslida qanday, uning paydo bo‘lish tarixi nima bilan bog‘liq? Umuman, antik davr ilm-fanining darg‘alaridan biri - Gippokrat nomi bilan ataladigan shifokorlar qasamyodi hozirda ham o‘z ta'sir kuchiga egami? davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2010, 15:15:42


Soat ertalabki olti. Telefonim musiqa chalyapti. «Tur o‘rningdan. Tura qolgin. Seni buyuk ishlar kutyapti. Tur o‘rningdan. Ko‘zlaringni och!». Erinibgina uni o‘chirib, o‘rnimdan turaman. Bugun kun iliq shekilli, ko‘chada mashq qilsam ham bo‘ladi. Pastga tushguncha hali tong u qadar yorishmagani sababli telefonimning fonarini yoqaman. Tongda hamma narsada o‘zgacha joziba bordek. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2010, 15:17:44



Ketma-ketlikda hisoblasak, u Quyoshdan olti sayyora narida "suzib yuradi". Kattaligi bo‘yicha Yupiterdan keyingi o‘rinda turadi. U yerda yashashning, biologik tiriklikning mutlaqo imkoni yo‘q: u qatori Yupiter, Uran va Neptun gazli gigant*lar sanaladi. Saturn qadimgi Rim xudosi sharafiga nomlangan, ramzi esa o‘roq - mehnat asbobi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2010, 15:18:01


Kelajak o‘ziga ehtiyotkor munosabat talab qiladi.
O.Toffler

Insoniyat uni ertaga nima kutayotganini bilishni xohlaydi. Bu qiziqish tafakkur paydo bo‘lgandan beri mavjud. Shu yo‘lda ular yulduzlarni kuzatib ertangi ob-havoni, kuzning qanday kelishiga qarab qishning qanday bo‘lishini bilishga, jonivorlar harakatlariga qarab falokatlardan ogoh bo‘lishga uringanlar. Kelajakka bo‘lgan intilish nafaqat tabiatga nisbatan, balki insonlar taqdirini bilishga ham qaratilgan edi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2010, 15:19:06


Delfinlar bo‘yicha izlanishlar olib boradigan taniqli tadqiqotchi Jek Kassevits va uning turmush o‘rtog‘i Donna bir necha yillar ilgari «Global Heart» - «Global yurak» notijorat tashkilotiga asos solishgan bo‘lib, hozirgi kunda SpeakDolphin - «Delfin bilan so‘zlashamiz» loyihasi ustida ish olib borishmoqda. Tashkilot sayti globalheart.org.da keltirilishicha, loyihaning maqsadi uning nomidan ham o‘z ifodasini topgan. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2010, 15:19:59


Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham - biz uchun amalga oshgan ikkinchi darajali maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.

* * *

Maqsadga yaqinlashgan sayin mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad sari uzluksiz intilgan holda, o‘z yo‘llarini bosib o‘tishi kerak.
davomi...

Qayd etilgan