Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313678 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 49 B


AbdulAziz  21 Iyun 2010, 15:20:40


Yolg‘on gapirish, munofiqlik keng tarqalgan salbiy ko‘nikmalardan biridir. Ba'zan sochlariga oq oralagan insonlar ham, hali dunyoqarashi to‘la shakllanib ulgurmagan bolalar ham birdek yolg‘on gapirishlari mumkin. Aldov maqsadli ravishda yoki shunchaki, biron-bir sababsiz ham amalga oshirilishi kuzatiladi. Qiziq, ba'zi hollarda yolg‘on to‘g‘rirog‘i lof, mutlaqo zararsiz bo‘lib, odatiy kundalik hayotga biroz bo‘lsa-da o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Iyun 2010, 11:35:19


Shu kunlarda barcha o‘zbekistonlikni quvontirayotgan xabar vatandoshimiz Ravshan Ermatov FIFA rasmiylari tomonidan iliq so‘zlar bilan qarshi olinayotganligidir. Ravshan Ermatovga tarbiya bergan otasi, uni bugungi darajaga yetkaza olgan birinchi ustozi, Respublika toifasidagi hakam, O'zbekiston futbol Federatsiyasi nazoratchi-inspektori Sayfitdin Ermatov bilan o‘g‘lining faoliyati xususida suhbat uyushtirdik. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 15:35:39


Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma'rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma'lumotlar ko‘rina boshladi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 15:36:27


"O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari"ning 2003 yilda nashr etilgan birinchi jildi (tuzuvchilar - professorlar Nasimxon Rahmon va Hamidulla Boltaboev) so‘zboshisida o‘zbek adabiyotining (umuman, qadimgi turkiy adabiyotning) ilk davri to‘g‘risida fikr yuritilib, milodning V asridan boshlab adabiyotda alohida burilish yuz bergani ta'kidlanadi va shu sababli o‘zbek yozma adabiyotini X asrdan - "Qutadg‘u bilig"dan boshlab emas, balki milodning boshlaridan o‘rganish lozim, degan mulohaza bildiriladi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 16:58:25


Madrasalar qadimdan oliy o‘quv yurti maqomida bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liqdir. VIII-IX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilar edi. Talabalarga o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu «imlo» usuli deb yuritilgan. X asrdan boshlab o‘quv muassasalarida «imlo» usulidan voz kechildi. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 16:59:14


O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2010, 17:00:05


Hayotida hasad illatiga u yoki bu darajada duch kelmagan kishi kam topiladi. Uning ijtimoiy zarari esa o‘rnini qoplab bo‘lmas darajadadir. Xo‘sh, u qanday paydo bo‘ladi? Uning davosi bormi? Bunday savollar har qanday kishini o‘ylantirishi, tabiiy. Quyidagi mulohazalar shu xususida.
HASAD
Bu dunyoda kim hasadgo‘ylardan qutulgan? Kimki o‘z vatandoshlari nazdida qanchalik yuksaklikda tursa, shunchalik katta mavqeni egallasa, u shuncha tez hasadgo‘ylarga nishon bo‘ladi.
Jorji Amadu, braziliya yozuvchisi
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Avgust 2010, 13:29:51

Gen muhandisligi




kelajak tibbiyoti imkoniyatlarini kengaytira oladimi?
«Sayns» jurnalining bir sonida quyidagilar bayon etilgan: «1995 yili AQSh Ilmiy Kengashi a’zolari qarshisida 8 yoshli Ashanti de Silva ismli yoqimtoygina qizaloq paydo bo‘ldi. O‘sha paytdagi kongressmenlardan biri Jorj Braun uni kengash a’zolariga tanishtirar ekan «Ro‘parangizda mo‘jizaning tirik isboti turibdi», dedi».
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Avgust 2010, 13:31:39


Kitobga insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Lekin negadir so‘nggi paytlarda uning ahamiyati biroz kamayayotgandek. Avvaliga bunga televizorni ro‘kach qilgan bo‘lsak, endilikda kishilarning asosiy axborotni kompyuter orqali internetdan olayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Sentyabr 2010, 12:19:26

Ko'hinur afsonasi



yoxud olamning ikki yarim kunlik sarfiga teng olmos haqida
Oriyatdan yaralgan millat

O'tmishda yashab o‘tgan buyuk shaxslar nimaga erishgan bo‘lsalar hammasiga qalblaridagi oliy tuyg‘u- milliy oriyatning kuchi tufayli erishgan. O'rta asrlardagi dunyoning 700 ta buyuk shaxsidan 500 tasi bobolarimiz bo‘lgani bizga katta sharaf va mas'uliyat yuklaydi. davomi...

Qayd etilgan